2-kurs 208- guruh nurqobilova sabohatning devitasiya konsepsiyalari


Tushuntirish tipi Nazariya Muallif Asosiy g’oya



Download 2,22 Mb.
bet8/11
Sana28.04.2022
Hajmi2,22 Mb.
#586208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
deviatsiya konsepsiyalari

Tushuntirish tipi Nazariya Muallif Asosiy g’oya

Biologik

Jismoniy jihatlar jinoiy moyilliklar bilan bog’liq

Lombrozo

Jismoniy xususiyatlar deviatsiya omili hisoblanadi




Deviantlar orasida ayniqsa ko’p uchraydigan muayyan gavda tuzilishi

Sheldon




Psixologik

Psixoanalitik nazariya

Freyd

SHaxsga xos konfliktlar deviatsiyaga sabab bo’ladi

Sotsiologik

Anomiya

Dyurkgeym

Deviatsiya, shu jumladan o’zini o’zi o’ldirishlar aniq ijtimoiy me’yorlar buzilishi yoki yo’qligi tufayli yuz




Ijtimoiy
dezorganizatsiya

Shou va Makkey

Deviatsiyaning ko’pgina turlari madaniy qadriyatlar, me’yorlar va ijtimoiy aloqalar buzilgan, zaiflashgan yoki to’qnashgan hollarda yuzaga keladi




Anomiya

Merton

Mazkur madaniyatda maqbul bo’lgan maqsadlar va ularga erishishning ijtimoiy yo’llari o’rtasida tafovut aniqlansa, deviatsiya kuchayadi




Kul’turologik
nazariyalar

Sellin, Miller, Suterlend, Klauord va Oulin

Deviatsiyaga submadaniyat me’yorlari va hukmron madaniyat o’rtasidagi to’qnashuvlar sabab bo’ladi




Stigmatizatsiya (yorliq yopishtirish) nazariyasi

Bekker

Deviatsiya - hokimiyatga ega guruhlar kamroq darajada himoyalangan guruhlar xulq- atvoriga yopishtiradigan




Radikal kriminologiya

Turk, Kvinni, Teylor, Uolton va
V Л пл

Deviatsiya kapitalistik jamiyat me’yorlariga qarshi harakat
1ЛЛ о 1л Рп1 1 r\i t*



Jismoniy tiplar nazariyalari shaxs xulq-atvorida me’yordan og’ish hollari uning muayyan jismoniy xususiyatlari bilan belgilanadi, degan g’oyaga asoslanadi. Mazkur
nazariyalarning namoyandalari orasida Ch.Lombrozo, E.Kretshmer, V.Sheldon alohida o’rin egallaydi. Ushbu mualliflarning asarlarida asosan muayyan jismoniy konstitutsiyali odamlar jamiyat tomonidan qoralanadigan ijtimoiy og’ishlarni sodir etishga moyildirlar, degan fikr ilgari suriladi. Zamonaviy nazariyalar orasida V.Sheldon nazariyasi ayniqsa puxta ishlab chiqilgan. U og’uvchi xulq-atvor sifatida tavsiflanadigan qilmishlar sodir etishga o’z ta’sirini ko’rsatadigan insoniy xususiyatlarning uch asosiy tipini ajratgan. Bular: endomorf tip (semizlik); mezomorf tip (sermuskullik), ektomorf tip (oriqlik). V.Sheldon har bir tipga xos bo’lgan xulq-atvorning muayyan turlariga ham tavsif bergan. Masalan, jinoyatchilar va piyonistalar asosan mezomorf tiplarga kiradilar. Biroq amaliyot jismoniy tiplar nazariyalari asossiz ekanligini isbotlagan. Xushsurat odamlar o’ta og’ir jinoyatlar sodir etgan, ko’rinishdan dag’al individ esa pashshaga ham ozor yetkazmaydigan inson bo’lgan hollarga ko’plab misollar keltirish mumkin.
Psixoanalitik nazariyalar zamirida shaxs ongida yuz berayotgan konfliktlarni o’rganish yotadi. Z.Freyd nazariyasiga ko’ra, har bir shaxsda faol ong qatlami ostida ongsizlik sohasi mavjud. Ongsizlik - insonning chegarasiz tabiiy, ibtidoiy xususiyatlarni jamlagan ruhiy energiyasi, uning madaniyat ta’siridan xoli biologik mohiyati. Inson o’zining tabiiy “qonunsizlik” holatidan o’z o’zligini, shuningdek jamiyat madaniyati bilan belgilanadigan umumiy o’zlikni shakllantirish yo’li bilan himoyalanishga qodir. Inson o’zligi va umumiy o’zlik ongsizlik holatidagi kuchlarni muttasil ravishda tiyib turadi, instinktlar va tuban mayllarni jilovlaydi. Ammo o’zlik va ongsizlik o’rtasida to’qnashuv yuz berishi va insonning madaniyatni bilmaydigan ichki omillari sirtga chiqishi, ijtimoiy muhitdagi madaniy me’yorlardan og’uvchi xulq-atvorga sabab bo’lishi mumkin.
Xo’sh, deviantlar nima uchun paydo bo’ladi? Bu savolga ijtimoiy og’ishlarning sotsiologik yoki madaniy nazariyalari javob topishga harakat qiladi. Ularga muvofiq individlar guruhdagi ijtimoiylashuv jarayoni muayyan me’yorlarga nisbatan samarali bo’lmagan holda deviantlarga aylanadilar. Bu muvaffaqiyatsizlik shaxsning ichki strukturasiga ta’sir ko’rsatadi. Agar ijtimoiylashuv jarayoni samarali bo’lsa, individ avval o’zini qurshagan muhitdagi madaniy me’yorlarga moslashadi, so’ngra ularni o’zlashtiradi. Shu tariqa jamiyat yoki guruhning ijtimoiy maqbul me’yorlari va qadriyatlari uning emotsional ehtiyojiga, taqiqlar esa - individ ongining tarkibiy qismiga aylanadi.
Oila ma’naviy qadriyatlar va xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Mustahkam va sog’lom oilada o’sgan bola odatda komil inson bo’lib yetishadi. Oiladagi beqarorlik bola tarbiyasida nuqsonlar paydo bo’lishiga, og’uvchi xulq- atvorning shakllanishiga sabab bo’ladi. Yoshlar jinoyatchiligiga oid ko’p sonli tadqiqotlar og’uvchi xulq-atvorli yoshlarning 85% beqaror oilalarda tarbiyalanganlarini ko’rsatdi. Amerikalik ijtimoiy psixologlar oilaviy hayotni beqaror sifatida tavsiflash imkonini beruvchi besh asosiy omilni aniqlaganlar: otaning o’ta qattiqqo’lligi; ona mehrini ko’rmaganlik; ota bilan lozim darajada yaqin emaslik; ona bilan lozim darajada yaqin emaslik; oilada inoqlikning yo’qligi. Bu omillarning barchasi oilada bolaning ijtimoiylashuvi jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatadi va pirovardida og’uvchi xulq-atvorli shaxs voyaga yetishiga olib keladi.
Ammo og’uvchi xulq-atvor ko’rinishlari har tomonlama barqaror oilalarda paydo bo’lishi ham mumkin. Gap shundaki, oila shaxsning ijtimoiylashuvida ishtirok etadigan birdan-bir ijtimoiy institut emas. Bolalikdan o’zlashtirilgan me’yorlarni shaxs o’zini qurshagan ijtimoiy muhit bilan o’zaro aloqaga kirishish jarayonida qayta ko’rishi yoki ulardan voz kechishi mumkin.
Tinimsiz o’zgaruvchi murakkab jamiyatda turli submadaniyatlarning me’yorlari va madaniy qadriyatlari ko’pincha bir-biri bilan to’qnashadi. Bir-biriga zid normativ andozalar og’uvchi xulq-atvor fenomeni vujudga kelishiga imkoniyat yaratadi. Kundalik amaliyotda ko’p sonli konfliktlashuvchi normalar mavjudligi va buning oqibatida xulq-atvor tarzini tanlash imkoniyatining nomuayyanligi E.Dyurkgeym anomiya (me’yorlar yo’qligi holati) degan hodisa yuz berishiga olib keladi. T.Parsons fikriga ko’ra, anomiya xulq-atvor uslubining beqarorligi bilan tavsiflanadi. R.Merton anomiya xulq-atvor uslubini tanlash erkinligidan emas, balki individlar o’zlari to’la qabul qilgan me’yorlarga rioya etish imkoniyatiga ega emasligidan kelib chiqishini qayd etadi. Og’ishlar madaniy maqsadlarga va ularga erishish uchun muayyan shaxs foydalanadigan institutsional vositalarga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. R.Merton maqsadlar va vositalarga nisbatan shaxslar xulq-atvori tipologiyasini ishlab chiqqan. Bu tipologiyaga ko’ra har qanday shaxsning maqsadlarga va vositalarga bo’lgan munosabatini quyidagi turkumlarga ajratish mumkin:

  1. konformist jamiyatda ma’qullanadigan madaniy maqsadlarni ham, institutsional vositalarni ham qabul qiladi va jamiyatning loyal a’zosi hisoblanadi;

  2. novator (o’zi qabul qilgan) madaniy maqsadlarga (shu jumladan g’ayriqonuniy va kriminal) noinstitutsional vositalar yordamida erishishga harakat qiladi;

  3. ritualist institutsional vositalarni qabul qiladi va mutlaqlashtiradi, biroq mazkur vositalar yordamida o’zi erishishga harakat qilishi lozim bo’lgan maqsadlarni e’tibordan soqit etadi yoki unutadi (masalan, byurokrat);


  4. Download 2,22 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish