Mavzuga oid tayanch so‘z va iboralar.
Olovbardosh material – 1580 0S li harorat va erigan metall (shisha, sement va xokazo) taʼsiridan yemirilmaydigan, o‘tda yonmaydigan, suda zanglamaydigan o‘tga pishiq suniy tosh.
Olovbardosh tabiiy material – granit, ohaktosh, dolomit, qumtosh kabi yuqori haroratga chidamli tabiiy mineral yoki minerallardan tashkil topgan kompozitsiya.
Olovbardosh materiallar klassifikatsiyasi – olovbardosh materiallar olish uchun ishlatiladigan xom ashʼyo va tayyor mahsulotning fizik va kimyoviy tabiatiga, ularning kimyoviy-mineralogik tarkibiga hamda tayyorlash texnologiyasiga asoslangan va sakkiz gruppa (kremnezemli, alyumosilikatli, magnezialli, xromitli, sirkonli. Uglerodli, oksidli va oksidsiz modda)ga ajratilgan turlash.
Olovbardosh materiallar tayyorlash usullari – shliker yoki eritmadan quyilgan, plastik shakllash asosida olingan, yarimquruq presslash va plastik kukunsimon massalarni jipslashtirishga asoslangan texnologik jarayonlar.
Shamot – pishguncha kuydirilgan (ko‘pincha 900-1000 0S li haroratda) va olovbardosh buyumlar ishlab chiqarishda xom ashʼyo sifatida ishlatiladigan o‘tga chidamli gil yoki kaolin.
Issiqlik himoyalovchi materiallarning sifati uchun qo‘yiladigan talablar va ularning asosiy xossalari.
Issiqlik himoyalovchi materiallarning sifatini belgilovchi asosiy xossa ularga xos bo‘lgan g‘ovaklilikdir. U foizda beriladigan ko‘rsatkich bo‘lib, barcha g‘ovaklar hajmining material hajmiga bo‘lgan nisbatidan kelib chiqadi.
Issiqlik himoyalovchi materiallarda ikki turli g‘ovaklar uchraydi:
1. Makrog‘ovaklar - o‘lchami katta bo‘lib, ko‘z ilg‘aydigan darajada bo‘ladi;
2. Mikrog‘ovaklar - o‘lchami kichik bo‘lib, faqat mikroskopdagina namoyon bo‘ladi.
G‘ovaklar yopiq holatida materialda uchrashi mumkin. Ular tarqalgan va yopiq g‘ovaklar deb ataladi. Ikkinchi tur g‘ovaklari ochiq g‘ovaklar nomi bilan ataladi. Odatda ular bir-biri bilan tutashib ketgan bo‘ladi.
Umumiy bo‘shliq Rumumiy = Ryopiq + Rochiq larga teng.
Rumumiy = (solishtirma og‘irlik - hajmiy og‘irlik) / solishtirma og‘irlik x 100%
Ochiq g‘ovaklarning umumiy miqdori quyidagi formula yordamida ham aniqlanishi mumkin:
R0 = (GV - GS) / V x 100%,
bu yerda: GV - suvda to‘yintirilgan holatdagi og‘irlik;
GS - quritilgan namuna og‘irligi;
V - Quritilgan namunani hajmi.
Issiqlik himoyalovchi materiallarning g‘ovakligi yuqori bo‘ladi. Bu holatni quyidagi jadvalda keltirilgan raqamlardan ko‘rish mumkin (10-jadval).
10-jadval.
Turli materiallarning g‘ovaklilik bo‘yicha ko‘rsatkichlari.
Material
|
G‘ovak-lilik,
%
|
Material
|
G‘ovaklilik,
%
|
Po‘lat
|
0
|
Issiqlik himoyalovchi yacheykali betonlar
|
50-90
|
Granit, marmar tosh
|
0,2-0,8
|
Issiqlik himoyalovchi trepelli g‘isht
|
60-75
|
Og‘ir beton
|
9-17
|
Ko‘pik shisha
|
85-90
|
Tuproqli g‘isht
|
24-33
|
Yog‘och tolali g‘ovak koshin
|
82-87
|
Yog‘och (qarag‘ay)
|
67-73
|
G‘ovak plastmassalar
|
90-95
|
Yuqori g‘ovaklilik issiqlik himoyalovchi materialning mustahkamligini pasaytiradi. Odatda bunday materiallarning siqilishga mustah-kamligi 1 sm2 yuzaga hisoblaganda 1 dan 15 кг gacha bo‘ladi. Faqat polistirolli buyumlar uchun bu ko‘rsatkich 75 kg/sm2 ga yetadi. Shu sababli ular yuk ko‘taruvchi konstruksiyalar yasashda kam ishlatiladi. Baʼzi bir issiqlik himoyalovchi materiallarning mustahkamligiga oid ko‘rsatkichlari 11-jadvalda keltiriladi.
11-jadval.
Baʼzi issiqlik himoyalovchi buyumlarning mustahkamlik ko‘rsat-kichlari.
Material
|
Hajmiy og‘irlik,
|
Mustahkamlik chegarasi,
Kg/sm2
|
|
kg/m3
|
Rciqilish
|
Regilish
|
Rcho‘zilish
|
Qattiq buyumlar:
Sintetik bog‘lovchili
mineral momiq
|
200-250
|
-
|
1,5
|
-
|
Ko‘pik betonli va gazbetonli avtoklavsiz
|
400-450
|
5-8
|
-
|
-
|
Yuqoridagi buyum avtoklavli
|
400-450
|
8-12
|
-
|
-
|
Vulqonli
|
350-400
|
-
|
3,0-3,5
|
-
|
Ohak kremnezyomli
|
200-300
|
-
|
2-5
|
-
|
Yog‘och tolali himoyalovchi
|
150-300
|
-
|
4-20
|
-
|
Torfoizolyasiyali
|
150-250
|
-
|
3-4
|
-
|
Fibrolitli
|
300-400
|
-
|
4-12
|
-
|
Qamishli
|
175-250
|
-
|
1,8-5
|
-
|
Polistirolli
|
50-200
|
10-75
|
-
|
-
|
Egiluvchan buyumlar:
|
|
|
-
|
-
|
Mineral momiqli voylok
|
100-150
|
-
|
-
|
0,05-0,08
|
Shisha momiqli yarim qattiq koshinlar
|
50-75
|
-
|
-
|
0,12-0,15
|
Shisha momiqli arqon
|
90
|
-
|
-
|
2
|
Issiqlik himoyalovchi materiallarning issiqlik o‘tkazuvchanlik xossasi Fure formulasi orqali aniqlanadi.
= Q / (F r t) / kkal/m r grad
bu yerda: Q - issiqlik miqdori, kkal;
F - issiqlik oqimi yo‘nalishiga perpendikulyar bo‘lgan may-don kesimi, m2;
r - issiqlik oqimining o‘tadigan vaqti, soat;
t - harorat farqi,0S;
- materiallar qalinligi, m.
Quyidagi 14 va 15 - jadvallarda solishtirish maqsadida kvars va havoning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsentlari haroratga bog‘lik holda keltirilgan.
12-jadval.
Kvarsning issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsenti (kkal/m.soat.grad)
Harorat, 0S
|
Kvars shishasi
|
Kvars o‘qiga perpendikulyar
|
Kristall o‘qiga parallel
|
0
100
|
1,64
1,79
|
8,94
5,96
|
16,39
10,43
|
13-jadval.
Harorat taʼsirida havo pufakchalarining issiqlik o‘tkazuvchanligining kkal / m grad da berilgan ekvivalent koeffitsentlari
O‘rtacha harorat
|
G‘ovaklar diametri, mm
|
0S
|
0,5
|
1,0
|
5
|
0
300
500
|
0,022
0,053
0,086
|
0,025
0,069
0,126
|
0,038
0,198
0,444
|
Issiqlik himoyalovchi materiallar ishlab chiqarishda ishlatiladigan xom-ashʼyolar.
Issiqlik himoyalovchi materiallar ishlab chiqarishda barcha turdagi xom-ashʼyolardan foydalanish mumkin. Ularga g‘ovak hosil qiluvchi qo‘shilmalarni oz miqdorda qo‘shish va maxsus ishlov berish yo‘li bilan kerakli xossalarga ega bo‘lgan buyumlar yasaladi. Bunday buyumlar juda katta miqdorda ishlab chiqarilganligi va qurilish - texnikada qo‘llanilganligi tufayli ishlatiladigan xom-ashʼyo tabiatda keng tarqalgan, qazib olinishi oson bo‘lgan va tannarxi unchalik yuqori bo‘lmasligi darkor.
Yuqoridagi texnik - iqtisodiy faktorlarni hisobga olgan holda issiqlik himoyalovchi materiallar xom-ashʼyosi sifatida quyidagilar ishlatiladi:
1. Tog‘ jinslari:
a) bazaltlar, granitlar, diabazlar, diortlar, traxitlar va boshqa vulqonli tabiatga ega bo‘lgan moddalar;
b) dolomitlar va mergellar, zmyevikli va tuproqli slanetslar hamda magmadan keyingi, gidrotermal va metamorfik tabiatga ega bo‘lgan jinslar.
2. Mineral xom - ashʼyolar - asbest Mg3Si2O7.2H2O, vermikulit (Mg,Fe)3.Si3AIO10(OH)2.4H2O, shishasimon vulqon massasi - perlit SiO2-70%, AI2O3-15%, Fe2O3-1,5%, RO=2-6%, R2O=5-10%, glaukonit K+(Fe3+, Fe2+, AI, Mg)2-3 Si3 (AI,Si) O10. (OH)2 va boshqalar.
3. Sanoat tarmoqlarining turli chiqindilari - domna toshqoli, issiqlik elektr stansiyalari qozonlari kuli va boshqalar.
4. Organik tabiatli moddalar - yog‘och, qipiq, torf, somon, qamish va boshqalar.
Materiallarning g‘ovakliligini taʼminlash maqsadida ishlatila-digan xom-ashʼyolar haqida ham to‘xtab o‘tamiz:
1. Maxsus gaz hosil qiluvchi moddalar - alyuminiyli pudra, pergidrol H2O2 , marganets oksidi MnO2 , fosfor kislotasi R3RO4 va boshqalar
2. Ko‘pik hosil qiluvchi yuqori aktiv moddalar - suv va havo, saponin, yelimli kanifol, alyumosulfonaftenli modda va boshqalar
3. Yuqori darajadagi g‘ovaklilikni taʼminlovchi suyuqliklar - suv va boshqa birikmalar
4. Yuqori haroratda kuyib yoki qurib ketuvchi moddalar - suv, turli suyuqliklar, qipiq va boshqalar
Organik issiqlik izolyasiyasi buyumlari o‘simliklardan olinadigan materiallar (yog‘och, qamish, torf va shu kabilarning chiqindilari) dan ishlab chiqariladi. Asbest, shlak, shisha va boshqa minerallardan iborat bo‘lgan materiallarga nisbatan organik issiqlik izolyasiyasi buyumlari-ning gigroskopikligi kuchli, nam tekkanda tezda chiriy boshlaydi, yuqori temperatura (1000 dan yuqori) taʼsiriga chidamaydi.
Yuqorida taʼkidlanganidek, qo‘shimchalar g‘ovakli tuzilish hosil bo‘lishi uchun xizmat qiladi. Natijada material zichligi va og‘irligi kamayadi, himoyalash qobiliyati esa ortadi. Quyida texnologiyada ko‘proq qo‘llaniladigan baʼzibir qo‘shimchalar tarkibi va xossalariga oid maʼlumotlar beriladi:
1. Alyuminiyli pudra. U AI - kukuni yoki changi nomi bilan ham ataladi. Uning tarkibidagi aktiv alyuminiy miqdori 87 dan 98,5 protsentgacha, solishtirma yuzasi 8000-8500 sm2/2 va kukun zarrachalari o‘lchami mumkin qadar bir turli bo‘lishi zarur. Ishlatilishidan oldin elektr pechlarida 220 0S li haroratda kuydiriladi. Shunda uning yuzida-gi parapin qavati kuyib ketadi.
Keyinchalik gazbeton komponentlari o‘rtasida reaksiya ketadi va materialning 50-90 % g‘ovakliligi taʼminlanadi:
2Al + 3Ca(OH)2 + 6H2O = 3CaO AI2O3 6H2O + 3H2
2. Pergidrol yoki vodorod peroksidi (o‘taoksidi). Tarkibidagi N2O2 miqdori 27,5 - 31 protsent, issiqlikka chidamliligi 95 0S dan past bo‘lmasligi talab qilinadi. Uning yordamidagi gazbetonni ko‘pchitish jarayoni quyidagicha kechadi:
2N2O2 = 2H2O + O2
Yuqoridagi ekzotermik reaksiya natijasida 1 кг vodorod peroksidi-dan 133 л yoki 0,144 кг kislorod ajralib chiqadi. Ajralib chiqayotgan issiqlik miqdori esa 700 kkal ga teng.
N2O2 ni parchalanish jarayonini MnO2 kabi katalizatorlar yordamida tezlatish yoki R3RO4 kabi ingibitorlar yordamida sekinlashtirish mumkin.
3. Saponin. U kuchli ko‘pik hosil qiluvchi qo‘shilma bo‘lib, suvosti o‘simliklari - ko‘pik ildiz yoki Alp gunafshasi - gulsapsarning gunafsha hidli ildizi asosida olinadi. Uning tarkibiga 50-63% S, 6-9% N2, 28-31% O2 kiradi. Molekulyar formulasi SnH2n-16O10. Zaharli, qonning gemoglobinini parchalaydi.
Ko‘pik ildiz uzunligi 60 см gacha boradigan ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, uning tarkibiga 32-33 % saponin kiradi. Qolgan qismi 20-60 % sellyuloza va oz miqdorda uchraydigan kraxmal, smola, saxaridlar, kul va suvdan iborat.
Saponin ko‘pik ildizdan 3 xil yo‘l bilan ajratib olinadi:
1. Ildiz 30-40 % 0S li issiq suvda 24 soat davomida ushlab turiladi;
2. Ildiz 10 minut davomida qaynoq suvda ushlanadi;
3. Ildiz avval qaynatiladi, so‘ngra issiq suvda 24 soat davomida ushlanadi.
O‘ta stabil ko‘pik hosil qilish uchun ildizdan ajratib olingan va miqdori 10-20 % bo‘lgan saponinga 30-40 % alginit hamda 40-60 % suv qo‘shiladi.
4. Yelimli kanifol. U igna bargli daraxt mahsuloti - kanifol sovuni va stabilizator rolini o‘ynovchi - duradgorlik yelimi asosida olinadi. Masalan, kanifol - S19N29SOON - abiyetina kislotasiga Na2CO3 yoki NaOH qo‘shish yo‘li bilan:
2(S19N29SOON) + Na2CO3 = 2(S19N29SOONa) + N2O + CO2
S19N29SOON + NaOH = S19N29SOONa + N2O
Shunday qilib, kanifolli sovun aslida abiyetina kislotasining ishqorli tuzidir. Yelimli kanifol emulsiyasini tayyorlash uchun 40 % kanifol, 10 % ishqor va 50 % yelim aralashtiriladi. Bunday aralashma g‘ovakli beton va issiqlik himoyalovchi keramika olish uchun qo‘l keladi.
5. Alyumosulfonaftenli ko‘pik hosil qiluvchi modda. U neft sanoati qoldig‘i - kerosinli kontakt (50 % dan ortiq sulfokislota, kerosin, suv va kul)ga glinozemli tuz AI2(SO4)3.18N2O (stabilizator) qo‘shish orqali tayyorlanadi.
6. Gidrolizlashtirilgan qon. U go‘sht kombinatlarining chiqindi-lariga 2 %-li NaOH va temir kuporosi FeSO4.7N2O qo‘shish orqali quyidagicha tayyorlanadi:
a) NaOH ning 2 %-li eritmasi tayyorlanadi;
b) Yangi qotmagan qon gidrolizlantiriladi;
v) Gidrolizlashtirilgan qon eritmasi ammoniy xlorid NH4CI yorda-mida neytralizatsiyaga yo‘liqtiriladi;
g) Temir kuporosi FeSO4.7N2O ning 15 %-li eritmasi hosil qili-nadi;
d) Gidrolizlashtirilgan qon va temir kuporosi aralashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |