Reja: Shaxs psixologiyasi



Download 20,24 Kb.
Sana19.06.2021
Hajmi20,24 Kb.
#70549
Bog'liq
1-seminar. Psixologiya


1-seminar

Reja:


1. Shaxs psixologiyasi

2. Shaxsni izohlashdagi o'ziga xosliklar

3. Shaxs metodologiyasining nazariy yondashuvlari va uni o'rganish metodlari

1. Bizning jamiyatimizda shaxsga beriladigan tavsifnoma uning rivojlangan jamiyat qurish jarayoniga bo`lgan munosabati va bu jarayonda real qatnashishi bilan belgilanadi. Odamning psixik holatlarini o`zgarishi tashqi muhitga va ijtimoiy tarbiyaga bog`liqdir. Shaxsning nisbatan barqaror va nisbatan o`zgaruvchan xususiyatlari shaxs xislatlarining bir butunligi va o`zaro bog`liqligidan iborat bo`lgan murakkab birlikni, ya`ni dinamik tuzilishni hosil qiladi.

Shaxsni psixologik jihatdan o`rganish o`z tarkibiga ikki asosiy ilmiy masalani hal qilishni oladi:

1. Har bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishini aniqlash. Bu xulq - atvorni oldindan ko`ra olish imkonini beradi.

2. Inson shaxs tuzilishining bir necha qismlarini ajratib ko`rsatishni talab etadi. Bu qismlarning yig`indisi inson shaxsini hosil qiladi. Hozirgi zamon chet el psixologiyasida ikkita omil, ya`ni biologik va ijtimoiy omillarning ta`siri bilan tarkib topgan inson shaxsida ikkita asosiy qismlarni ajratuvchi nazariya ko`zga ko`rinarli o`rinni egallamoqda. Inson shaxsi “Endopsixik” (ichki) va “Ekzopsixik” (tashqi ) a`zolariga bo`linadi, degan fikr ilgari surilgan edi. Tabiiy asosga ega bo`lgan “endopsixika” biologik shart - sharoitlarga bog`liq, “ekzopsixika” ijtimoiy omillarga bog`liqdir. Ikkala omil nazariyasining xatoligi shundaki, bu nazariya ijtimoiy omil bilan biologik omilni, muhit bilan biologik tuzilishni, “ekzopsixika” bilan “endopsixika” ni mexanik ravishda bir - biriga qarama - qarshi qilib qo`yadi. Biroq shaxsning tarkib topishi, tuzilishiga ta`sir qiluvchi tabiiy va ijtimoiy omillar masalasiga yondoshishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, shunday tadqiqot o`tkazilgan: tadqiqotda bo`yi 80 - 130 sm. dan oshmaydigan kishilar shaxsining tuzilishida ko`p jihatdan o`xshashlik borligi aniqlangan. Ularda bolalarcha soddalik, yuksak chidamlilikni, uyat degan narsaning yo`qligini ko`rish mumkin ekan.

2. Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsni ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo’lmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o’zlashtiradi, o’zi uchun o’zgartiradi - bu jarayon davomida o’zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi uning o’zi hayot uchun yo’l tanlashida, bu yo’lni egallashida, hayotda o’z mavqei va o’rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan bir xil baho turli o’quvchilarga turlicha ta’sir qiladi.



  • 3. Shaxs haqidagi an’anaviy nazariyalar orasida FREYDIZM nazariyasi alohida o’ringa ega. Z.Freyd turli xil kasalliklarni (asosan nevroz bilan bog’liq bo’lgan) tahlil qilish natijasida bu kasalliklarning sabablari kasalning hayotida oldin ro’y bergan va uning psixika (ruhiyati)ga yoki rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatgan voqealar degan xulosaga keldi. Bu ta’sirlar ko’pincha odamlar tomonidan unitiladi va anglanmaydi, ammo ular kishilarning xulq-atvorlariga ta’sir qilishda davom etadilar, ba’zida xulq-atvorda buzilishga olib keladilar. Z.Freyd turli xil psixoterapevtik usullar yordamida ularni topish va ularni anglashga yordam berish samarali davolash usuli ekanligini aniqladi. Izlanishlar natijasida Z.Freyd odamning psixik hayotida uch darajani ajratdi: ongsizlik, ong osti (ong oldi) va ong.

  • ONGSIZLIK - instinktiv harakatlarning asosi. Ular orasida, ayniqsa, jamiyat tomonidan ta’qiqlanganligi sababli anglanmaydigan bo’lib qolgan jinsiy mayllar (libido) alohida o’rin tutadi.

  • ONG OLDI - uning mazmunini kishi qiynalmay anglaydi.

  • ONG - ijtimoiy me’yorlar, man qilinishlar (tabu). Ong doimo ongsizlik bilan kelishmovchilikda. Turli xildagi jinsiy va boshqa mayllarni yuzaga chiqarmaslikka harakat qiladi.

SHAXS HAQIDAGI ENG YANGI NAZARIYALAR


  • Psixologiyada yangi nazariyalarning salmog’i juda katta. Erik Bern (1902-1970) shaxsni rivojlantirishning amaliy va nazariy asosi sifatida xizmat qilishga yo’naltirilgan "transakt tahlil" nazariyasini taklif qildi. Erik Fromm (1900-1980) gumanistik psixoanalizga asos soldi. Djordj Gerbert Mid (1863-1931) simvolik kommunikatsiyaning interaktsionistik nazariyasini ishlab chiqdi. Karl Leongard "Shaxs aktsentuatsiyalari" nazariyasiga asos soldi.

  • Keyingi yillarda Aleksandr Kellining (1905-1966) "Shaxs konstruktlari" nazariyasi juda keng tarqaldi va qo’llanilmoqda. Bu nazariyaga asosan shaxsning bilish jarayonlarining kechishi uning kelajakdagi hodisalarni qanday "ko’ra olishi" (oldindan modellashtirishi, tasavvur qilishi) bilan aniqlanadi. A. Kellining fikricha har bir odam tadqiqotchi. U doimo o’zidagi "shaxs konstruktlari", o’zining maxsus baholash shkalalari asosida reallikning obrazini tuzadi (hosil qiladi). Agar tuzilgan obraz haqiqatdan farq qilsa, to’g’ri kelmasa mavjud konstruktlar qayta quriladi. Barcha bilish jarayonlarining samaradorligi, muvaffaqiyatli konstruktlar qurish kishining psixologik bilim darajasiga bog’liq.


Download 20,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish