2-kurs 208- guruh nurqobilova sabohatning devitasiya konsepsiyalari



Download 2,22 Mb.
bet10/11
Sana28.04.2022
Hajmi2,22 Mb.
#586208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
deviatsiya konsepsiyalari

Delinkventlik. O’g’rilik, poraxo’rlik, talonchilik yoki odam o’ldirish jinoyatlari davlatning shaxs huquqlarini kafolatlovchi asosiy qonunlarini buzadi va jinoyat qonuniga muvofiq ta’qib qilinadi. Jinoyatchilar sudga tortiladi, ularga jazo choralari: turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qilish (jinoyatning og’irlik darajasiga qarab), axloq tuzatish yoki katorga ishlari, muayyan huquqlardan mahrum qilish va hokazolar tayinlanadi. Jinoyatlar qatoriga firibgarlik, o’zganing mulkini talon-toroj qilish, hujjatlarni qalbakilashtirish, pora olish-berish, josuslik, vandalizm, o’g’rilik, o’t qo’yish, prostitutsiya, qimor o’ynash va boshqa turdagi g’ayriqonuniy harakatlar kiradi.
Deviantlik. Ko’chada qip-yalang’och yurish, hojatga chiqish, so’kinish, baqirib gaplashish kabi harakatlar jinoyat huquqini buzmasa-da, xulq-atvor me’yorlariga zid hisoblanadi. Bunday harakatlar uchun ma’muriy javobgarlikka tortish, jarima to’lash nazarda tutiladi, ular atrofdagilar tanbehi yoki salbiy ko’z qarashiga sabab bo’ladi. Deviant xulq-atvor shakllariga jinoyatchilik, alkogolizm, giyohvandlik, prostitutsiya, besoqolbozlik, qimor o’ynash, ruhiy holatning buzilishi, o’zini o’zi o’ldirish kiradi.
SHunday qilib, sotsiologiyada deviant xulq-atvor delinkvent xulq-atvor atamasidan kengroq tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, birinchi tushuncha ikkinchi tushunchani tarkibiy qism sifatida o’z ichiga oladi. Deviatsiya - normalarning har qanday tarzda buzilishi, delinkventlik esa - faqat jinoyat qonuniga muvofiq jazoga tortishga sabab bo’luvchi qilmishlar. Sotsiologiyada bu tushunchalarning keng talqini ham, tor talqini ham teng darajada qo’llaniladi.
Deviant xulq-atvor madaniy relyativizm, ya’ni har qanday ijtimoiy me’yorlarning nisbiyligi bilan tavsiflanadi. Ayrim primitiv qabilalarda kannibalizm, gerontotsid (qariyalarni o’ldirish), qon qo’shilishi va infantitsid (bolalarni o’ldirish) ibtidoiy davrda iqtisodiy omillar (oziq-ovqat mahsulotlarining taqchilligi) yoki ijtimoiy tartibot (qarindoshlar o’rtasida nikohga ruxsat berilishi) bilan bog’liq normal hodisa hisoblangan va hozir ham shunday.
Madaniy relyativizm bir jamiyatdagi ikki yoki bir nechta yirik ijtimoiy guruhlarning qiyosiy tavsifi bo’lishi ham mumkin. Bu holda submadaniyat haqida gapirish o’rinli bo’ladi. Bunday guruhlarga siyosiy partiyalar, hukumat, ijtimoiy sinf yoki qatlam, dindorlar, yoshlar, xotin-qizlar, pensionerlar, milliy ozchiliklar misol bo’lishi mumkin.
Urushda odam o’ldirish ruxsat etiladi va hatto taqdirlanadi, ammo tinch davrda jazolanadi. Parijda prostitutsiya qonunlashtirilgan, boshqa mamlakatlarda esa u nolegal va deviant hisoblanadi. Binobarin, deviantlik mezonlari mazkur madaniyat uchun nisbiydir. Bundan tashqari, deviantlik mezonlari vaqt o’tishi bilan ayni bir madaniyat doirasida ham o’zgaradi. Sovet Ittifoqida 60-70-yillarda uzun soch qo’yish “burjuycha turmush tarzi”ga taqlid deb hisoblanar va o’qituvchilar uzun soch qo’ygan o’quvchilarga qarshi kurashar edilar. 80-yillar oxirida bu yerda jamiyat o’zgardi va uzun soch qo’yish deviatsiyadan me’yorga aylandi.
SHunday qilib, keng ma’nodagi deviatsiya nisbiy bo’lib, u tarixiy davr va jamiyat madaniyati bilan belgilanadi. Nisbiylik sotsiologiyada relyativizm degan nom olgan.

Xulosa
Deviatsiyalarga qarshi kurash ba’zan tuyg’ular, fikrlar, xatti-harakatlar rang-barangligiga qarshi kurashga aylanadi.


Rang-baranglik, sotsiologik kategoriya sifatida, ijtimoiy harakatlarning shunday bir majmuini nazarda tutadiki, u me’yor va og’ish mezonlariga ko’ra ikki qarama-qarshi guruhga ajratilmaydi, balki bir kontinuum nuqtai nazaridan qaraladi. Boshqacha qilib aytganda, rang- baranglik inson qilmishlariga baho berishda mutlaq axloqiy me’yorlar yoki mafkuraviy talablar emas, balki madaniy relyativizm bosh mezon bo’lib xizmat qiladi.
Aksariyat jamiyatlarda deviant xulq-atvor ustidan nazorat mutanosib emas: yomon tomonga og’ishlar qoralanadi, yaxshi tomonga og’ishlar esa - ma’qullanadi. Og’ish ijobiy yoki salbiy hisoblanishiga qarab, deviatsiyalarning barcha shakllarini muayyan kontinuumda joylashtirish mumkin. Uning bir qutbidan nomaqbul xulq-atvor bilan tavsiflanuvchi shaxslar guruhi: inqilobchilar, terrorchilar, siyosiy emigrantlar, xoinlar, jinoyatchilar, vandallar, siniklar, daydilar, distrofiklar o’rin oladi. Ikkinchi qutbga esa ijobiy og’ishlar bilan tavsiflanuvchi shaxslar: milliy qahramonlar, taniqli artistlar, sportchilar, olimlar, yozuvchilar, rassomlar, siyosiy liderlar, missionerlar, mehnat zarbdorlari, o’ta sog’lom va go’zal insonlar joylashtiriladi.
Statistik hisob-kitoblarni amalga oshirish normal rivojlanayotgan jamiyatlarda va odatdagi sharoitlarda bu guruhlardan har biri jami aholining 10-15% ni o’z ichiga olishini ko’rsatadi. Aholining 70% ni esa xulq-atvoridagi og’ishlar ahamiyatsiz bo’lgan shaxslar tashkil qiladi. Ko’pchilik o’z hayoti va faoliyatida qonunlarga muvofiq ish ko’rsa-da, ularni mutlaqo qonunga bo’ysunuvchilar, ya’ni ijtimoiy konformistlar deb hisoblash mumkin emas.
Ijtimoiy og’ishlar jamiyatda ikki yoqlama rol’ o’ynaydi. Bir tomondan, ular jamiyat barqarorligiga tahdid soladi, boshqa tomondan esa — mazkur barqarorlikni qo’llab-quvvatlaydi. Ijtimoiy strukturalar faoliyati, agar ular jamiyatda tartib va jamiyat a’zolarining kutilgan xulq- atvorini ta’minlagan bo’lsa, samarali deb hisoblanishi mumkin. O’zini qurshagan odamlardan qanday xulq-atvorni kutish mumkinligini va o’zidan qanday xulq-atvorni kutishayotganlarini jamiyatning har bir a’zosi bilishi kerak. Og’uvchi xulq-atvor bu tartibni buzadi va xulq-atvorni oldindan taxmin qilish imkonini bermaydi. Jamiyatda yoki ijtimoiy guruhda ijtimoiy og’ishlar ko’p bo’lganda odamlar kutilgan xulq-atvor hissini yo’qotadilar, madaniy hayotning izdan chiqishi va ijtimoiy tartibning buzilishi yuz beradi. Axloqiy me’yorlar guruh yoki jamiyat a’zolari xulq-atvorini tartibga solmay qo’yadi, ular asosiy qadriyatlarni rad etishlari mumkin, individlarda xavfsizlik va o’z harakatlariga ishonch hissi yo’qoladi.
Shu tufayli ham jamiyat o’zining aksariyat a’zolari barqaror me’yorlarni qabul qilgan va asosan boshqa individlarning mo’ljallariga muvofiq ish ko’rgan taqdirda samarali faoliyat ko’rsatadi.
Og’uvchi xulq-atvor ko’pincha umum e’tirof etilgan madaniy me’yorlar asosi bo’lib xizmat qiladi. Usiz madaniyatni ijtimoiy ehtiyojlardagi o’zgarishlarga moslashtirish qiyin bo’lar edi. Ammo kriminal xulq-atvor, seksual og’ishlar, alkogolizm yoki giyohvandlik jamiyat uchun
foydali bo’lgan yangi madaniy andozalar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin emas. Ijtimoiy og’ishlarning aksariyati jamiyat rivojida destruktiv rol’ o’ynaydi. Oz sonli og’ishlarnigina foydali deb hisoblash mumkin. Sotsiologlarning vazifalaridan biri individlar va guruhlarning og’uvchi xulq-atvorida foydali madaniy andozalarni tanib olish va ajratishdir.


Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish