A ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz



Download 204 Kb.
bet1/4
Sana07.12.2019
Hajmi204 Kb.
#28844
  1   2   3   4
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati fanidan test

1. Mamlakatimizning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining qaysi asarida «Bizning bosh strategik maqsadimiz qat’iy va o‘zgarmas bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik davlat barpo etish, fuqarolik jamiyatining mustahkam poydevorini shakllantirishdan iborat» deb ta’kidlagan edi?

A) Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz

B) Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir

C) Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish bizning bosh maqsadimizdir

D) “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”
2. Mamlakatimiz mustaqillikka erishganimizdan keyin quyidagi qanday strategik maqsad fuqarolik jamiyatini shakllantirish sifatida belgilangan?

A) bozor iqtisodiyotiga asoslangan mustaqil demokratik davlat barpo etish

B) inson manfaatlari, huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi

C) mamlakatimiz barcha fuqarolari uchun qonun oldida tenglik ta’minlanadigan

D) yuqoridagi javoblar to‘g‘ri
3. Fuqarolik jamiyati tushunchasi – kishilik jamiyatining asrlar mobaynida shakllangan tafakkur mahsuli bo‘lib ... belgilanadi. Nuqtalar o‘rniga eng to‘g‘ri javobni belgilang.

A) nodavlat va notijorat tashkilotlarining mavjudligi bilan

B) inson huquqlari va erkinliklarining holati bilan

C) davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipiga amal qilishi bilan

D) fuqarolarning davlatda yashayotganligidan mamnunligi bilan
4. Fuqarolik jamiyatining poydevorini yaratish va uni amalda shakllantirish uchun avvalo...?

A) dunyo mamlakatlarida fuqarolik jamiyati qanday ahvolda ekanligini bilish lozim.

B) fuqarolik jamiyati haqidagi kitoblarni yaratish lozim.

C) u haqdagi g‘oyalar genezisini, asoslarini bilish lozim.

D) boshqa fanlar bilan aloqadorligini o‘rganish lozim.
5. Ma’lumki, fuqarolik jamiyati ma’lum asoslar yaratilgandagina shakllanishi mumkin. Bular asoslar qaysilardan iborat?

A) iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy

B) huquqiy, ma’naviy

C) madaniy, harbiy, iqtisodiy

D) A va B javoblar to‘g‘ri
6. “Qonun hukmron bo‘lgan joyda erkinlik ham bo‘ladi”. Ushbu jumlalar muallifini aniqlang.

A) I.A.Karimov

B) SH.M.Mirziyoev

C) A.Temur

D) Farobiy
7. “Fuqarolar bilan davlat o‘zaro huquqlar va burchlar orqali uzviy bog‘liqdirlar. Fuqarolarning huquqlari va erkinliklari daxlsiz bo‘lib, hech kim ularni sudning qarorisiz mahrum etishi yoki cheklashi mumkin emas. Ayni vaqtda fuqarolarning o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishlari boshqa fuqarolarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga zid bo‘lmasligi lozim”. YUqoridagi fikrlar Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning qaysi asaridan olingan?

A) Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz

B) Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir

C) Inson manfaati, huquq va erkinliklarini ta’minlash, hayotimizning yanada erkin va obod bo‘lishiga erishish bizning bosh maqsadimizdir

D) “Ona yurtimiz baxtu iqboli va buyuk kelajagi yo‘lida xizmat qilish eng oliy saodatdir”
8. Quyidagilardan bir-biriga mos javobni belgilang

1) Fuqarolik jamiyati fanining predmeti

2) Fuqarolik jamiyati fanining predmeti

3) Fuqarolik jamiyati fanining ob’ekti

a) fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o‘ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o‘rganishdan iboratdir.

b) bu mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishning dunyo e’tirof etgan umumbashariy tamoyillariga asoslanadi.

c) bu jamiyat hamda jamiyat ijtimoiy hayotining barcha sohalari. Rivojlangan mamlakatlarda va O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllanish va rivojlanish jarayoni hisoblanadi.

A) 1-a, 2-c, 3-b

B) 1-b, 2-a, 3-c

C) 1-c, 2-b, 3-a

D) 1-a, 2-b, 3-c
9. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?

A) jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar yaratish

B) talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish

C) fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish

D) talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish
10. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?

A) talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘mklashish

B) taraqqiyotning ― o‘zbek modeli va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish

C) talabalarga huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlariga doir tushunchalarga doir bilimlar berish

D) fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy, harbiy va boshqa sohalardagi asoslarini ochib berish
11. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?

A) fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish

B) talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish

C) Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish

D) Qonun – adolat ustuvorligida tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish
12. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?

A) saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni emasligini asoslash

B) fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish

C) ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida bilimlar berish

D) siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish
13. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?

A) jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tushunchalar berish

B) fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish

C) nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish

D) ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar bermaslik
14. Quyidagilardan qaysi biri fuqarolik jamiyati fanining vazifalari sirasiga kirmaydi?

A) fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish va talabalarni ushbu organlar faoliyatini nazorat qilishni ta’minlash

B) jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini yoritish

C) ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish

D) YUqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri
15. Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi qanday bilim, ko‘nikmalar shakllantirilmaydi?

A) Fuqarolik jamiyati to‘g‘risida nazariy bilimlar va ularning O‘zbekiston va jaxon tajribasida namoyon bo‘lishining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida

B) talabalarda fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi nazariy bilimlar va ko‘nikmalar

C) jahonda fuqarolik jamiyatining shakllanish va rivojlanish tajribalari bilan shaxsan shug‘ullanishni ta’minlash

D) fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi to‘g‘risida
16. Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi qanday bilim, ko‘nikmalar shakllantirilmaydi?

A) o‘tmish, bugun va kelajak voqealarini baholashda bilishning turli uslublaridan foydalanish

B) fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruv organlarini demokratlashtirish va modernizatsiyalash jarayonlari

C) davlat hokimiyati organlari tizimi va fuqarolik jamiyatida davlat boshqaruvi tuzilmasini bilmaslik

D) fuqarolik jamiyati qurishning mazmun mohiyati haqida muayyan bilimlarga ega bo‘lishi
17. Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi qanday bilim, ko‘nikmalar shakllantirilmaydi?

A) fuqarolik jamiyat qurishning milliy va umuminsoniy demokratik tamoyillarini

B) xorijiy mamlakatlarning fuqarolik jamiyat qurish bo‘yicha ilg‘or tajriba va usullarini

C) rivojlangan va rivojlanayotgan barcha mamlakatlarda mamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning asosiy tamoyillari hamda ularning -O‘zbek modeli tamoyillari bilan qiyosiy tahlilini

D) demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurishning huquqiy asoslarini
18. Fuqarolik jamiyati fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalarda quyidagi qanday bilim, ko‘nikmalar shakllantirilmaydi?

A) taraqqiyotning - O‘zbek modeli tamoyillari mohiyatini bilishi va ulardan foydalana olishi

B) markazlashgan rejali iqtisodiyot va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotining farqli tomonlarini aniqlash

C) mamlakatni demokratlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tishining inqilobiy va tadrijiy (evolyusion) yo‘llarining yutuq va kamchiliklarini baholash

D) mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishning mohiyati va bosqichlarini takomillashtirish shartligini ta’minlash
19. Ma’lumki, fuqarolik jamiyati fanini o‘qitish jarayonida ilmiylik, tarixiylik, mantiqiylik, tizimlilik, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalaniladi. Bir-biriga muvofiq javobni belgilang.

1) Ilmiylik 2) Tarixiylik 3) Mantiqiylik 4) Tizimlilik 5) Qiyosiy tahlil

a) fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi g‘oyalar, nazariyalar, zamonaviy konsepsiyalarni tahlil qilish asosida uning metodologik nazariy asoslarini ko‘rsatish.

b) fuqarolik jamiyatining shakllanishining tarixiy bosqichlari, ularning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilgan holda jahon tajribasida erishilgan yutuqlardan foydalanish asosida tahlil etish.

c) fuqarolik jamiyati shakllanishining genezisidan to bugungi holatigacha bo‘lgan jihatlarini (asosiy belgilari, omillari, tamoyillari, funksiyalari) uzviylik asosida tahlil qilish.

d) fuqarolik jamiyatini bir butun tizim sifatida va har bir belgilarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tizimdagi o‘rni va rolini ko‘rsatish.


e) fuqarolik jamiyati shakllanish va rivojlanish tajribalarini solishtirish, har bir davlatdagi o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatish.

A) 1-a, 2-b, 3-c, 4-d, 5-e

B) 1-b, 2-c, 3-d, 4-e, 5-a

C) 1-c, 2-d, 3-e, 4-a, 5-b

D) 1-d, 2-e, 3-a, 4-b, 5-c
20. Fuqarolik jamiyati fanining quyidagi qaysi funksiyasida ijtimoiy fanlarning rivojlanishi ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishning umumiy yo‘nalishlarini belgilashda, ishlab chiqilgan me’yorlarning dasturil amal sifatida foydalanishda yaqqol ko‘zga tashlanadi?

A) boshqaruvchanlik funksiyasi

B) prognostik funksiyasi

C) metodologik funksiyasi

D) sotsiologik funksiyasi
21. Fuqarolik jamiyati fanining quyidagi qaysi funksiyasida jamiyatning rivojlanish istiqibollarini oldindan ko‘rishga inson huquqlari va erkinliklarining namoyon bo‘lishida ko‘rinadi?

A) boshqaruvchanlik funksiyasi

B) prognostik funksiyasi

C) metodologik funksiyasi

D) sotsiologik funksiyasi
22. Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Huquqlar haqidagi billning qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etgan. U qachon va qaerda qabul qilingan?

A) Angliya, 1689 y

B) AQSH, 1791

C) Fransiya, 1789

D) A va B
23. Ma’lumki, fuqarolik jamiyatining amalda yuzaga kelishiga Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasining qabul qilinishi muhim ahamiyat kasb etgan. U qachon va qaerda qabul qilingan?

A) Angliya, 1689 y

B) AQSH, 1791

C) Fransiya, 1789

D) A va B
24. Ma’lumki, fuqarolik jamiyati – o‘z shaxsi, ijodiy tashabbusini erkin namoyon etuvchi teng huquqli odamlar jamiyati, ortiqcha taqiqlar va keraksiz ma’muriy tartibga solishdan xoli teng imkoniyatlar jamiyati sifatida shakllandi. Fuqarolik jamiyati a’zolari qaysi nuqtai nazardan fuqarolik huquq va erkinliklarga ega bo‘ldi?

A) siyosiy

B) yuridik

C) ma’naviy

D) iqtisodiy
25. Ma’lumki, fuqarolik - insonning muayyan davlatga barqaror tarzdagi mansubligi, inson va davlatning o‘zaro huquqiy aloqasi sifatida namoyon bo‘la boshladi. Bu ikki tomonlama aloqalar, bir tomondan, davlat o‘z fuqarolariga muayn huquq va erkinliklarni kafolatlaydi, ularning o‘zini va mol-mulkini zo‘ravonlik va o‘zboshimchaliklardan himoya qiladi, xorijiy mamlakatlarda istiqomat qilayotgan o‘z fuqarolariga homiylik qiladi. Boshqa tomondan, fuqarolar davlat qonunlariga rioya qilishlari, u belgilagan majburiyatlarni bajarishlari, o‘z mehnati bilan davlatni mustahkamlashga ko‘maklashishlari, uning obro‘sini saqlashlari, zarur bo‘lgan holatlarda uni himoya qilishlari lozim. Bu huquq va burchlar majmui fuqarolarning qanday maqomini tashkil etadi?

A) iqtisodiy-ijtimoiy

B) siyosiy-huquqiy

C) ijtimoiy-siyosiy

D) iqtisodiy-siyosiy
26. Qachonga kelib fuqarolik jamiyati g‘oyasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etgan edi?

A) XVII asrda

B) XVIII asrda

C) XIX asrda

D) XX asrda
27. Ma’lumki, XX asrda fuqarolik jamiyati g‘oyasi yanada muhimroq ahamiyat kasb etdi. Bunga avvalo nima sabab bo‘ldi?

A) totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo‘lishi va ularga qarshi demokratiya uchun kurash olib borish zaruriyati

B) jamiyatda haqiqiy erkinlikni ta’minlash har bir inson nafaqat yuridik va siyosiy ma’noda, balki iqtisodiy va ijtimoiy ma’noda ham fuqaroga aylanishi zaruriyati

C) qonun oldida tenglik va bu bilan bog‘liq holda fuqarolik huquqlariga siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar yaratish zaruriyati

D) yuqoridagi barcha javoblar to‘g‘ri
28. Plyuralizm nazariyasiga binoan, demokratik jamiyatning asosiy vazifasi nimalardan iborat?

A) barcha javoblar to‘g‘ri

B) fuqarolar totuvligiga erishish yo‘llarini izlash

C) aholining turli guruhlari manfaatlarini hisobga olish

D) qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish
29. Quyidagi qaysi omil fuqarolik jamiyati shakllanishining muhim rol o‘ynagan?

A) totalitar va avtoritar tuzumlarning paydo bo‘lishi

B) tabaqaviy imtiyozlarning tugatilishi va fuqarolik huquqlarining paydo bo‘lishi

C) qarama-qarshiliklarga barham berish va nizolarning oldini olish imkoniyatini paydo bo‘lishi

D) fuqarolar totuvligiga erishish yo‘llarini paydo bo‘lishi
30. Fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat tushunchasi qachon paydo bo‘lgan?

A) XVII asrda

B) XVIII asrda

C) XIX asrda

D) XX asrda
31. Quyidagi qanday davlatda xavfsizlikni ta’minlash huquqiy tartibotni muhofaza qilish, odamlar xulq-atvori davlat belgilagan huquqiy qoidalarga muvofiqligini ta’minlash faoliyatidan iborat bo‘ladi, davlat hokimiyatiga tatbiqan xavfsizlikni davlat xavfsizligi va fuqarolik jamiyati xavfsizligiga ajratish muammosi yuzaga kelmaydi?

A) totalitar

B) demokratik

C) avtoritar

D) unitar
32. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar, deb ta’kidlangan?

A) 2-modda

B) 7-modda

C) 11-modda

D) 12-modda
33. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. O‘zbekiston Respublikasida davlat hokimiyati xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda uning asosida qabul qilingan qonunlar vakolat bergan idoralar tomonidangina amalga oshiriladi. Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini o‘zlashtirish, hokimiyat idoralari faoliyatini to‘xtatib qo‘yish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish Konstitutsiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi, deb belgilab qo‘yilgan?

A) 2-modda

B) 7-modda

C) 11-modda

D) 12-modda
34. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi — hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga asoslanadi, deb belgilab qo‘yilgan?

A) 2-modda

B) 7-modda

C) 11-modda

D) 12-modda
35. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emasligi bayon etilgan?

A) 2-modda

B) 7-modda

C) 11-modda

D) 12-modda

36. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddasida O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb uqtirilgan?

A) 2-modda

B) 7-modda

C) 11-modda

D) 13-modda


37. Ma’lumki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi. Birinchi bosqich qaysi yillarni o‘z ichiga oladi?

A) 1989-1999 yillar

B) 1990-2000 yillar

C) 1991-2000 yillar

D) 1992-2010 yillar
38. Ma’lumki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati asoslariini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarni Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti tomonidan uch bosqichga bo‘lib tahlil qilish tavsiya etiladi. Ikkinchi bosqich qaysi yillarni o‘z ichiga oladi?

A) 1991-2000 yillar

B) 2000-2007 yillar

C) 2000-2010 yillar

D) 1991-2010 yillar
39. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi” qachon e’lon qilingan edi?

A) 2010 yil 12 noyabrda

B) 2010 yil 12 dekabrda

C) 2012 yil 10 noyabrda

D) 2012 yil 12 dekabrda
40. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning “Mamlakatimizda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”si nechta bo‘limdan iborat?

A) 4 ta


B) 5 ta

C) 6 ta


D) 7 ta
41. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”ning bo‘limlari bir-biriga muvofiq ketma-ketligi berilgan javobni belgilang.

a) Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish

b) Sud-huquq tizimini isloh etish

d) Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash

e) O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish

f) Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish

g) Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish

A) 1-a, 2-b, 3-d, 4-f, 5-e, 6-g

B) 1-a, 2-f, 3-e, 4-g, 5-b, 6-d

C) 1-g, 2-f, 3-e, 4-d, 5-b, 6-a

D) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e, 5-f, 6-g
42. Quyidagilardan qaysi birining axlokiy-siyosiy qarashlari markazida insoniylik, inson tabiatining axloqiy masalalari, oila hayoti, davlatning vazifasi, uni boshqarish, xalq va davlatning o‘zaro munosabati, ijtimoiy tartib, ijtimoiy qatlamlar to‘g‘risidagi g‘oyalar yotadi?

A) Aristotel

B) Dun CHjunshu

C) Konfutsiy

D) SYUN-Szi
43. Quyidagilardan qaysi birining sotsial tabaqalar to‘g‘risidagi qarashlari, garchi uning asosida bilim, o‘qish-o‘rganish g‘oyalari qo‘yilgan bo‘lsa ham, uning mazmuniga ko‘ra aristokrat, oliy tabaqalar hukmronligining qonuniy ekanligini isbotlashga qaratilgandir?

A) Aristotel

B) Dun CHjunshu

C) Konfutsiy

D) SYUN-Szi
44. Quyidagilardan qaysi birining ta’limotida asosiy o‘rinni JEN (insoniylik) konsepsiyasi egallaydi. Uning fikricha, kishilarning oila va davlatni boshqarishdagi o‘zaro munosabatlarida shunday qonunlar borki, ular «o‘zingga lozim topmaganni boshqalarga ham ravo ko‘rma», prinsipiga asoslanadi. Insoniylik muayyan ijtimoiy tartib, qoidalar (li) asosida oilada ham, davlat boshqaruvida ham amal qilmogi kerak.

A) Aristotel

B) Dun CHjunshu

C) Konfutsiy

D) SYUN-Szi
45. Konfutsining sotsial tabaqalar to‘g‘risidagi qarashlariga ko‘ra tabaqa(qatlam)lar va ularga mos javobni belgilang.

a) tug‘ma bilish qobiliyatiga ega bo‘lganlar

b) o‘qish o‘rganish natijasida bilim olganlar

d) qiyinchiliklarni sezganidan keyin bilim olganlar

e) qiyinchiliklarni boshdan kechirsa ham o‘qib o‘rganmaydiganlarni kiritdi

1) Birinchi qatlam 2) ikkinchi qatlam 3) uchinchi qatlam 4) to‘rtinchi qatlam

A) 1-b, 2-a, 3-d, 4-e

B) 1-a, 2-b, 3-d, 4-e

C) 1-d, 2-e, 3-a, 4-b

D) 1-a, 2-d, 3-e, 4-b


46. Davlat xalq ishonchiga sazovor bo‘lmasa, hech qachon yashay olmaydi. Xukumat boshliqlari shaxsan namuna bo‘lish bilan halqni tartib-qoidalarga o‘rgatishi kerak. YUqori tabaqalarning davlatni boshqarishdagi tartib va usullari quyi halq ommasiga ta’sir ko‘rsatadi. Boshqarish – bu har bir narsaning o‘z joyiga qo‘yilishidir. YUqoridagi jumlalar muallifini aniqlang.

A) Aristotel

B) Dun CHjunshu

C) Konfutsiy

D) SYUN-Szi
47. Konfutsiy maktabi uning vafotidan so‘ng nechtaga bo‘linib ketgan?

A) 6 ta


B) 7 ta

C) 8 ta


D) 9 ta
48. Quyidagi qaysi maktab vakillari o‘z qarashlariga asos qilib Konfutsiyning falak, davlat, insoniylik, yaxshilik va yomonlik g‘oyalarini oldilar?

A) Guan CHjun

B) MEN SZI

C) Dun CHjunshu

D) SYUN-Szi
49. Quyidagilardan qaysi birining fikricha, falak (bu erda – XUDO) bevosita xalqqa va hukmdorga (samo o‘g‘liga) hamda odamlar taqdir: va davlatga tasir ko‘rsatadi. Insonni sevish (JEN), adolat (I), odoblilik. xushfe’llik (Li) va bilim (CHji) inson tabiatiga xos tug‘ma xususiyatdir. Insoniylik (JEN) ta’limoti asosida davlatni: «insoniy boshqarish» bosh vazifadir, boshkarishda asosiy rolini: xalq ommasi o‘ynaydi, degan g‘oya yotadi. Davlatda asosiy rolni xalq o‘ynaydi, ruxlar, erdagi barcha narsa va xodisalar uning izidan boradi, degan qarashlar mavjud?

A) Guan CHjun

B) MEN SZI

C) Dun CHjunshu

D) SYUN-Szi
50. Adolatli buyruk, berish, xalqni sevish, uning an’analarini qadrlash, olimlar, oqil va donishmand kishilarni e’zozlash, davlat ishlariga qobiliyatli kishilarni jalb etish muhim ahamiyatga egadir. Boshqarishning mezoni adolat va tinchlikdir. Davlat kishilarning osoyishtaligi va o‘zaro ahil bo‘lib yashashlari uchun xizmat qilishi kerak, deb ta’lim bergan antik davr mutafakkirini aniqlang.

A) Guan CHjun

B) MEN SZI

C) Dun CHjunshu

D) SYUN-Szi
51. Ushbu antik davr mutafakkiri imperator universitetida dars berib, saroyga yaqin faylasuflardan biri edi. U Konfutsiy ta’limotining tan olinishini talab qilib bu ta’limotni davlat doktrinasi darajasiga ko‘tardi. U imperator hokimiyatining mutlaq ekanligini isbotlashga xarakat qildi. Ushbu ma’lumot kim haqida?


Download 204 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish