3-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologiya muammolari. Reja



Download 92,67 Kb.
bet1/40
Sana16.01.2022
Hajmi92,67 Kb.
#372325
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
3-mavzu


3-MAVZU. ILMIY MAKTAB, METOD VA METODOLOGIYA MUAMMOLARI.
Reja
3.1.Ilmiy maktab va uning rivojlanish tendensiyalari.

3.2.Metodlarning tasnifi.

3.3.Iqtisodiyot ilmiy maktablari va ularning mashhur namoyondalari

3.4. Sinergetika umumilmiy metod sifatida.


3.1. Ilmiy maktab va uning rivojlanish tendensiyalari

Fan o‘zining ijtimoiy vazifalarini bajarish, shu orqali jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishi uchun ma’lum strukturaga ega bo‘lishi, uning strukturasiga kirgan tuzilmalar samarali faoliyat ko‘rsatishlari kerak. Shunday strukturalar qatoriga ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ilmiy-texnik ta’minot bo‘limlari, ilmiy axborot kommunikasiyalari va boshqalar kiradi.

Shu bilan birga, yana bir muhim omilni inobatga olishimiz zarur. Ya’ni, fan ma’lum ijtimoiy muhitda rivojlanadi. Bu yerda birinchi navbatda davlatni fanga nisbatan olib borayotgan siyosati, yaratilayotgan sharoitlar, moddiy va ma’naviy ta’minot darajasi ko‘zda tutilmoqda. Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy islohatlar amalga oshirilayotgan sharoitida Respublika Prezidenti, davlat organlari tomonidan fanning tashkiliy strukturasi, oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi qanchalik zamon talabiga javob berishiga qarab ularni takomillashtirishga qaratilgan farmonlar va qarorlar qabul qilinmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 16 fevraldagi PF-4958-son Farmoniga asosan mamlakatimizda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning uch yilga mo‘ljallangan ikki bosqichli tizimga o‘tishi joriy qilindi. Ushbu Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 22 maydagi № 304-son qarori bilan «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari», «Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida» Nizom tasdiqlandi. 2017 yil 1 iyuldan boshlab Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim quyidagi shakllarda amalga oshirilmoqda:


  • tayanch doktorantura;

  • doktorantura;

  • mustaqil izlanuvchilik.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi № 304-son qarorini so‘zsiz bajarish to‘g‘risida tasarrufida oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim instituti mavjud bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlarning buyruqlari qabul qilinib, ilmiy kengashlarda mazkur qarorning mazmun-mohiyati muhokamasi o‘tkazildi.

Shuningdek, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim bo‘yicha qabul qilingan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati bilan tanishtirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar “Tarmoq grafigi” vazirliklar, idora va tashkilotlar bilan kelishilib, Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan 2017 yil 7 iyulda tasdiqlandi.

Fanlar akademiyasi, Sog‘liqni saqlash, Oliy va o‘rta maxsus, Xalq ta’limi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, shuningdek, boshqa vazirlik va idoralar tasarrufiga kiruvchi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida Fan va texnologiyalar agentligi hamda Oliy attestatsiya komissiyasi bilan hamkorlikda “Tarmoq grafigi” bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlarida OTMning ilmiy ishlar bo‘yicha prorektorlari, ITM ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari, doktorantura bo‘limi boshliqlari, shuningdek, 1000 dan ortiq doktorantlar, ularning ilmiy rahbarlari va maslahatchilari ishtirok etishdi. Tadbirda berilgan savol-javoblardan doktorantlar ularning ilmiy rahbarlari va maslahatchilari tegishli xulosalar qilishdi.

Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida tashkil etilgan komissiyalar tomonidan doktorantlarning faoliyati tanqidiy ravishda ko‘rib chiqildi, “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limga qo‘yiladigan davlat talablari”ga asosan falsafa doktori (PhD) va fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajalarini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishlaridan muhim ijtimoiy-iqtisodiy va dolzarb ilmiy-amaliy muammolar hal etilishi yoki ilm-fan tegishli tarmog‘ining istiqbolli yo‘nalishini rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan yangi nazariy qoidalar kompleksini yoki joriy etilishi ilm-fan, texnikaning, ijtimoiy-siyosiy sohaning yoki iqtisodiyot tarmog‘ining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shadigan yechimlar ishlab chiqishga mo‘ljallanganlari saralab olindi.

Natijada jami 1405 ta doktorantlar tegishli institularga o‘tkazildi, shundan: 1096 tasi tayanch doktoranturaga, 309 tasi doktoranturaga rasmiylashtirildi. Mazkur doktorantlarning doktorlik dissertatsiyalari mavzulari, ixtisoslik yo‘nalishlari, ilmiy rahbar va konsultantlari to‘g‘risida Fan va texnologiyalar agentligining ma’lumotlar bazasiga kiritish tavsiya etildi va Agentlikning internet sahifasida e’lon qilinishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Fan va texnologiyalar agentligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida hamda “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, 2017 yilda oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutida 1 bosqichda ta’lim oluvchi tayanch doktorantlar va doktorantlarning soni (Kvota)ni hamda ularga davlat byudjetidan ajratiladigan moliyaviy mablag‘ miqdorini rejalashtirish jarayoni yakunlandi.

Fan va texnologiyalar agentligi 2018 yilda 1 bosqichga tayanch doktorantura va doktoranturaga o‘qishga qabul rejasini O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va Moliya vazirliklarida o‘rganish jarayonida fan va texnologiyalarning mamlakat iqtisodiyotining ehtiyoji, har bir fan tarmog‘i rivojlanishining istiqboli hamda 2014, 2015, 2016 yillardagi mutaxassisliklarga talablar asosida tahlil qilindi, natijada 997 o‘rinni ma’qullashdi.

Kelishilgan 997 ta o‘rindan 79 % i fizika, matematik tahlil, kimyo, biologiya, texnika fanlari, qishloq xo‘jaligi, tibbiyot yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Joriy yilning 15 sentyabridan 15 oktyabriga qadar tayanch doktorantura va doktoranturaga hujjatlar topshirilishi yakunlandi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari ixtisoslik va chet tilidan topshiriladi.

Talabgorlarda IELTS (o‘rtacha balli 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo‘lmagan), CEFR (B2 daraja) bo‘yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro kvalifikatsion sertifikatlar mavjud bo‘lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.

Doktoranturada o‘qish uchun kirayotgan talabgorlar mutaxassislik bo‘yicha Kollegial organ tomonidan suhbatdan o‘tkaziladi.

Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari va doktoranturaga suhbat har yili 1 - 25 noyabr muddatida bo‘lib o‘tadi.

Tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kiruvchi talabgorlarning kirish imtihonlari, suhbat natijalaridan va ajratilgan qabul kvotasidan kelib chiqib, Qabul komissiyasi va Kollegial organ tomonidan 30 noyabrgacha bo‘lgan muddatda qabul qilinganlarni tanlaydi.

Bir necha talabgorlarning tayanch doktoranturaga va doktoranturaga kirish imtihonlari yoki suhbat natijalari bo‘yicha ular tomonidan to‘plangan yakuniy ballar teng bo‘lgan taqdirda, quyidagi talabgorlarga:


  1. tayanch doktoranturaga:

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari sohiblariga;

  • tegishli mutaxassislik bo‘yicha imtiyozli magistr diplomiga ega bo‘lganlarga;

  • ixtiroga yoki seleksiya yutug‘iga (shu jumladan, hammualliflikda) patentga ega bo‘lganlarga.




  1. doktoranturaga:

  • besh yildan ortiq ilmiy-pedagogik stajga egalarga;

  • ixtiroga yoki patentga ega bo‘lganlarga;

  • monografiya chop etilganligi (ijtimoiy-gumanitar fanlari uchun), ilmiy maqolalarning soni OAK ro‘yxati bo‘yicha ko‘pligiga, shuningdek, xorijiy jurnallarda chop etilgan maqolalar talabgorning tanlagan dissertatsiya mavzusiga bevosita aloqador bo‘lishligiga;

  • dissertatsiya tadqiqotining 50% bajarilganligiga ustunlik beriladi.

Tayanch doktorantlar va doktorantlarni o‘qishga qabul qilish, ularning tasdiqlangan mavzulari, ilmiy rahbarlari va ilmiy konsultantlari to‘g‘risidagi ma’lumot tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan har yili 15 dekabrgacha bo‘lgan muddatda O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligiga hamda Oliy attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Shuningdek, tasdiqlangan dissertatsiya mavzulari O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligining ma’lumotlar bazasiga kiritiladi, hamda Oliy attestatsiya komissiyasining ro‘yxatidan o‘tkazilib «OAK Byulleteni» jurnalida chop etiladi.

O‘qishga qabul qilingan kundan boshlab: tayanch doktorantga stajyor-tadqiqotchi lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi; doktorantga – fan nomzodi ilmiy darajasiga ega (ilmiy unvonga ega bo‘lmagan) katta ilmiy xodim lavozim maoshining bazaviy miqdoriga tenglashtirilgan miqdorda stipendiya to‘lanadi.

Tayanch doktorant va doktorantlarning o‘qish muddati ular ishining umumiy stajiga qo‘shiladi.

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni tugatganlar qayta tayanch doktoranturaga va doktoranturaga qabul qilinmaydi.1

Mamlakatimizda fan va ilmiy-texnikaviy rivojlanishni yangi bosqichga ko‘tarishdagi roli va ahamiyati beqiyos ekanligini ta’kidlamoqchimiz.

Fanning tashkiliy strukturasini shakllanishida ichki omillar va jarayonlar katta rol o‘ynaydi. Uning strukturasida ilmiy intellektual faoliyat sohasidagi mehnat taqsimoti o‘z ifodasini topadi. Xususan, bir sohada amaliy - loyihaviy va texnologik muammolar birinchi o‘rinda turadi. Shunga muvofiq ilmiy-amaliy va texnologiyaga oid izlanishlar loyihaviy tadqiqot institutlarida, yirik korxonalar tasarrufida bo‘lib laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Fanlar Akademiyasi va universitetlarda ko‘proq fundamental nazariy tadqiqotlar olib boriladi. Bunday tarmoqlanish va sohaviy ixtisoslanish ilmiy tadqiqotlar samaradorligini keskin oshirish imkoniyatini beradi.

Fanning tashkiliy strukturasiga tarixan yondashsa, unda Platon akademiyasi, Aristotel liseoni, Aleksandriya shahridagi Muzeon (mill.avval. III asrda asos solingan), Ma’mun akademiyasi, Mirzo Ulug‘bek akademiyasi, XVII asrdan boshlab Yevropada vujudga kelgan akademiyalar va universitetlardagi bo‘limlar, laboratoriyalarni qayd qilish mumkin.

Aytib o‘tganimizdek, fanning tashkiliy strukturasi bilan olib borilayotgan tadqiqotlarning shakli va turlari o‘rtasida aloqadorlik mavjud. Oliy o‘quv yurtlarda tadqiqot yo‘nalishi va mavzularni tanlash, izlanishlarni olib borish, olingan natijalarni birlamchi baholash kafedralarda, ularga qarashli laboratoriyada amalga oshiriladi. Sohaviy fundamental va maqsadli kompleks ilmiy tadqiqotlar Fanlar akademiyasi, ilmiy-tadqiqot institutlarda olib boriladi. Yirik korporasiya va firmalar qoshida mavjud bo‘lgan ilmiy-texnik bo‘limlarda asosan eksperimental – texnologik izlanishlar amalga oshiriladi. Shunga ko‘ra, fanning tashkiliy strukturasi quyidagi institusional tuzilmalarda o‘ziga xos tarzda mujassamlangan:



  1. Fanlar akademiyasi, undagi institutlar, bo‘limlar va sektorlar;

  2. Universitet fani;

  3. Ilmiy-tadqiqot institutlari;

  4. Yirik korxona va firmalarda mavjud bo‘lgan ilmiy-texnik bo‘limlar, laboratoriyalar;

  5. Tarmoqlararo ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, korxonalari.

Shunday qilib, hozirgi zamon fan ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil qiladigan, ichki mehnat taqsimotiga ega bo‘lgan, buyurtma, moliyaviy ta’minot va grantlardan foydalanib bilimlar, loyihalar va texnologik tuzilmalarni ishlab chiqaradigan, o‘z-o‘zini boshqarish va mehnatni tashkil qilish qonun-qoidalarga ega bo‘lgan ijtimoiy institutdir.


Download 92,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish