Katalaglashtirish va klassifikatsiyalash



Download 99,23 Kb.
Sana05.06.2023
Hajmi99,23 Kb.
#948983
Bog'liq
2-variant


MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


5355060 - Kutubxona Axborot Faoliyati yo’nalishi 061-20 - gurux
Katalaglashtirish va klassifikatsiyalash ” fanidan

Mustaqil ishi

Bajardi : Husniddinov J
Qabul qildi: Ziyodullayeva G. E.

Toshkent 2023


Mavzu : Hujjatlarda bibliografik tasvir tuzilishining metodikasi
Reja :

  1. Bibliografiyashunoslik

  2. Bibliografiya texnologiyasi

  3. Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari

  4. Foydalanilgan adabiyotlar

Bibliografiya predmeti o lquvchilarni kitobni bilish, uning sirlarini anglash, axborot tanlash, uni kitobxonga yetkazib berish ilmi bilan qurollantiradi.


Bibliografiya milliy g‘oyaning asosiy tushuncha va tamoyillarini targ‘ib etishda, Prezident I. A. Karimov asarlaridan, ko‘rsatma va farmonlaridan foydalangan holda okquvchilarga amaliyotda bibliografik sharhlashni, adabiyotlarning turli xil ro‘yxatlarini tuzishni, ko‘rsatkich va bibliografik qo'llanmalarni tuzish metodikasini, kerakli m a’lumotlarni qayerdan, qaysi 4 yo‘l bilan, qaysi vositalar yordamida olish kerakligini, kutubxonada kartotekalar tuzish, kitobni targ‘ib qilish metodikasini okrgatadi.
Bibliografiya kursi 3 yil davomida o'qitilib, 2 ta asosiy qismga bo'linadi:
1. Umumiy bibliografiya.
2. Soha bibliografiyasi.
Bibliografiyaning umumiy qismida bibliografiya nazariyasi va tashkil qilinjshi, uning ijtimoiy roli, turlari, bibliografiyaning obyektlari, bibliografik faoliyat turlari, uning asosiy jarayonlari, axborot-bibliografik resurslar, bibliografiyalash metodikasi, 0 ‘rta Osiyoda bibliografiya tarixi, 0 ‘zbekistonda retrospektiv, tavsiya va ilmiy-yordamchi bibliografik qo‘llanmalar va boshqa masalalar o ‘rganiladi. Ushbu o ‘quv qoilanm a bibliografiya kursi bokyicha madaniyat kollejlari o‘quvchilari uchun, umuman, mazkur kurs bo‘yicha tayyorlangan birinchi adabiyotdir. Biz o kquv qo‘llanmada iloji boricha, mamlakatimiz bibliografiyasi tajribalaridan foydalanishga, uni keng va atroflicha yoritib berishga, nazariy masalalarni amaliy va tajriba mashg‘ulotlari bilan mustahkamlashga harakat qildik. Okquv qo‘llanmada har bir mavzuni izchil ketma-ketlikda joylashtirishga, mavzu nomidan so‘ng uning maqsadini, oxirida esa xulosalar va tekshirish uchun savol va topshiriqlarni berib bordik. Darslikning V va VI bobini yoritishda pedagogika fanlari nomzodi, Toshkent davlat madaniyat instituti „Bibliografiya va huijatshunoslik“ kafedrasi dotsenti Muso Mamatovich Turopovning qoiyozm a materiallaridan foydalandik. Bibliografiya kursini o ‘rganish ta ’lim jarayonida o ‘rganiladigan barcha mutaxassislik fanlari — ,,Kutubxonashunoslik“, „Hujjatlar fondi va elektron katalog“, „Kutubxona menejmenti“, „Axborot-kutubxona texnologiyasi“, „Internet tizimidan foydalanish“, „Kutubxona ishini avtomatlashtirish“, „Elektron kutubxona44, „Axborot-kutubxona dizayni“, umumta’lim fanlari nutq madaniyati, pedagogika, psixologiya fanlarida o ‘rganiladigan bilimlar juda kerak bo‘ladi. Bibliografiya ishi bilimli, sabr-toqatli, sinchkov va ziyrak kishining ishi ekanligini unutmang.

Bibliografiyashunoslik — bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodologiyasi, texnologiyasi, metodikasi va tashkil etishni o‘rganuvchi va ishlab chiqaruvchi ilmiy fan. Bir vaqtning o‘zida bibliografik faoliyatning jarayonlarini, ayrim turlarini va qirralarini nazariy, tarixiy, metodik va tashkiliy nuqtayi nazardan u yoki bu bilim sohasining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda o ‘rganish va tadqiq qilish talab etiladi. Bu bilan xususiy bibliografiyashunoslik shug‘ullanadi. Bibliografiyashunoslik termini XVIII asrda G ‘arbiy Yevropada paydo boldi. XX asming 70- yillarida aniq ilmiy izohga ega bo‘ldi. Buning 4 ta tarkibiy boMimi; nazariyasi, tarixi, metodi, tashkiliy bolim i mavjud.


Bibliografiya nazariyasi — bibliografiyaning mohiyatini va ijtimoiy ahamiyatini o ‘rganadi, ilmiy konsepsiyasini va tushunchalar tizimini ishlab chiqadi, hozirgi zamon bibliografik amaliyotni ilmiy tahlil qilishning metodologik negizini ishlab chiqadi, bibliografiyaning va bibliografik fanlarning axborot faoliyati va informatika, kutubxonachilik ishi va kutubxonashunoslik, kitob ishi va kitobshunoslik bilan o‘zaro aloqasini tahlil qiladi. Rus bibliografiyasining, jumladan, ham dokstlik mamlakatlari bibliografiyasining rivojlanishida munosib hissa qokshgan A. I. Barsuk, M. G. Voxrisheva, N. E. Dobrinina, Y. S. Zubov, O. P. Korshunov, A. V. M amontov, I. G. M orgenshtern, I. I. Reshetinskiy, N. A. Slyadneva, A. V. Sokolov, S. A. Trubnikov, Y. M. Tugov, V. A. Fokeyevlar faoliyatini o‘rganadi.
Bibliografiya tarixi — uning qonuniyatlari va rivojlanish tendensiyalarini o‘rganadi. Bunda bibliografiya tarixi jamiyatlar tarixi, siyosat tarixi, jamiyatning iqtisodiy, madaniy-ma’naviy 11 hayoti bilan bogkliq holda o ‘rganiladi. Rus bibliografiyasi tarixi masalalarini mashhur bibliograflar N. V. Zdobnov, М. V. Mashkova, L. M. Ravich, S. A. Reyser, B. A. Semyonovker, K. R. Sim onlar o ‘rganganlar. Olzbekiston bibliografiyasi, umuman, O lrta Osiyo bibliografiyasi tarixini o‘zbek bibliograf olimlaridan М. M. Turopov, Sh. M. Shamsiyev, E. O. Oxunjonov, H. Mamatraimova, turkmanistonlik olim A. Yazberdiyevlar tadqiq qilib o ‘rganganlar.
Bibliografiya texnologiyasi — axborot resurslarini, bibliografik mahsulotlarni qayta ishlab chiqish mahorati. U axborotni yig‘ish, tashkil etish, saqlash, to ‘plash, qayta ishlov berish, qidirish, xulosa qilish, nusxa ko‘paytirish, uni uzatish va tarqatishni ta ’minlovchi texnologik komplekslarni takomillashtirishda ishtirok etadi.
Bibliografiyaning metodikasi — bibliografiyaning nazariyasi, tarixi, texnologiyasi, amaliyoti bilan uzviy bogliq. U bibliografik axborot tayyorlash va iste’molchilarga yetkazishning maqsadga yo‘naltirilgan usullari va uslublari yig‘indisidir. Bibliografiyaning metodikasini ishlab chiqishda bibliograflardan M. A. Briskman, M. P. Bronshteyn, M. P.Gastfer, M. A. Sakdova, S. P. Bavin, S. V. Bushuyev, G. E. Mironov, A. M. Gorbunov, O. A. Gurbolikova, 0 ‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi M. Y. Nosirova, M. Turopov, Sh. M. Shamsiyev, H. Mamatraimovalar faoliyat ko‘rsatadilar.
Bibliografiyani tashkil etish — mamlakatda kutubxonachilik va axborot markazlarini tashkil etish, bibliografiya xizmati tizimini yaratish, rejalashtirish, muvofiqlashtirish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, jamiyatning axborotga bo‘lgan talabini to ia qondirish imkonini yaratish uchun xizmat qiladi.
Bibliografiyaning ahamiyati
Har bir davrda jamiyat taraqqiyoti madaniyatsiz, ma’naviyatsiz amalga oshmaydi, doimo insoniyat m a’naviy bilimga, dunyoni bilishga, ilm olishga, o‘zligini anglash uchun hayotni tushunishga ehtiyoj sezadi. Tevarak-atrof, voqea va hodisalar, ularning mohiyati, mazmuni, maqsadi, ijtimoiy-siyosiy voqealar, ularning asl mazmuni, maqsadi, foyda va zarari haqida bilim beruvchi, kishilarni ezgulikka, yaxshilikka chaqiruvchi, ruhiy ozuqa beruvchi adabiyotlar haqida tezkorlik bilan, maqsadga mos holda m a’- lumot beruvchi ikkinchi darajali hujjatlar — bibliografik mah12 sulotlardir. Turli xil yo‘nalishda tuzilgan bibliografiyalarning ahamiyati quyidagilarda ko‘rinadi:
1. Bibliografiya undan oldingi davrda yaratilgan madaniy boyliklarimiz, kitobatchilik, nashriyotchilik ishi tarixi haqida, rivoji haqida m a’lumot beradi.
2. Adabiyotlarning mazmuni, maqsadi, undagi asosiy masalalar, muammolar bilan tanishtiradi.
3. Kitobxon uchun yangi m a’lumot beradi.
4. Kitobxonga o‘qish uchun eng zarur adabiyotlami tavsiya qiladi.
5. Kitobxonga adabiyot tanlashda yordam beradi.
6. Adabiyot tavsiya etadi.
7. Jamiyat hayotida faol ishtirok etishga, biror-bir sohada muvaffaqiyatlarga erishishda turtki bo‘ladi.
8. Shaxsiy hayotida o‘zgarishlar bo‘lishi uchun zamin yaratadi.
9. Kitobxonda o ‘qish madaniyatini, axborot bilan ishlash madaniyatini tarbiyalaydi.
10. Ilmiy-tadqiqot ishlari, tarixni o ‘rganish uchun muhim manba bo‘lib qoladi.

Kutubxona xodimlari, bibliograflar uchun professional bilimlar „Kutubxonachi m a’lumotnomasi“da berilgan. Birinchi marta „Kutubxonachi m a’lumotnomasi“ 1930- yilda nashr etilgan. 1985- yilda Moskvada nashr etilgan „Kutubxonachi ma’lumotnomasi" birinchi mukammal qo‘llanma bo‘lib, unda katta mutaxassislar jam oasi tom onidan tayyorlangan axborot va tavsiyalar mavjud.


M a’lumotnoma o‘z oldiga kutubxona ishini tashkil etish haqidagi sistemalashtirilgan m a’lumotlar tizimini berishni maqsad qilib qo‘ygan. M a’lumotnoma 15 ta bo‘limdan iborat bo‘lib, ma’lumotlar mavzular bo‘yicha ichki alifbo tartibida joylashgan. Boiimlar so‘ngida tavsiya qilingan adabiyotlar ro‘yxati berilgan. „Kitob savdosi xizmatchilari lug‘at-m a’lumotnomasi“ Moskvada 1981-yili nashr etilgan. U bibliografik m a’lumotlarga boy bo‘lib, kitob savdosi, bibliografik faoliyat bilan shug‘ullanuvchilarga moijallangan.
Masalan: 1964- yilgi ,,0 ‘zbekistonning yirik kutubxonalari“, 1970-yilgi ,,0 ‘zbekistonning texnika kutubxonalari“, 1982-yilgi „Toshkent shahar kutubxonalari", 2006- yilgi Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi ilmiy-uslubiy boiim ining ,,0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy o ‘quv yurtlari kutubxonalari" ko‘rsatkichlarida har bir kutubxona haqida axborot, uning tuzilishi, asosiy vazifalari, manzili ko‘rsatilgan. 1958-yili birinchi marta E. 1. Shamurinning „Kitobshunoslik atamalari lug^ati" nashr etilib, unda 4500 ta kutubxonachilik, kitobshunoslik, bibliografiya ishi, adabiyotshunoslik, poligrafiya, nashriyot ishiga oid tushunchalar izohi berilgan. 1968-yil' K. R. Simonning „Bibliografiya: Asosiy tushuncha va atamalar" izohli lug'ati, 1976-yil kutubxonachilik ishi sohasidagi terminologik — „Kutubxonachilik terminlari lug‘ati“ nashr etildi. Ushbu lugkat kutubxona xodimlari, kutubxonashunoslar, oliy va o ‘rta maxsus bilim yurtlarining talaba va o ‘quvchilariga moijallangan. Lug‘atda 500 dan ortiq tushunchalar berilgan: kutubxona, kutubxona ishi, kutubxonashunoslik, kutubxona ishini tashkil etish, kutubxona jam g‘armalari va kataloglari, kitobxonlar bilan ishlash, xizmat ko‘rsatish, kutubxona ishiga rahbarlik qilish, boshqarish kabi masalalar qamrab olingan. Tushunchalar alifbo tartibida joylashtirilgan. Tushunchalar tizimini aks ettirish va 34 lug'atdan foydalanishni yengillashtirish maqsadida lug‘at uyasini (gnezdo) qidirib topish tizimi qollanilgan. Lug‘at mavzuli ro‘yxat bilan ta ’minlangan. 10 yildan so‘ng lug‘atning to‘ldirilgan, qayta ishlangan 2- nashri „Kutubxona ishi. Terminologik lug‘at“ nomi bilan chiqdi. Bunda leksikografiyaning va terminologiya fanining zamonaviy yutuqlaridan foydalanilgan. Nashrga 200 ta yangi terminlar qo‘shilgan. Lug‘at bibliografik, ilmiy-axborot, nashriyot faoliyatiga oid tushunchalar kiritilishi natijasida kengaygan.
Tushunchalarga aniq sharhlar berilgan, so‘zlarning sinonimlari ham keltirilgan. Qidirish tizimi kengaytirilgan, 400 ta nomdan iborat adabiyotlar ro‘yxati berilgan. 0 ‘zbekistonda ham bu sohada ayrim ishlar amalga oshirilgan. 1970-yili A. Qosimova, Y. Qodirovalarning „Kutubxona ishi va bibliografiya bo‘yicha qisqacha izohli terminlar lug‘ati" nomli kichik hajmda bo‘lsa-da, birinchi ishi nashrdan chiqdi. Unda 400 ga yaqin so‘zlar izohi berilgan. 1983-yili TDM I jamoatchiligi H. Abdurahmonov, N. Mahmudov, R. Shukurovlar muallifligida „Madaniyat xodimlari uchun qisqa izohli lug‘at“ , 1990- yil N. Mahmudov, B. Karimov, I. Yoldoshev, N. Abdug‘afforov tuzuvchiligida ,,Madaniy-m a’naviy ishlar" nomi bilan lug‘at nashr etildi. Bu lug‘atlarda kutubxonachilik va bibliografik atamalar uncha kokp berilmagan, madaniyat, m a’rifat sohasidagi atamalarga ko‘proq o‘rin berilgan.
Aynan mana shu ishlar keyinchalik shu sohada yirik ilmiy-tadqiqot ishining yuzaga chiqishiga sabab bokldi. 1987- yili I. YoMdoshev ,,Olzbek tilining kutubxonachilikbibliografik atamashunosligi" mavzusida nomzodlik, 2004- yili ,,Okzbek kitobatchiligi terminologiyasining shakllanishi" mavzusida doktorlik ilmiy ishini himoya qildi. Respublikamizda kutubxonachilik ishi va bibliografiya sohasida davlat standartlari ishlab chiqilmagan. Shu munosabat bilan TDMI o lqituvchilari Z. N e’matova, Sh. Shamsiyev, E. Islomovlar tomonidan 2000- yilda „Kutubxonachilik va bibliografiya atamalarining izohli lugkati“ nashr etildi. Uni yaratishda rus tilida avval mavjud bolgan lug‘atlar tanqidiy okrganib chiqilgan va foydalanilgan. Ba’zi tushunchalar xalqaro so‘z boklganligi va shu sohada keng qollanilayotgani uchun o ‘z holicha qoldirilgan. Masalan, katalog, kartoteka, indeks kabi. Ko‘pgina so‘zlar imkon qadar o‘zbekchalashtirilgan
Shaxs biobibliografik m a’lumotnoma xarakteridagi A. Kormilitsinning „Библиотековеды и библиографы Узбекистана. Очерки и воспом инания44 nomli asari 2005-yili Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan nashr etildi. Bu aynan shu sohada yaratilgan birinchi ish sifatida juda katta ahamiyatga ega. Respublikamizda ko‘zga ko‘ringan kitobshunos hamda kutubxonashunos olim Aleksandr Ivanovich Kormilitsinning bu ishida XX asrda va XXI asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan Okzbekistonning yirik kutubxonashunos va bibliograf olimlari hayoti va ijodi haqida to liq axborot beriladi. Ayrim hamkasblarimiz to ‘g‘risida matbuotda deyarli ma’lumotlar berilmagan edi. Ish esa ana shunday m a’lumotlarni umumlashtirgan, yangilagan. Dastlab olim kutubxonachilik kasbi, uning tarixi, shakllanishi, bibliograflik kasbi haqida, Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati haqida ma’lumotlar bergan. Jami 40 ta kutubxonashunos va bibliograflar haqidagi ma’lumotlar ular ishlagan kutubxonalar bo‘yicha sistemalashtirilgan.
M a’lumotnomalar — (spravochniklar) turli xil m a’lumotlarni aks ettiradi va mazmuniga, maqsadiga va kitobxonlik guruhiga ko‘ra ajratiladi. Bilim sohasining turlari bo‘yicha ko‘plab muammo va masalalarga oid m a’lumotnomalar nashr etiladi. Biografik xarakterda ham spravochniklar mavjud. Turli ishchi mutaxassisliklari bo‘yicha ishlab chiqarish masalalariga oid, fan tarm oqlariga .oid m a’lum otnom alar m a’lum bir tizim da joylashtirilgan holda nashr etiladi. Kutubxonachi xodimlar uchun nashr etilgan „Kutubxona-bibliografik jadval“ ham (awal ommaviy, bolalar, ilmiy kutubxona xodimlari uchun alohida rus tilida nashr etilgan edi) maxsus m a’lumotnoma nashr hisoblanadi. Keng kitobxonlar ommasi uchun universal mazmunda yoki amaliy xarakterda ham m a’lumotnomalar nashr etilgan. A. Kormilitsinning ,,0 ‘zbekistonning mashhur kutubxonashunos va bibliograflari“ nomli biobibliografik xarakterdagi m a’lumotnomasi kutubxona xodimlari, talabalar, professor-o‘qituvchilar uchun tayyorlangan.
Taqvimlar kitobxonlarni shu yilda yoki yaqin vaqt oralig‘ida 37 nishonlanadigan eng muhim voqealar, sanalar, ular tarixi, mazmuni, ahamiyati bilan tanishtiradi. Bunday taqvimlar, asosan, yirik markaziy tashkilotlar tomonidan nashr etiladi. Masalan, Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi respublika kutubxonalari uchun har yili keyingi yilda nishonlanishi mo‘ljallangan voqealar, sanalar, bayramlar, turli xil tadbirlarning taqvimini tuzadi. Unda tadbirlarning qisqacha tarixi sanalar bo‘yicha to ‘g‘ri xronologik tartibda beriladi, ularning mazmuni, shu kun uchun ahamiyati haqida axborot olish mumkin.
Yo‘l ko‘rsatkichlari (путеводители) muzeylar, ko‘rgazma zallari, yirik shaharlar, mashhur kishilar hayoti va ijodi bilan bog‘liq tarixiy joylarga moljallangan boladi. Bular mazmunmohiyatiga ko‘ra o‘quv adabiyotlariga qo‘shimcha adabiyot sifatida ahamiyatga ega. Ular ham matnli va ham illustratsiyali bo‘lib, kitobxonga o‘sha joy yoki tashkilot haqida to‘la ma’lumot berishda qimmatli manba. Nashrlarni matn tarkibi va tuzilishiga ko‘ra ham turlarga ajratib o‘rganiladi. Ular kichik nashrlar (моноиздание), to‘plamlar, tanlangan asarlar, asarlar to‘plamlari.
Mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari ishiga alohida e’tibor bilan qaraladi, chunki ayni shu to‘rtinchi hokimiyat deb yuritiluvchi vositalar ommani dunyo miqyosidagi va mamlakatimiz ichidagi siyosiy ahvol, madaniy-ma’rifiy yangiliklar, voqealar, fan, texnika taraqqiyoti, kashfiyot va ixtirolar bilan tanishtiradi, kishilarni ularda faol ishtirok etishga jalb qiladi, badiiy, estetik didining shakllanishiga yordam beradi. Vaqtli matbuot nashrlari ommaviy axborot vositalari va, umuman, axborot resurslari orasida alohida o ‘rin tutadi. Mamlakatimizda 120 dan ortiq nomda o‘zbek, qozoq, tojik, rus tillarida gazeta va jurnallar turli yoshdagi iste’molchilarga mo‘ljallanib nashr etiladi. Nashrning har bir chiqishida uning nomi, qachondan boshlab chiqa boshlagani, sanasi, tartib raqami, ta ’sischi tashkilot nomi, muharrir ism-sharifi, bosishga ruxsat etilgan sana, har bir chiqish soni uchun javobgar shaxs, nashrning indeks raqami,
Bibliografik mahsulotlar Rasmiy hujjatli bibliografik axborot bo'lib, bir vaqtning o lzida uni tayyorlash jarayonining natijasi va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish vositasidir. Bibliografik mahsulot tushunchasi negizida minglab bibliografik yozuvlarni aks ettiruvchi bibliografik qollanm alar yotadi. Bibliografik mahsulotlar tizimini yaratish va bibliografik so‘roqlarni bajarish kutubxonalar faoliyatining an’anaviy yo‘nalishlaridan biri. Bibliografik qoMlanmalaming turlari Д Ц IV BOB. AXBOROT - BIBLIOGRAFIYA RESURSLARI 52 I bibliografik ko‘rsatkichlar, bibliografik ro‘yxatlar va bibliografik sharhlardir. Bibliografik xizmat kokrsatish kundalik va retrospektiv ko‘rsatkichlar, referativ jurnallar, bibliografik va axborot ma’lumotlar bazasi, monografiya va dissertatsiyalarga tuzilayotgan adabiyotlar ro‘yxatlariga asoslanadi. Bibliografik ko‘rsatkich!ar — m urakkab tuzilishga va m a ’lu m o t-q id iru v ap p aratig a ega b o ‘lgan bibliografik qoilanm alardir. U tor, aniq mavzuni, masalani yoki keng, atroflicha muammoni, bilim sohasiga baglshlangan hujjatlarni, boshqa materiallar haqidagi m a’lumotni aks ettiradi. Ko‘rsatkichlar bir qancha boiim lardan iborat bo‘ladi. Bo‘limlardagi bibliografik yozuvlar m a’lumi bir tartibda joylashtiriladi. Ko‘rsatkichlar o ‘ziga xos m a’lumot-qidiruv apparatiga ega: kirish so‘zi, so‘zboshi, mundarija va yordamchi apparatlar. Bibliografik ko‘rsatkichlarning shakllari bosma kataloglar, nashriyotlarning yillik mavzuli rejalari, nashriyot kataloglari, bibliografik bulletenlar, Kitob palatasining yilnom alari, biobibliografik ko‘rsatkichlar. Ular uchun 3 ta tarkibiy element xarakterlidir: biografik m a’lumot, muallif asarlarining va asarlari nashrlarining tavsiflari, hayoti va ijodiga oid adabiyotlar ro‘yxati. Ko‘rsatkichning yana bir turi jurnallar va badiiy asarlar sarlavhalarining ko‘rsatkichlari.
Bibliografik ro‘yxat — oddiy tuzilishga ega bo‘lgan bibliografik qo‘llanma. U qoidaga ko‘ra tor mavzu yoki muammoga oid, hajmiga ko‘ra uncha katta bolm agan, tuzilishiga ko‘ra soddaroq materiallarning bibliografik yozuvlariga, ya’ni m a’lumot-qidiruv apparatiga ega bo‘lmagan qoMlanma. Ulardan ko‘p qollaniladigani kitobxonlarga eslatmalar, kitob ichi, jurnal ichi, maqolaga berilgan, gazeta ichida berilgan ro‘yxatlar. Kitob ichi bibliografik rokyxatlar bir mavzuga oid ilova qilingan mustaqil rokyxat. Masalan, ilmiy asarlarda muallifning asarlari rokyxati, o‘quv va ishlab chiqarishga oid adabiyotlarda shu mavzuga oid boshqa mualliflarning asarlari ro‘yxati, kitoblarda mavzuga oid foydalanilgan, fikrlar olingan, esga olingan adabiyotlar ro‘yxati beriladi. Matn ichida adabiyotlarga yo‘llanma (ssilka) ham beriladi, bular sahifaning pastida asosiy matndan so'ng yoki boklim va boblar oxirida ham beriladi. Jurnal ichi bibliografik rokyxatlari mustaqil material sifatida jurnalda nashr etiladi. Ko‘pgina jurnallarda alohida maxsus sahifalarda yangi adabiyotlar, taqrizlar, yil davomida jurnal sahifalarida nashr qilingan 53 maqolalar ro‘yxati nashr etiladi. Masalan, „Sharq yulduzi“, „Tafakkur14, ,,0 4zbek tili va adabiyoti“, ,,Olzbekiston matbuoti44 jurnallari oxirgi sonida yil davomida nashr qilingan maqolalar yo‘nalishiga ko4ra yoki xronologik tartibda beriladi. „Adabiy meros44 to‘plami esa 10 yil davomida to‘plamda nashr qilingan maqolalarning muammo yoki masalalarga sistemalashtirgan holda ro‘yxatini berib boradi. „Biblioteka44, „Библиотековедение44, „Мир библиографии44 jurnallarida ham maxsus sohaga oid yangi adabiyotlar ro4yxati berib boriladi. Ilmiy va ilmiyom m abop ju rn allard a, ilmiy to 4plam larda nashr etilgan maqolalar so4ngida mavzu bolyicha foydalanilgan, eslatib o'tilgan yoki bosmadan chiqqan yangi nashrlar haqida ro4yxat ilova qilinadi. Bular maqolaga berilgan ro4yxatlar deb yuritiladi. Gazeta ichi ro4yxatlari gazetadagi mustaqil adabiyotlar ro4yxatidir. Respublika, viloyat gazetalarida „Yangi kitoblar44, „Kitoblar orasida44, „Kitoblar olamida44, „Kitob tokchasi yonida44 kabi sarlavhalar ostida adabiyotlar ro4yxati berib boriladi.

FO YD ALAN I LG AN ADABIYOTLAR


1. Karimov I. A. Barkamol avlod — 0 ‘zbekiston taraqqiyotining
poydevori. — Т., 1997.
2. Karimov I. A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot — pirovard
maqsadimiz. Asarlar. — Т.: ,,Okzbekiston“, 2000.
3. Karimov I. A. Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. —
10-jild. — Т.: ,,0 ‘zbekiston“, 2000.
4. Milliy istiqlol g‘oyasi. — Т.: ,,0 ‘zbekiston“, 2001.
5. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi/ / Barkamol avlod — 0 ‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. — Т., 1987.
6. Axborotlashtirish to‘g‘risida 0 ‘zbekiston Respublikasi Qonuni:
1993- yil 7- mayda qabul qilingan// „Xalq so‘zi“, 1993.
7. 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 12-
apreldagi 123-sonli „Alisher Navoiy nomli 0 ‘zbekiston Milliy
kutubxonasini tashkil etish to‘g‘risida“gi qarori / / „Xalq so‘zi“.
2002.
8. Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil
etish to‘g‘risida 0 ‘zbekiston Prezidenti qarori/ / „Xalq so‘zi“,
2006.
9. Mamatraimova H. Bibliografiya / / 0 ‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2-jild. — Т., 2001.
10. Mamatraimova H. Bibliografiyashunoslik//o‘shajoyda.
11. Mamatraimova H. Davlat bibliografiyasi / / o‘sha joyda. — 3-jild. —
Т., 2002.
12. Turopov М. М., Mamatraimova H., Lyapustina N. 0 ‘zbekiston
retrospektiv bibliografiyasi: o‘quv qollanma. — Т., 1995.
13. Земсков А. И., Шрайберг Ю. JI. Электронные библиотеки:
Учебное пособие — М., 2001.
14. Rahmatullayev М. A. va boshq. Avtomatlashtirilgan kutubxona:
o‘quv qokll./ M. Rahmatullayev, A. O. Umarov, U. F. Karimov,
A. Sh. Muhammadiyev. — Т., 2003.
15. Рахматуллаев М. Д. Информационные технологии в
библиотеках: метод, пособие. — Т., 2003.
16. Справочник библиографа. 2- ое изд. перераб.и доп. — СанктПетербург, 2003.
17. Туропов М. М. Развитие библиографического дела в
Узбекистане (1852— 1970 гг).— Т.: ,,Fan“, 1983.
18. UNI MARC: Вводный курс / Пер. с англ. — М., 1995.
Download 99,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish