Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari fani ob’ekti



Download 17,6 Kb.
Sana25.04.2020
Hajmi17,6 Kb.
#47145
Bog'liq
MGTT


Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari fani ob’ekti deganda milliy g‘oya targ‘iboti yo‘naltirilgan O‘zbekiston jamiyati hayoti sohalari, turli xalqlar va millatlar, guruhlar va unga ta’sir etuvchi omillar, jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy targ‘ibot yo‘nalishlarining sub’ekti va foydlaniladigan vositalar hamda uslublar majmui tushuniladi. Demak, milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarining ob’ektini jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy-mafkuraviy sohasining tashuvchilari hisoblangan turli-xil insonlar, ijtimoiy etnik guruhlar va qatlamlar tashkil etadi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari milliy istiqlol g‘oyasi fanining asosiy tushuncha va tamoyillariga tayanadi. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarining maqsadi va vazifalari milliy g‘oyaning bosh g‘oyasi va asosiy g‘oyalarini keng jamoatchilikka targ‘ibot-tashviqot qilish, ularning ma’naviy tarbiyasini to‘g‘ri shakllantirish, barkamol avlodni voyaga etkazish bilan uzviy bog‘liq. Milliy g‘oya targ‘ibotidan ko‘zlangan asosiy maqsad va vazifalar:

  1. Xalqni ezgu g‘oya bilan bog‘liq mushtarak maqsadlar bilan birlashtirish va uyushtirish;

  2. Muayyan ezgu g‘oyaga ishontirish;

  3. Demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini qurishga safarbar etish;

  4. Ma’naviy-ruhiy rag‘batlantirish hamda milliy g‘oya negizlariga bo‘lgan ishonch va e’tiqodini mustahkamlash;

  5. Milliy g‘oya maqsad va tamoyillariga sodiq holda tarbiyalash;

  6. YOt va zararli g‘oyalar, turli-xil mafkuraviy xurujlar, “ommaviy madaniyat” va “ma’naviy tahdid”larga qarshi g‘oyaviy immunitetini shakllantirish va jamiyat oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda harakat dasturi bo‘lishga yo‘naltirilgan.

SHu maqsadlarga erishishda milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalaridan oqilona foydalanish va tashkil etish kutilgan amaliy samarani berishi mumkin.

Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari fanining asosiy tushunchalari, ma’no-mazmuni. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari jamiyat hayoti sohalari bilan bog‘liq bo‘lgan muayyan tushunchalarga asoslanadi. Ular jamiyat ma’naviy-ma’rifiy, g‘oyaviy mafkuraviy sohalarida shakllangan turli-xil tushunchalardir. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalarida quyidagi tushunchalarni hisobga olish zarur, ular turli halqlar va jamiyatlar hayotida o‘ziga xos o‘ringa ega. Ularning mazmun-mohiyatini targ‘ibot texnologiyalarini amalga oshirishda xolisona h
Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalaridagi yangilanishlar va uning zamon bilan hamnafas bo‘lishini, jamiyatdagi demokratik yangilanishlar, globallashuv va mafkuraviy kurashlar sohasidagi o‘zgarishlar ham taqozo etadi. CHunki, dunyoda mafkura sohasida yangi texnologiyalarni qo‘llab, ko‘proq uni “jozibali” bo‘lishiga erishish orqali yoshlarni o‘ziga jalb etishga, oxir-oqibatda ularning ongiga milliy g‘oya negizlaridan begona bo‘lgan qadriyatlarni olib kirishga urinish mavjud.

SHunga asoslanib texnologiyani milliy g‘oyani targ‘ib etish mahorati, zamonaviy ilmiy-amaliy tafakkur usuli, degan xulosaga kelish mumkin. Milliy g‘oya targ‘ibotining zamonaviy mahorat darajasiga ko‘tarish va ko‘tarilganligi uni hozirgi zamon bilan hamnafasligining ifodasidir. Aks holda zamondan orqada qoladi.



Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasi nuqtai nazardan u jarayon sifatida uchta qoida bilan tavsiflanadi:

  1. Jarayonni o‘zaro bog‘liq bosqichlarga taqsimlash;

  2. Kutilayotgan natijaga (belgilangan maqsad) erishishga qaratilgan harakatlarni izchil va bosqichma-bosqich bajarish;

  3. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyalari O‘zbekistondagi jamiyati hayoti bilan bilan bog‘liq holda uning milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar bilan bog‘liq negizlarini o‘zida ifoda etadi. SHu bilan birga O‘zbekiston xalqining ezgu maqsadari va manfaatlarini ifoda etadigan g‘oyani keng jamoatchilikka etkazish yo‘llari, vositalari, shakl va usullarini majmuini o‘z ichiga oladi. YUrtboshimiz o‘z fikrlarini davom ettirib: ―Milliy g‘oya va milliy istiqlol g‘oyasi hakida gap borar ekan, biz nihoyatda keng, murakkab serqirra, murakkab tushunchalarni tasavvur qilishimiz kerak. Bu tushunchalar Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi yuksak g‘oyalarning ma’no-mazmunini teran anglab olishga xizmat qiladi. Bu g‘oya xalqni-xalq, millatni-millat etadigan, uning sha’nu sharafi, ishonch-etiqodini ifodalaydigan o‘ziga xos taraqqiyot yo‘li, turmush tarzi, tub manfaatlariga tayangan holda mutassil rivojlanib boruvchi qarashlar tizimidir1.

  4. Milliy g‘oya targ‘iboti texnologiyasining predmetini amalga oshirilayotgan mafkuraviy jarayonlar, an’nalarimiz, tariximizni tiklashga doir harakatlar, shuningdek, umuminsoniy qadriyatlar milliy g‘oya targ‘ibotiga xos bog‘lgan amaliy-nazariy munosabatlar tizimini o‘zida ifoda etadigan qonuniyatlarni o‘rganish tashkil qiladi.

  5. Xulosa o‘rnida shuni alohida ta’kidlash lozimki, bugungi kunda milliy g‘oyaning targ‘ibot texnologiyalarining jamiyat hayotida o‘rni va ahamiyati katta. Aynan milliy g‘oya targ‘iboti yo‘llari va usullari, uni amalga oshirish texnologiyalaridan unumli foydalanishdan maqsad ham uni jamiyat a’zolarining ongiga singdirish yo‘llarini to‘g‘ri ko‘rsatib berishdan iboratdir. Bu jarayon bevosita jamiyatimizning “g‘oyaviy ta’sirlar”, shuningdek, “mafkuraviy tahdidlar” ta’siridan himoya qilishda barchaning ma’sulligi darajasi bilan bog‘liq hodisa hisoblanadi.




1 Қаранг: Каримов И.А. “Жамиятимиз мафкураси халқни –халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин”. - Т: “Ўзбекистон”, 1998. – Б.3.

Download 17,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish