2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Sistema, struktura, element
falsafaning muxim kategoriyalaridan bo‘lib xisoblanadi. 
Sistema – grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, elementlardan tashkil topgan 
birikma, degan ma’nolarni anglatadi. 
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning strukturaviy 
munosabatlariga mos keladi. SHu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi sistemalashtirish, nazariy 
faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ‘ibiy elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga 
keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra 
turkumlashtirish, muhim metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati 
sistema strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv qonuniyatlarini 
o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga qaratilgan. YA’ni, insonning 
ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish 
faoliyatlari samaradorligi va maqsadga muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi 
bilan harakterlanadi. 
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va munosabatining tartibli 
tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va 
munosabatlari tizimining makon va zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik 
holatidir. Umuman, struktura (lotin tilida to‘zilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani 
tashkil qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. Hozirgi 
mavjud falsafiy qarashlarda strukturani sistemaning aspekti sifatida qarash ustuvordir. Sistemani 


tashkil qilgan elementlarning strukturaviy to‘zilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish 
istiqbollarini belgilab turadi. Masalan, tabiatdagi atomlarning targ‘ibiy to‘zilishlari 
xususiyatlariga qarab, moddiy olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning 
o‘zaro ichki munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi 
aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida mavjud bo‘lsa 
ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. Borliqni tashkil qilgan 
elementlarning munosabatlariga, makon va zamon xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» 
va «tashqi struktura» ga ajratish mumkin. 
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, munosabat 
jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda element ijtimoiy 
munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. Masalan, jamiyatni yaxlit 
sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida individlar, ijtimoiy qatlamlar
tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga tashlanadi. YA’ni, jamiyatning axloqiy, 
huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa munosabatlari strukturaviy to‘zilishni tashkil qilgan. O‘z 
navbatida, sistemani to‘laligicha bilish, uning stukturaviy to‘zilishidagi har bir elementning 
funksional faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. 
SHuni alohida ta’kidlash kerak-ki, insonlarning narsa hamda hodisalarga muayyan 
manfaatlari va extiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab, har bir elementni nisbatan 
mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat strukturasida, uni 
tashkil qiluvchi muxim elementlarning biri hisoblanadi, lekin ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy 
hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, uning ichki elementlardan iborat mustaqil 
sistemaligini ko‘ramiz. SHunga ko‘ra, sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, 
kategoriyalar sifatida, unga bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi. 
SHuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar narsa va 
hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining umummetodologik 
asosi bo‘lib xisoblanadi. 
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: muhim va muhim 
bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib o‘rganish alohida ahamiyatga ega. 
CHunki har qanday konkret element, muayyan sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra, 
o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Birok, ularning ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek, 
turkumlashtirish mutloqo nisbiy hamda shartli harakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar va 
extiyojlar asosida yondashishdan kelib chiqadi. SHunga ko‘ra, konkret makon va zamonda 
sistemani tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar 
vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. YA’ni, sistemadagi uning harakterini belgilab to‘rgan 
muxim element, ma’lum vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga aylanishi yoki aksincha 
bo‘lishi mumkin. 
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va hodisalarning 
mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi. 
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, ukuv qulanmalaridan farqli ularok
bu kategoriyalarni kiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft kategoriyalarning mazmunini 
ochib berish imkoniyatini yaratishdir. CHunki, «mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», 
«sabab» va oqibat», «zaruriyat va tasodif», «imkoniyat va vokelik» kategoriyalarining mazmuni, 
yuqorida ko‘rsatilgan «aloxidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», 
«element», kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog‘liqdir. SHuning uchun biz falsafa 
kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining yaxlit sistemasi 
tarzida 
olib qarashni 
lozim 
topdik.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish