2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari.
Jamiyat falsafasi.
Reja:
1.
Metod va metodologiya tushunchasi. Falsafiy metodlar
2.
Falsafiy qonunlar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari
3.
Falsafiy kategoriyalar, ularning mohiyati va xususiyati
4.
Jamiyat tushunchasi.
Jamiyatning mohiyati, kelib chiqishi va taraqqiyoti
to‘g‘risidagi qarashlar.
5.
Hozirgi zamon jamiyati va uning global muammolari
Falsafada
metod
va
metodologiya,
metodika
tushunchalari.
Metod (yunon metodos – tadqiqot yoki bilish yo‘li, nazariya, ta’limot) voqe’likni amaliy yoki
nazariy o‘zlashtirish usuli. Metod aslida inson amaliy faoliyatining negizida yuzaga kelgan.
Bilish predmetini o‘rganish yo‘lida tafakkurning anglash usullarini
amaliy va mushohadaviy
yo‘llarini chambarchas aloqasi hosil qilgan tajriba ilm-fanda o‘ziga xos metodlarni yaratadi.
Falsafa fani boshqa fanlar uchun metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi. Falsafa fani metodlari
barcha fanlar uchun umumiy qo‘llash mumkin bo‘lgan metodlardir, shuningdek alohida fan
doirasida qo‘llash mumkin bo‘lgan xususiy metodlar ham mavjud. Falsafaning predmeti tabiat,
jamiyat va inson tafakkurining eng umumiy rivojlanish qonunlarini o‘rganishdan
iborat ekan,
falsafa fani bir vaqtning o‘zida tabiat, jamiyat va inson tafakkurining alohida jihatlarini o‘z
ob’ekti doirasida o‘rganuvchi fanlarga metodologik yo‘nalish beradi. Alohida fanlar doirasida
o‘rganilayotgan ob’ekt va predmet haqida to‘g‘ri bilim shakllanishi uchun, fanlar doirasida kashf
etilayotgan qonuniyatlar to‘g‘ri anglanilishi uchun falsafiy bilimlar umumiy metodologik
tamoyillarni shakllantirib beradi.
Metodlar eksperimental fanlarning paydo bo‘lishi bilan izchil rivojlantirildi va o‘rganila
boshlanadi. Hozirgi zamon fanlarining metodlari ilmning o‘zi kabi turli-tumandir. Shunga
muvofiq metodlar turlicha klassifikatsiya qilinadi. Ilmiy nazariyalarni
yaratish va ularni
tekshirish metodi, ilmiy xulosalarni bayon etish metodi; falsafiy, umumnazariy va maxsus ilmiy
metodlar; bulardan tashqari voqe’likni sifat va miqdor bo‘yicha o‘rganish metodlari farqlanadi.
Fanlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqaning chuqurlashishi, muayyan fanlarning natijalari, modellari va
metodlarni boshqa fanlarda qo‘llanilishiga olib kelmoqda.
Inson amaliy harakatining usullari anglanuvchi uslubiy omilga aylangach, bu usullar oxir-
oqibatda metodlar haqidagi ta’limot - metodologiyaning paydo bo‘lishiga olib keldi.
Metodologik bilim, birinchidan, muayyan faoliyat turlarining mazmuni va izchilligini o‘z ichiga
olgan odat va normalar shaklida,
ikkinchidan, amalda bajarilgan faoliyatning ta’siri sifatida
yuzaga chiqadi. Hozirgi zamon adabiyotlarida metodologiya deyilganda, avvalo, ilmiy bilish
metodologiyasi, ya’ni ilmiy bilish faoliyatining shakllari va metodlari tushuniladi. Fan
metodologiyasi ilmiy tadqiqot komponentlari – uning ob’ekti, analiz mavzui, tadqiqot vazifalari,
ularni hal etish uchun zarur bo‘lgan
vositalarni ifodalaydi, shuningdek masalani hal etish
jarayonida tadqiqotchi faoliyatining izchilligi haqida tasavvur hosil qiladi. Masalani qo‘yish,
tadqiqot mavzuini va ilmiy nazariyani shakllantirish, shuningdek olingan natijani uning
haqiqiyligi, ya’ni o‘rganilayotgan ob’ektga muvofiqligi jihatidan
tekshirish metodologiyani
qo‘llanilishini eng muhim tomoni hisoblanadi. Metodologiyaning asoschisi ingliz filosofi
F.Bekondir. U birinchi marta fanni metodlari sistemasi bilan qurollantirish g‘oyasini ilgari surdi.
R.Dekart bilish muammosi sifatida ta’riflab, birinchi marta tafakkurning o‘ziga xosligi, uni
reallikning shunchaki va bevosita in’ikosidan iborat qilib qo‘yish mumkin emasligi haqidagi
masalani ilgari surdi. Nemis filosofi I.Kantga qadar metodologiya muammosi bilish nazariyasi
bilan birga edi. Kant birinchi marta bilimning ob’ektiv mazmuni bilan shakli o‘rtasidagi farqni
ajratib, metodologik bilimning alohida mavqeini asoslab berdi.
Metodologiya muammosini
o‘rganishda nemis klassik idealizmi erishgan muhim natija shu bo‘ldiki, u bilishning va
umuman, ma’naviy faoliyatning umumiy metodi – dialektikaning rolini ko‘rsatib beradi.
Agar ilgari metodologiya tushunchasi avvalo ilmiy bilish faoliyatidan falsafiy asoslar
haqidagi tasavvurlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, endilikda ilmning ko‘p tarmoqli,
rivojlangan
maxsus sohasini anglatadi. Umuman bilish nazariyasidan metodologiya bilish vositalariga jiddiy
e’tibor berishi bilan farq qiladi. Fan sotsiologiyasi va fanshunoslikning boshqa sohalaridan farqli
o‘laroq metodologiya, bilishning ichki tartib - qoidalari, logikasi va strukturasini o‘rganadi.