1. Milliy g`oyaning xalq ishonchi va e`tiqodiga aylanish zarurligi.
Milliy g`oya xalqning ishonch va e`tiqodiga aylansa, u o`zining kutilgan samarasini beradi. Shuning uchun ham ishrnch va e`tiqod masalasi milliy g`oyada muhim mezon hisoblanadi. Mamlakatimiz rahbari «G`IDOKOR» gazetasi muxbi rining savollariga bergan javoblarida «mafkura faqat bugun emas, balki hamma zamonlarda ham eng dolzarb siyoeiy-ijtimoiy masala, har qanday jamiyatni sog`lom, ezgu maqsadlar sari birlashtirib, uning o`z muddaolariga erishishi uchun ma`naviy-ruhiy kuch-quvvat beradigan poydevor bo`lib kelgan» deb ta`kidlaydi. O`zbekistonning hozirgi davlat hududida yashagan halqlarning uch ming ytsllik tarixiga nazar tashlaydigan bo`lsak, aksariyat hollarda bosqinchilar zulmi ostida yashaganligini ko`ramiz. Darhaqiqat, eramizdan avval VI asrda — eronlik ahmoniylar, IV asrda — Yunon bosqinchisi Aleksandr Makedonskiy, eramizning birinchi asrlarida — xitoyliklar, VII asrlarda — arab badaviylari, XII asrlarda — mo`g`ul istilochilari, XIX asrdan boshlab, avval Chor Rossiyasi, keyin «Qizil imperiya» iskanjasida ezilib yashaganligiga ko`hna tariximiz guvoh bo`lgan.
Shulardan kelib chiqib fikr qiladigan bo`lsak, tabiiy ravishda, nega xalqimiz bunchalik ezilib yashagan, sababi nima, degan savol tug`iladi. Uning turli sabablari faylasuflar, tarixchilar, siyosatshunoslar tomonidan u yoki bu tarzda izohlangan. Lekin uzoq davom etgan bu milliy fojeaning asosiy sababi — millatning g`oyaviy tarqoqligi, parokandaligidir. Zero, milliy tariximizda ozodlik, mustaqillik uchun kurashib yorqin iz qoldirgan: Shiroq, To`maris, Spitamen, Muqanna, Najmiddin Kubro, Jaloliddin Manguberdi, Maxmud Tarobiy, Temur Malik va boshqa buyuk milliy qahramonlar xalqni ozodlik, mustaqillik g`oyalariga sobit ergashtirishga harakat qilganlar. Milliy g`oyaning, jamiyat mafkurasining xalq ishonchi, mukammal e`tiqodiga to`la aylanmaganligi sababli mag`lub bo`lganlar. Mamlakat yovlar oyog`i ostida payhon bo`lgan, millat g`ururi, sha`ni toptalgan.
1991 yilda O`zbekiston mustaqillikka erishganidan so`ng o`zbek xalqi o`z mustaqilligini saqlab qola oladimi yoki yana mustamlakachilikning yangi ko`rinishlariga xos hayot kechiradimi, degan dilemmani kun tartibiga qat`iy qilib qo`ydi.
Mustaqillikka erishgandan keyin mustabid tizimning yakka hukmron bo`lgan kommunistik mafkurasidan bezib, zada bo`lib qolgan o`zining milliy g`oyasi negizlari bo`lgan madaniy qadriyatlari, urf-odat va an`analaridan begonalashtirilgan xalq jamiyatning barcha sohalarini «mafkuradan xoli qilish»ni qo`llab-quvvatladi. Xalqni birlashtirish, mustaqillikni mustahkamlashning birdan bir yo`li — o`zbek xalqini uyushtiruvchi, yangi jamiyat qurishga safarbar etuvchi milliy g`oyani, jamiyat mafkurasini shakllantirib, xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirish bilan bogliq edi. I.Karimov 1993 yil 6 may kuni Oliy Kengashning XII sessiyasida so`zlagan nutqida: «Oldimizda turgan eng muhim masala, bu -milliy istiqlol mafkurasini yaratish va hayotimizga tatbiq etishdir. Bizning eng ulug maqsadimiz, eng ulug g`oyamiz, eng ulug` pshorimiz shuki, O`zbekistonning bitta yo`li bor: mustaqillikni mustahkamlab, istiqlolni mustahkamlab — olg`a yurish. Mafkuramiz, tutgan yo`limiz, bor g`ayratimiz ana shu ulug`vor niyatga yo`naltirilishi kerak. Xalqimizni, barcha siyosiy kuchlarni, jamiyat tashkilotlarini yakdil, bir jon, bir tan qiladigan g`oya ham aslida shu»54, degan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |