Konstitutsiya huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyat barpo etishning eng muhim mezonidir



Download 23,17 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi23,17 Kb.
#599831
Bog'liq
KONSITUTSIYA HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYAT BARPO


KONSTITUTSIYA HUQUQIY DEMOKRATIK DAVLAT VA FUQAROLIK JAMIYAT BARPO ETISHNING ENG MUHIM MEZONIDIR
Orinbaev Talasbay Niyetbayevich
Toshkent ximiya texnologiya instituti 1 kurs magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada demokratik davlat tuzish, fuqarolik jamiyat barpo etishda konsitutsiyaning o’qrni beqiyos ekanligi haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Konstitutsiya, demokratik, fuqaro, davlat, yutuq, ishonch, qomus, qoida, hayot, ustuvorlik
Yigirma besh yil, tarix uchun bir lahza, xolos. Shu qisqa davrda O‘zbekistonimiz mustaqil va suveren davlat sifatida shakllanib, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin egalladi, tom ma’noda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Ana shu mashaqqatli va sharafli yo‘lda erishgan barcha yutuqlarimizni, eng avvalo, Konstitutsiyamiz bilan bog‘lashimiz, albatta, bejiz emas. Nega deganda, Asosiy qonunimiz xalqimiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berdi.
To‘la ishonch bilan aytish mumkinki, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir. U hech kimga qaram bo‘lmasdan, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati bo‘lib kelmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. Konstitutsiyamiz asosida mamlakatimizda milliy qonunchilik tizimi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllandi. Bugungi kunda barcha jabhalarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyatimiz yuksalib, fuqarolarimizning dunyoqarashi tobora o‘sib bormoqda. Bularning barchasi, eng avvalo, Bosh qomusimizning hayotbaxsh kuch-qudrati natijasidir.
Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahbarligida 1990 yil iyun oyida tuzilgan Komissiyaning ikki yillik mashaqqatli mehnati natijasida Konstitutsiyaning birinchi, ikkinchi va so‘ngra uchinchi loyihalari ishlab chiqildi. Asosiy qonunimiz ikki marta 1992 yil sentabr va noyabr oylarida umumxalq muhokamasiga olib chiqildi. Loyihalar muhokamasida keng jamoatchilik, butun xalqimiz faol ishtirok etib, mamlakatimizning taraqqiyot yo‘li, uning kelajagiga daxldor ko‘plab fikr-mulohazalar va takliflar bildirdi.
O‘tgan davrda ijro etuvchi hokimiyatni demokratlashtirish ishlari ham izchil olib borildi. Hukumatning vazifa va vakolatlar doirasi kengaytirilib, parlament oldida hisob berish darajasi va mas’uliyati kuchaytirildi. Bu Konstitutsiyaning 7-moddasida mustahkamlangan «Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir» degan ulug‘vor g‘oyaning amaliy ifodasi, desak, har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi. Shu bilan birga, har kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega ekani, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan shaxsning aybi sudda aniq bo‘lmaguncha u aybdor hisoblanmasligi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy normalarni amalda ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rildi. Albatta, bu qoidani hayotga to‘liq tatbiq etish, birinchi navbatda, sudlarning chinakam mustaqilligi, ularning adolatli faoliyat yuritishi bilan chambarchas bog‘liq.
Demokratik jamiyatning eng muhim belgilaridan biri jamiyat a’zolarining qonun oldida tengligining, Konstitutsiya va qonunlarning tengligining ta’minlanganligidir. Shuningdek, Konstitutsiya va qonunlarning pirovard maqsadi inson, uning huquq va erkinliklarini ta’minlashdan iborat bo‘lmog‘i lozim. Qonun ustuvorligini ta’minlash, shaxs, oila, jamiyat va davlatning huquq va manfaatlari muhofazasini kuchaytirish, aholining huquqiy madaniyati va huquqiy ongini oshirish, fuqarolarni qonunga bo‘ysunish va hurmat ruhida tarbiyalash bu rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan chinakam demokratik, huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurishning nafaqat maqsadi, balki uning vositasi, eng muhim sharti hisoblanadi. Huquqiy davlatning muhim belgisi jamiyat hayotida chinakam qonun ustuvorligini ta’minlash har qanday davlat uchun, xususan huquqiy davlat qurish yo‘lidan borayotgan O‘zbekiston uchun ham juda muhimdir.
Qonun ustuvorligining mohiyati O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining III bob, 15 va 16-moddalarida belgilab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning 15-moddasiga muvofiq, “O‘zbekiston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarning ustunligi so‘zsiz tan olinadi. Davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga muvofiq ish ko‘radilar” deyilgan.
Qonun ustuvorligi demokratik jamiyat barpo etishning asosi bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, adolat mezoni hisoblanadi. Chunki, qonun ustuvorligi ta’minlansagina adolat qaror topadi, insonlar millati, tili, urf odati, an’anasi, qadriyatlari, diniy e’tiqodi, jinsi, ijtimoiy ahvoli kabilarda tenglikka erishadilar. U mamlakat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayotida barqarorlik ta’minlanishining asosi hisoblanadi. Qonun oyoq osti qilingan mamlakatda talon-torojlik, tengsizlik, adolatsizlik, zo‘ravonlik va boshqa bir qator salbiy holatlar yuzaga keladi. Ana Shuning uchun ham qonun ustuvorligi umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Qonun bilan yashashni millat vakillarining dunyoqarashiga aylanishiga erishish, milliy rivojlanishning muhim yo‘nalishini tashkil qiladi.
Qonun ustuvorligi barcha davlat hokimiyati organlari faoliyatida konstitutsiya, qonunlar oliy yuridik kuchga ega boʻlib, ularning hokimiyat chiqaradigan boshqa hamma meʼyoriy hujjatlar va yoʻriq nomalardan ustun turishidir. Qonun ustuvorligi jamiyatda demokratiya va qonunchilik taʼminlanishiga xizmat qiluvchi tamoyildir.
Qonun ustuvorligi tamoyili birinchidan, jamiyat hayotining barcha jabhalarida qonunlarning qatʼiy hukmronligini bildirib, yuqorida taʼkidlanganidek, barcha davlat organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolarning konstitutsiya va qonunlarga soʻzsiz itoat etishida; ikkinchidan, ijtimoiy munosabatlarning jamiyat, fuqaro va davlat manfaatlariga mos tarzda tartibga solinganini anglatib, mamlakat miqyosida barqarorlik, tartiblik va qonuniy tartibot muhiti oʻrnatilganida; uchinchidan, huquq buzilishi hollarining oldini olish, shuningdek, huquqiy munosabat ishtirokchilari qonunni buzgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish uchun qonunlarning huquqiy asos vazifasini bajarishida namoyon boʻladi.
Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi.
Sohibqiron Amir Temur bobomiz “Davlat qonunlar asosida qurilmas ekan, unday saltanatning shukuhi, qudrati va tarkibi yo‘qoladi”, deb ta’kidlagan edilar. Shu nuqtai nazardan, Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlash respublikamizda bunyod etilayotgan demokratik huquqiy davlatning bosh mezoni hisoblanadi.
Har qanday demokratik islohotlar samarasi, tinchlik va taraqqiyotning asosiy garovi ham Konstitutsiya va qonun ustuvorligi ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq.
“Konstitutsiya va qonun ustuvorligi farovon hayot garovi” degan tushuncha fuqarolarimizning ongi va qalbida chuqur o‘rin egallashi hamda ijtimoiy ehtiyojga aylanishi uchun qonunlar ijrosini samarali tashkil etish kerak.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

  1. https://hozir.org/4-vazifa-qonun-ustuvorligi-tushunchasi-va-uning-mohiyati-nima.html

  2. https://president.uz/oz/3119

  3. https://uz.wikipedia.org/wiki/Qonun_ustuvorligi

  4. https://hozir.org/4-vazifa-qonun-ustuvorligi-tushunchasi-va-uning-mohiyati-nima.html

  5. https://constitution.uz/oz/pages/prezident_maruzasi_25yil

Download 23,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish