2-kurs 208- guruh nurqobilova sabohatning devitasiya konsepsiyalari



Download 2,22 Mb.
bet5/11
Sana28.04.2022
Hajmi2,22 Mb.
#586208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
deviatsiya konsepsiyalari

Madaniy va ruhiy og’ishlar. Bir individda ijtimoiy og’ishlar ijtimoiy xulq-atvorda, boshqa individda - shaxsiy strukturada, uchinchi individda esa, ham ijtimoiy sohada, ham shaxsiy strukturada bo’lishi mumkin. Sotsiologlarni eng avvalo madaniy og’ishlar, ya’ni mazkur ijtimoiy birlikning madaniyat me’yorlaridan og’ishlari qiziqtiradi. Psixologlar esa asosiy e’tiborni shaxsiy strukturadagi me’yorlardan ruhiy og’ishlar: psixozlar, nevrozlar, paranoidal holatlarga qaratadilar. Og’ishlarni bu ikki turi birlashsa, madaniy me’yorlardan og’ish ruhiy nosog’lom shaxs tomonidan sodir etiladi.
Odamlar ko’pincha madaniy og’ishlarni ruhiy og’ishlar bilan bog’lashga harakat qiladilar. Masalan, radikal siyosiy xulq-atvor ruhiy holatning buzilishi mahsuli sifatida; prostitutsiya - bolalikdagi emotsional mahrumliklar oqibati sifatida tavsiflanadi. Seksual og’ishlar, alkogolizm, giyohvandlik, qimorbozlik va ijtimoiy xulq-atvordagi boshqa xil og’ishlarni ham shaxsiy strukturadagi nuqsonlar, boshqacha qilib aytganda, ruhiy og’ishlar bilan bog’laydilar.
Odatda ruhiy nosog’lom shaxslar jamiyatda qabul qilingan barcha qoidalar va me’yorlarni to’liq bajaradilar. Ruhiy sog’lom kishilarga esa, aksincha, ba’zan ancha jiddiy og’ishlar xos bo’ladi. Buning sabablari sotsiologlarni ham, psixologlarni ham qiziqtiradi.
Individual va gruppaviy og’ishlar. Yaxshi oiladan chiqqan bola o’z muhitida qabul qilingan me’yorlarni rad etishi va jinoiy xulq-atvor alomatlarini namoyon qilishi (delinkvent bo’lishi) mumkin. Bu holda biz bir submadaniyat doirasida me’yorlardan individual og’ishga duch kelamiz. Bunday shaxs odatda individual deviant sifatida qaraladi. Ayni paytda har bir jamiyat ko’p sonli og’uvchi submadaniyatlarga ega bo’ladi. Masalan, beqaror oilalardan bo’lgan o’smirlar hayotining asosiy qismini yerto’lalarda o’tkazadilar. “Erto’la hayoti” ularga normal bo’lib tuyuladi. Ular o’z “erto’la” axloq kodeksi, o’z qonunlari va madaniy komplekslariga ega bo’ladilar. Ayni holda yetakchi madaniyat me’yorlaridan individual og’ish emas, balki gruppaviy og’ish kuzatiladi, chunki o’smirlar o’z submadaniyati me’yorlariga muvofiq yashaydilar.
Ayni holda submadaniyat individual deviantlardan o’zlashtitilgan xulq-atvor andozalarini o’z ichiga oladi. Ko’rib chiqilayotgan misolda jamiyatda qabul qilingan turmush tarziga qaytayotgan har bir o’smir mazkur “erto’la” submadaniyati nuqtai nazaridan individual deviant bo’ladi va u mazkur o’smirga nisbatan o’z ijtimoiy nazorat choralarini qo’llashi mumkin. Gruppaviy ijtimoiy og’ishga boshqa bir misol byurokratlar guruhi bo’lib, ular qog’ozbozlik ortida real dunyoni ko’rmaydilar, o’zlarining buyruq va farmoyishlar olamida yashaydilar. Bu yerda ham submadaniyat yaratiladi va unga tushib qolgan har bir xodimdan amaldagi byurokratik madaniy me’yorlarga bo’ysunish talab etiladi.
SHunday qilib, og’ishlarning ikki ideal tipini farqlash mumkin:

  1. individual og’ish, bunda ayrim individ o’z submadaniyati me’yorlarini rad tadi;

  2. gruppaviy og’ish. U deviant guruh a’zosining guruh submadaniyatiga qo’shilishi sifatida qaraladi.

Real hayotda deviant shaxslar mazkur tiplarga ajratilmaydi. Og’ishlarning bu ikki tipi ko’pincha o’zaro kesishadi.

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish