Yoshlarda milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodni shakllantirish
Yoshlarda milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodni shakllantirish hamda tarbiyalash jarayonida bir haqiqatni o`zimiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, milliy mafkurani faqat tepadan turib yaratib va hayotga joriy etib bo`lmaydi. Buning ustiga jahon tajribasiga nazar tashlasak, millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomiliga erishuviga guvoh bo`lishimiz mumkin. Shu nuqtai nazardan milliy g`oyaning muhim vazifalaridan biri komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Komil insonni, barkamol shaxsni tarbiyalashning muhim vositalari bo`lgan ta`lim-tarbiya, fan, madaniyat va ma`rifat, adabiyot va san`at, din, sport sohalariga, fanlarning mazmuniga Milliy istiqlol g`oyalarini singdirish alohida ahamiyatga ega. Milliy g`oyaga ishonch va e`tiqodli bo`lishda yoshlarning tariximizga, milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an`analarimizga, merosimizga, tarix hamda ona tilimizga munosabati muhim rol` o`ynaydi. Bu yo`nalishning boshqa ta`lim-tarbiya sohalari bilan umumiyligi va farqi, tashkiliy jihatdan olganda, quyidagi xususiyatlarga ega:
yoshlarning milliy o`zligini anglashi va xulq-atvorini shakllantiradigan ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-madaniy, ma`muriy-huquqiy, nazariy-metodologik asoslarini integratsiyalashtirish va omillarning uyg`un ta`sirini tashkillashtirishdan iborat.
milliy manfaatlarni, mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligini ta`minlash maqsadiga yo`naltirish, uning samaradorligini oshirish uchun ta`lim-tarbiya tizimining barcha bo`g`inlarida ijtimoiy-siyosiy fanlarni o`qitishning uzluksiz, muvofiqlashgan faoliyati talab qilinadi.
ta`lim-tarbiya tizimida yoshlar ongida Milliy istiqlol g`oyasini shakllantirish va ishonch-e`tiqodiga aylantirishda ijtimoiy-gumanitar va siyosiy fanlarning nisbatan mustaqil ta`lim hamda tarbiya jarayonida: bir tomondan, integratsiyalashuv, ikkinchi tomondan esa — differentsiallashuv xususiyatlari o`rtasidagi uzviy bog`liqlikni ta`minlash taqozo qilinadi.
Oliy ta`lim tizimida Milliy istiqlol g`oyasini shakllantirishga yo`naltirilgan ta`lim: talabalarning milliy ongi va tafakkurini rivojlantirishga, shunga oid zarur nazariy bilimlarni, amaliy ko`nikmalarni hosil etishga; milliy g`oyaviy tarbiya esa — yoshlarga ona-Vatanni asrab-avaylash borasidagi ma`naviy mas`uliyat hissini, fuqarolik burchini, majburiyatini anglash sohasida faol hayotyy mavqeini shakllantirishga ko`maklashadi.
Ijtimoiy-siyosiy fanlarni o`qitish jarayonida, ta`lim-tarbiyaning turli usul va vositalari yordamida, talabalar ongida milliy g`oyaga doir tushunchalar, tasavvurlar shakllanadi. Boshqacha aytganda, Milliy istiqlol g`oyasini yoshlar ishonchi va e`tiqodiga aylantirishga qaratilgan ta`lim-tarbiyaning samaradorligi — fanlarning shu maqsad asosida o`zaro mushtarakligiga bog`liq. Ya`ni, turli sohalardagi bilimlar majmuasining Milliy istiqlol g`oyasi doirasida integratsiyalashuvi va differentsiallashuvi, muqobillashuvi va muvofiqlashuvi yoshlar bilim saviyasini, dunyoqarashlari mazmunini belgilab turadi.
Milliy istiqlol g`oyalarini singdirish — milliy g`urur, iftixor hissini va ma`naviy madaniyatni shakllantirishning pirovard natijalaridan biridir. Yosh mutaxassis-kadrlarning o`qishni tugatgandan keyin joylarda Milliy istiqlol g`oyalarini, ijtimoiy-siyosiy bilimlarni, amaliy ko`nikmalarni keng xalq ommasiga transformatsiya qilib, ishonch-e`tiqodiga aylantirishida, mamlakatimiz mafkuraviy xavfsizligini ta`minlashda «ziyoli odam o`z tafakkur saviyasi, pok yuragi, ichki madaniyati bilan mutlaqo bo`lakcha inson» g`oyaviy-nazariy jihatdan bilimdon, tashabbuskor rahbarlar, birinchi navbatda, davlatning milliy-mafkuraviy xavfsizlik siyosatiga mas`ul shaxslardir.
Milliy g`oyaning xalq ishonchi va e`tiqodiga aylanish mezonlari barcha shaxs, ijtimoiy guruhlar uchun umumiyligi bilan xarakterlanadi hamda milliy istiqlolning Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta`minlashdan iborat bosh g`oyasini amalga oshirish shaxs sifatlarini qaror toptirish bo`lib, bular quyidagilardan iborat:
vatanparvarlik tuyg`usini shakllantirish va uni shaxs hayot tarziga aylantirish;
tinchlik uchun kurashning har bir shaxsning ijtimoiy-siyosiy, hayotiy ehtiyoj mazmuniga aylanishi;
el-yurt farovonligi uchun fidoiylik xususiyatlarining shakllanishi va amaliy faoliyat asosiga qo`yilishi;
millatlararo va dinlararo bag`rikenglik hislatlarining vujudga kelishi va amaliy faoliyat dasturiga aylanipga;
shaxsiy va ijtimoiy guruh manfaatlari tizimida halq, millat manfaatlari ustuvorligini ta`minlashi;
milliy g`oyaning asosiy va tarkibiy qismi bo`lgan, tarixiy qadriyatlarimizni saqlash va jamiyat taraqqiyotiga mos ravishda rivojlantirish, ularni xalq ishonchi va e`tiqodiga aylantirishining shartlari sifatida namoyon bo`ladi. Milliy g`oyaga ishonch va e`tiqod faqatgina jozibador va maftunkor g`oyalarda ifodalanmasdan, balki ular amaliy faoliyat dasturiga aylangandagina mohiyat-mazmunininamoyon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |