24- ma’ruza: Alternativ (muqobil) va tiklanuvchi energiya manbalari. Reja



Download 413,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana24.11.2022
Hajmi413,02 Kb.
#871721
  1   2   3   4


24- Ma’ruza: Alternativ (muqobil) va tiklanuvchi energiya manbalari. 
Reja: 
1. 
Alternativ (muqobil) energiya manbalari va resurslari haqida mulohazalar. 
2. 
Hozirda mavjud dolzarb energetik va ekologik muommolar. 
3. 
Tiklanuvchi tabiiy resurslar. 
Kalit so‘zlar:
umumiy va yakka tartibdp muhofazalash, zanjirdagi zo‘riqish, passiv va 
aktiv muhofazalash, «parazit (tekinxo‘r) halaqit», himoya ekrani. 
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O‘zbekistonning energetika siyosati mamlakat 
energetika xavfsizligini ta’minlash hamda milliy energetika imkoniyatlaridan jamiyatning 
ijtimoiy va iqtisodiy muammolarini hal etish uchun foydalanishga qaratib kelinmoqda. Yangi 
iqtisodiy munosabatlarning shakllanish sharoitida davlat sanoatning asosiy tarmoqlari, 
chunonchi yoqilg‘i-energetika majmui korxonalariga katta yordam berdi. Bu boradagi davlat 
siyosati energetika strategiyasining asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan 
bo‘lib, quyidagilarni nazarda tutgan edi: 
• neft va gaz kondensatini qazib olishni ko‘paytirish orqali yoqilg‘i mustaqilligini 
ta’minlash; 
• energetika tarmog‘ining ishonchli xomashyo bazasini tashkil etish; 
• elektr energetika tarmog‘ining barcha korxona va tashkilotlari O‘zbekiston 
Respublikasi energetika va elektrlashtirish va zirligiga bo‘ysundirildi; 
• aholining tabiiy va suyultirilgan gaz, elektr energiyasi va zamonaviy yoqilg‘i 
turlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; 
• neft, neftni qayta ishlash va gaz sanoati korxonalari negizida konsern tashkil etilib, - 
keyinchalik "O‘zbekneftgaz" milliy korporatsiyasiga aylantirildi; 
• energetika tarmog‘ining moliyaviy barqarorligini saqlash va qo‘shimcha sarmoyalar 
jalb etish; 
• "O‘rtaosiyoko‘mir" O‘rta Osiyo birlashmasi "Ko‘mir" aksionerlik birlashmasiga 
aylantirildi; 
• me’yoriy-huquqiy bazani ishlab chiqish, energetikaning narx belgilash shartlari 
va bir-biriga yaqin sohalar bilan munosabatini hisobga oladigan moliya-soliq tizimni 
takomillashtirish; 
• energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i-energetika resurlarini 
tejash bo‘yicha maxsus komissiyasi tashkil etildi. 
Bizga ma’lumki, quyosh qurilmalarini yaratish hamda tadbiq etish masalasi yer 
sirtidagi quyosh nurlanishining asosiy xususiyatlari – past energetik zichlik, quyosh nuri 
tushishining sutkashlik davriyligi, iqlimiy omillarga bog‘liqligiga asoslangan. 
Keltirib o‘tilgan xususiyatlar quyosh qurilmalarining, birinchi navbatda, yig‘uvchi 
qurilmalarning ahamiyatliligini va yuqori qiymatliligini belgilab beradi. 
Hozirgi paytda geliotexnikadagi dolzarb masalalardan biri quyosh qurilmalarining 
samaradorlilik darajasini oshirishdan iboratdir. 
Bu masalaning hal qilinishi umuman olganda, bir-biriga bog‘liq bo‘lgan ikki 
yo‘nalishda olib borilmoqda. Birinchisi qurilmalarning tannarxini kamaytirish va ikkinchisi 
ularning foydali ish koeffitsentini oshirish. 
Quyosh qurilmalarining foydali ish koeffitsentiga ta’sir qiluvchi asosiy omillardan biri 
quyosh nuri ta’siri ostida ishlaydigan qabul qilgichlarning hamda qurilma sirtlarning 
radiatsion xarakteristikalaridir. 
Keltirib o‘tilganlar quyosh nurlari qabul qilgichlarning samaradorligini ularning 
radiatsion xarakteristikalarini umumlashtirish hisobiga oshirishga asoslangan ishning 
dolzarbligini belgilab beradi. 
Respublikada energiyaga bo‘lgan talabning yuqori darajadaligi energiya talab etadigan 


jarayonlarning past texnikaviy darajasi va ishlab chiqarish energiya sig‘imi tizimi bilan 
belgilanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi yonilgi energitika majmunini rivojlan-tirishning strategik 
yunalishi energiyadan okilona foydalanish va energiya tejamkorligi masalalari xisoblanadi. 
Ushbu masalalarini kurib chikishda alternativ energiya manbalaridan foydalanishda siyosiy, 
iktisodiy, tashkiliy, boshkaruv, texnik vaa texnologik jixatlariga kompleks tarzda yondoshish 
lozimdir. 
Hozirgi kunda kelib quyosh nurlari qabul qilgichlari tanlangan yuzalarining 
umumlashgan radiatsion xarakteristikalarini aniqlash bo‘yicha katta nazariy ishlar amalga 
oshirildi. 
Shunga qaramasdan, qabul qilgichlar tanlangan radiatsion xarakteristikalarining past 
haroratli hamda yuqori haroratli yaxlit quyosh issiqlik va energetik qurilmalarining 
samaradorligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari juda kam. 
Huddi shunday past haroratli quyosh qurilmalarining qabul qilgichlari selektivligining zaruriy 
darajasiga bo‘lgan talablar aniqlanmagan (qizdirish haroratsiga bog‘liq ravishda kerakli 
selektivlik darajasi, uning qabul qilgich hamda yaxlit qurilmaning foydali ish koeffitsientiga 
ta’siri), quyosh nuri ta’siri ostida bo‘lgan binolar va inshoatlar sirtlari uchun qoplamalar 
qo‘llash (sovutish sirtlari) zaruriyati to‘g‘risidagi masalalar qaralmagan, real sirtlar 
selektivligini va ekspluatatsiya paytidagi o‘zgarishlarni baholash bo‘yicha metodika ishlab 
chiqilmagan. 
Quyosh 
teploenergetik 
qurilmalari 
qabul 
qilgichlarining 
radiatsion 
xarakteristikalarini umumlashtirish bo‘yicha masalalar qaralmagan. 

Download 413,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish