2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1


Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Kategoriya tushunchasi va ularning turlari. Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi.
 
Har qanday fan ob’ekti va predmetiga yondoshuvda o‘rganilishi kerak bo‘lgan muammoning 
tushuntirishda ma’lum tushuncha, me’yor, jihatlar, o‘ziga xos qonunlar va tamoyillari bo‘ladi. 
Masalan, fizika fani fizik qonunlar, massa, og‘irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalar bilan ishlaydi. 
Aksariyat qonun va tushunchalar bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining 
nomi bilan bog‘langan. Masalan, fizikada Isaak Nyuton, Albert Eynshteyn, Nikola Tesla va 
boshqa olimlar fizika sohasida muhim kashfiyotlar qilganlar. Matematikani esa Pifagor, al-
Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy kashfiyotlarisiz, qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Huddi 
shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar 
tizimi ham bor. Ularni o‘rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini 
aniqlab olish zarur. Agar 
qonun
falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar 
rivojlanishi jarayonidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, 
ichki o‘zaro bog‘lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligi bo‘lsa, 
kategoriyalar
«izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi.Falsafa 
tarixida ularni birinchi bo‘lib, Arastu ta’riflab bergan. U o‘zining «Kategoriyalar» degan asarida 
ularni ob’ektiv voqe’likning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat 
qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», 
«sifat», «munosabat», «o‘rin», «vaqt», «holat», «mavqe», «harakat», «azob-uqubat». Bu 
turkumlashtirish, o‘z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Keyinchalik 
Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «holat» va «munosabat» kategoriyalarini ham 
izohlagan. 
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o‘rganishni aynan Arastu 
boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha YUnonistonda ko‘proq siyosat va notiqlik 
san’ati sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. CHunki o‘sha davrda qo‘shinni, 
mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan. Ammo o‘sha davrlarda hali falsafa qonunlari, kategoriyalari va asosiy 
tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi 
sifatida shakllantirilmagan edi. Arastu falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta 
sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko‘targan. O‘sha davrdan boshlab 
falsafa o‘z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo‘lgan fanga aylangan. 
SHarqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar. XVIII 
asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar tahlilida yangi davr vujudga keldi. XVIII-XIX asrga kelib, 
xususan, I. Kant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, 


ko‘plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va mohiyat, sabab va harakat, o‘zaro ta’sir), 
«modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqe’lik va novoqe’lik, zaruriyat va tasodif) tarzida 
izohlangan. Kantdan farqli ularok, Gegel mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, 
me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (ob’ektiv, sub’ektiv, absolyut G‘oya) 
tarzida izohlagan. 
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning 
mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) ob’ektiv vokelikning in’ikosi; 2) 
narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish 
usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) 
borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. 
Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va 
takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan 
fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqe’lik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va 
boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir. 
Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish