2-mavzu: Milliy g`oyaning nazariy kontseptual asoslari



Download 134 Kb.
bet4/11
Sana13.05.2020
Hajmi134 Kb.
#50309
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Maruza matni

Milliy g`oyani xalq ishonchi hamda e`tiqodiga aylantirish vazifalari

Mamlakatimizning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tishi, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy hayotini erkinlashtirmoqda. Ma`lumki, jamiyatni tashkil qilgan ijtimoiy-siyosiy qatlamlarning manfaatlaridagi xilma-xillik qonuniy tarzda ular o`rtasida manfaatlar xilma-xilligini namoyon etish bilan.birga erkin va mushtarak maqsadlarni ham keltirib chiqaradi. Jahondagi rivojlangan davlatlarning tarixiy tajribalari shu manfaatlar mushtarakligini o`z vaqtida, oqilona hal qilishning yo`llarini, vositalarini topish jamiyatning barqaror taraqqiyoti garovi ekanligini va aksincha, mamlakatlarning g`oyaviy ojizligi, noshudligi milliy parokandalikka olib kelib, xalqni qullikka mahkum qilishini qayta-qayta isbotlab bergan. Ana shu holatni oldini olishda mamlakat ichida xalqning milliy g`oyaga bo`lgan ishonch va e`tiqodi ularniumummilliy maqsad yo`lida jipslashtiradi.

Shuning uchun ham Prezidentimiz I.A.Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, mamlakatimizda yashayotgan barcha ijtimoiy-siyosiy qatlamlarni, tabaqalarni, millat va elatlarni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi-osoyishtaligi, xalq farovonligi g`oyasi atrofida jipslashtirishga alohida e`tibor berib kelmoqda. Bu milliy rivojlanishning istiqbollarini kafolatlaydi. Buning asosiy omili, umumiy nuqtasi — mamlakatimizda yashayotgan barcha fuqarolarni: millatidan, irqidan, diniy e`tiqodidan, iqtisodiy ahvolidan, siyosiy mavqeidan, qaysi partiyalarga mansubligidan qat`iy nazar, umummillat manfaatlarini ifodalaydigan istiqlol g`oyalari ularning ishonch va e`tiqodidan joy olishi hamda shu g`oya asosida birlashtirishdan iborat. Bu vazifani bajarish, mamlakatimizda demokratik, adolatli-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zaruriy sharti bo`lib qolmoqda.

Bu vazifalarni bajarilishida o`tmish jamiyatning g`oyaviy stereotiplaridan voz kechish, mustabid tizimning soxta tenglikka asoslangan, «qaychilab tekislash» eiyosati oqibatlarini bartaraf qilish, amalda mafkurasizlashtirishdan iborat bo`lgan hukmron siyosiy mafkura tazyiqining kishilar ongida hadik, shubha tarzida saqlanib qolishini siqib chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, kishilarning boqimandalik kayfiyatini batamom yo`qotish — g`oyaviy-mafkuraviy faoliyatning tarkibiy qismidir. Ana shu asoratlardan qutulish milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodni mustahkamlaydigan ichki omillardan hisoblanadi. Totalitarizm tuzumining: «Davlat seni boqayapti, sen davlatga qul bo`lishing darkor», degan tamoyili g`oyaviy qaramlik va mafkuraviy mahdudlikka olib kelgan. Boqimanda odamning fikr erkinligi, siyosiy faoliyati chegaralangan bo`lib, xukmron mafkura nimani aytsa, shuni qiladigan passiv, loqayd, g`oyaviy kaltabin' kishilar qilib tarbiyalashga asoslangan edi.

Milliy g`oya va jamiyat mafkurasini shakllantirishning muhim ichki vazifalaridan biri — qurilayotgan jamiyatning munosib g`oyaviy-mafkuraviy zaminini yaratishdir. Xalqimizda: «Suv bo`lmagan joyda qamish o`smaydi», degan hikmatli so`zlar mavjud. Ma`lumki, qamishni o`rib tashlasangiz ham, yoqib yuborsangiz ham, bari bir o`sib chiqaveradi. Uni yo`q qilishning yagona chorasi — suvni quritishdir. Shunga ko`ra, milliy taraqqiyotimiz jarayoniga salbiy ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan g`oyalarning mamlakatimiz hududiga o`tishi va ildiz otishiga imkoniyat bermaslik uchun milliy g`oyaga ishonch va e`tiqod alohida ahamiyatga ega. Buning uchun milliy istiqlolimizga yot bo`lgan g`oyalarning yurtimizga kirib kelishi, Vatanga e`tiqodi sust, imoni, irodasi bo`sh kishilarning ongini tezroq zabt etadi. Chunki, g`oyaviy tarbiya chora-tadbirlari — g`oyaviy-mafkuraviy «infektsiya»ga nisbatan immunitetni vujudga keltirish, uning salbiy oqibatlariga qarshi kurashishga ko`ra samaraliroqdir. Buning uchun har biri nisbatan mustaqil, lekin bir-biri bilan o`zaro bog`liq bo`lgan: ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy hayotni milliy-ma`naviy negizlarimizga tayangan holda, unga mos tarzda qurilishi muhim ahamiyatga ega.

O`zbekistonning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o`tish davridagi ijtimoiy vaziyatini tahlil qiladigan bo`lsak, bir tomondan, etnografik, demografik strukturasi, diniy e`tiqodlar xilma-xilligi uning xalqining hayot tarzi negizlarining rang-barangligi yagona milliy istiqlol g`oyalari doirasida birlashtirishga xalaqit qilmasligi lozim. O`zini O`zbekiston fuqarosi deb bilgan har bir insonni umumiy Vatan tuyg`usi, xalq farovonligi, erkin va farovon hayot qurish, millatlararo totuvlik bilan uzviy bog`liq milliy g`oya birlashtiradi. Ikkinchi tomondan, agar shunday e`tiqod va ishonch bo`lmasa, aynan shunday ijtimoiy muhit xususiyati g`ayriinsoniy, g`ayrimilliy g`oyalarning mamlakatimizga kirib kelishiga, ma`lum ma`noda qulay imkoniyatlar yaratish ehtimolini qoldiradi.

Mamlakatning bosqichma-bosqich yangi jamiyatga, bozor munosabatlariga o`tishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlar bilan bog`liq bo`lgan qiyinchiliklar, aholini, ayniqsa, yoshlarni ish bilan ta`minlash muammolari, agrar sohadagi islohotlarda erishilayotgan yutuqlar nisbatan sust kechayotganligi, aytish mumkinki, yot g`oyalarga nisbatan kishilarning ruhiy barqarorligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham milliy istiqlol g`oyasini kishilar ongiga, hayot tarziga singdirishda iqtisodiy hayotdagi ijobiy o`zgarishlarning salmog`ini oshirish zarur.

Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurish, siyosiy sohani erkinlashtirish, uning qonuniy-huquqiy asoslarini va turmushga tadbiq etishning mukammal mexanizmlarini yaratish bir tomondan, milliy istiqlol g`oyasining ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ifodasi bo`lsa, ikkinchi tomondan, shu asos — milliy goyalarni xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirish va hayotga joriy etishning imkoniyati hisoblanadi. Shu bois aytish kerakki, mamlakatdagi siyosiy partiyalar, turli diniy konfessiyalar milliy istiqlol g`oyasi asosida kishilarni umumxalq manfaatlari yo`lida mushtarak maqsadlarga safarbar etishlari uchun imkoniyatlari mavjud.

Mustaqillikka erishgandan keyin milliy qadriyatlarning, muqaddas dinimizning tiklanishi milliy taraqqiyot uchun ma`naviy muhitni yaratib bermoqda. Buyuk ajdodlarimizning ma`naviy merosi g`oyaviy barkamollik uchun oziq bo`lmoqda, lekin shuni ham aytish kerakki, bizning tariximizga mahliyo bo`lib, kelajakni unutishga haqqimiz yo`q. Tarixiy tajribalardan saboq olish, undan xulosalar chiqarish milliy g`oyani, jamiyat mafkurasi sifatida xaly; ishonchi va e`tiqodiga aylantirish uchun zarur. Shuning uchun ham I.A.Karimov: «Jamiyatning har bir a`zosi o`z o`tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo`ldan urish, har xil aqidalar ta`siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni xushyorlikka o`rgatadi, irodasini mustahkamlaydi»56, deb ta`kidlaydi. Bu haqiqatni anglash muhim. Bu milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodni mustahkamlaydigan negiz — poydevordir.

Download 134 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish