Milliy g`oyaning ishonch va e`tiqodga aylanish shart-sharoitlari
Milliy istiqlol mafkurasi — xalq e`tiqodi va buyuk kelajakka ishonchini orttirishning ilmiy-nazariy yo`nalishlari ishlab chiqilishi bilan birga, uning shart-sharoitlari, jarayonga ta`sir ko`rsatuvchi omillarning xilma-xil ekanligini hisobga olish muhim. Ayni paytda, bu jarayonning eng muhim jihati shundan iboratki, har qaysi fuqaro, har qaysi inson jamiyat taraqqiyotining yo`nalishiga nisbatan o`z munosabatini anig`dab olishi zarur. Insonning mohiyatini uning ijtimoiy ehtiyojlari tizimi, narsa va hodisalarga ongli munosabati tashkil qiladi. Aniqroq qilib aytganda, ichki botiniy e`tiqodi, orzu-umidlari ijtimoiy mavjudotligining ma`no-mazmunini belgalaydigan sifat ko`rsatkichidir. Ularni shartli ravishda iloxiy va dunyoviy yo`nalishlarga ajratish an`anasi mavjud. Xususan, ularni milliy g`oyalarda namoyon bo`lishi tarzida olib qarasak, bu sifatlar insoniyat mavjudligining zaruriy sharti bo`lib, dunyoviy hamda ilohiy g`oyalarning e`tiqodga aylanishi, faoliyat motivi, harakatlantiruvchi mexanizmi ham shu ma`no-mazmunning xarakterini belgilaydi. Bu dunyo tuzilishining sir-sinoatlari, odamlarning onga va tafakkurida diniy e`tiqod bilan birga aql, tajriba asosiga qo`yilgan dunyoviy bilimlar mujassamligida o`zining ifodasini topib kelgan.
Insonning individual g`oyasi, bir tomondan, ijtimoiy borliqning shaxs hayoti darajasida namoyon bo`lishi, ikkinchi tomondan, uning zaruriy sharti, komponenti, atributi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, shaxsning individual g`oyalari ijtimoiy birliklarning maqsadi, orzu umidlari, ishonch-e`tiqodi doirasida konkretlashib, umuminsoniy g`oyalarning tarkibiy qismiga aylanadi. Ya`ni, shaxs e`tiqodi, ishonchiga asoslangan amaliy faoliyati: xalq, millat, ijtimoiy tabaqa manfaatlari, ehtiyojlari asosida umumlashadi.
Turli ijtimoiy birliklarning o`ziga xos individual ishonchi, e`tiqodiga aylangan g`oyalar — millat manfaatlari, ehtiyojlari «chorrahasi»da tutashib, milliy g`oyani va ularni amalga oshirish usullari hamda vositalari bo`lgan mafkuralarni vujudga keltiradi.
Milliy g`oya — muayyan hududda yashayotgan turli ijtimoiy guruh va tabaqalarning, millat va elatlarning, xilma-xil diniy e`tiqodli kishilarning manfaatlariga mosligida, ularning dunyoviylik va ilohiylik xususiyatlari mutlaqo shartli hamda nisbiydir. Aniqroq qilib aytganda, milliy g`oya xalqning ishonchi va e`tiqodini ifodalaganligi uchun, ularning mavjudligini hamda rivojlanish istiqbollarini namoyon qiladi. Shu nuqtai nazardan, milliy g`oya jamiyatni tashkil qilgan shaxslar, individlar va ijtimoiy gURUHlarning siyosiy partiyalarga mansubligadan, qaysi dinlarga e`tiqod qilishidan, millati va irqidan, ijtimoiy maqsadidan qat`iy nazar, ularning manfaatlarini integratsiyalashtiruvchi hamda universallashtiruvchi ijtimoiy faoliyat omili hisoblanadi.
Jamiyatning mafkurasi, turli ijtimoiy ong shakllari va amaliyot yo`nalishlari: ta`lim-tarbiya, fan va ilmiy muassasalar, madaniyat va ma`naviy-ma`rifat, adabiyot va san`at, din, jismoniy tarbiya va sport sohalarida integratsiyalashgan kompleks-sistemali faoliyatni taqozo qiladi. Bu vazifaning murakkabligi:
Birinchidan. uzoq tarixiy davrlarda davom etgan mustamlakachilik siyosati xalqni tarixiy xotiradan, milliy qadriyatlardan mahrum qilish chegarasiga keltirib qo`ygan edi.
Ikkinchidan. shu davrlarda totalitarizm, volyuntarizm siyosatining tashkiliy-institutsional tizimi xalq ongida mustamlakachilikka nisbatan «ko`nikish effektini» vujudga keltirib: bo`ysunuvchanlik, qullik stereotiplarini shakllantirgan. Boshqacha qilib aytganda, «uzoq yillar davomida bu tuzum faqat jamiyat unga zo`rlab bo`ysundirilgani uchungana emas, balki jamiyat zo`rlik yo`li bilan mafkuraviy qolipga moslashtirilgani uchun ham totalitar deb atalib kelindi55.
Uchinchidan. yangi vujudga kelgan mustaqil davlatlar ustidan hukmronlik qilishning mukammal mafkuraviy usullaridan, vositalaridan foydalanishga tayyor turgan davlatlarning «g`oyaviy emansipatsiyasi», «mafkuraviy agressiyasi» keng miqyosda hujum boshlashi bilan xarakterlanadi.
O`zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, milliy g`oya va jamiyat mafkurasini shakllantirish, ularni xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirishning bir-biri bilan bog`liq ikki vazifasi kun tartibiga qo`yildi. Ularni, shartli ravishda, ijtimoiy-siyosiy makon, tarixiy zamon nuqtai nazaridan ichki va tashk,i yo`nalishlarga ajratish maqsadga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |