Olovbardosh g‘ishtlarning yaratilish tarixi.
Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish, qolaversa eritish hajmi har bir davlat og‘ir sanoatining qudratini belgilovchi omil bo‘lib hisoblanadi. Lekin metallurgiya sohasida erishilgan ulkan yutuqlarni texnik vositasiz tasavvur qilish qiyin. Masalan, metalleritadigan pechni olaylik. Yuzaki qarashda u go‘yo oddiy g‘ishtdan qurilganday ko‘rinadi. Aslida unga ishlatilgan g‘isht oddiy g‘isht emas. Agar bunday pechga oddiy g‘isht ishlatilsa, metall eriydigan temperatura taʼsirida pechning devorlari butunlay erib ketgan bo‘lar edi Vaxolanki, ular juda yuksak temperaturaga ham bardosh beradi.
Xo‘sh metall eritiladigan pechlarning devoriga qanday tosh ishlatilgan? Ularni tabiatning o‘zi yaratganmi yoki inson mehnati, aql-zakovati va ijodining mahsulimi?
Yuksak temperatura va erigan metall taʼsiridan yemirilmaydigan, o‘tda yonmaydigan, suvda zanglamaydigan o‘ta pishpiq sunʼiy toshlar zukko olimlarimiz mehnati o‘laroq asrimizda yaratilgan keramika mahsulotlari sirasiga kiradi.
G ranit ohaktosh, qumtosh o‘tga chidamli tabiy materialdir. Insoniyat tarixidagi eng uzoq davom etgan tosh davrida inson ana shunday tabiiy materiallardan o‘choq va pechkalar qurib turar joylarni isitishgan taom tayyorlashgan qadim zamonlarda tabiiy toshlardan qurilgan chiroyli oromgoh-qasrlar, obidalar, yodgorliklar va hokazolarning ko‘pchiligi zamonamizgacha saqlanib qolgan. Xullas, inson ko‘p asrlardan buyon shunday noyob toshlarga katta mahorat bilan sayqal berib, nafis bezaklar, naqshlar solib, tabiatning jozibali obidasi, yodgorligi sifatida avloddan avlodga meros qoldirilmoqda.
Qadimdagi Xitoyda o‘tga chidamli toshdan keng ko‘lamda va turli maqsadlarda foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Masalan, eramizdan uch ming yil muqaddam xitoylar rudadan ushbu materiallar vositasida qimmatbaho moddalarni simob ishtirookida qotishma holida ajratib olish usulini topganlar va ular yordamida baʼzi yuqumli kasalliklarni davolaganlar.
Hozirgi O‘rta Osiyo, Zakavkaze va Eron territoriyalarida o‘rta asrlarda yashagan halqlar tuproqqa turli qo‘shilmalar aralashtirib o‘tga chidamli materiallarning eng oddiy turlarini yaratganlar. Qadimgi kimyogarlar, alximiklar ana shunday materiallardan yasalgan va maxsus sir bilan qoplangan ko‘zacha va idishlarda oddiy maʼdanlarni qizdirib, ularni kumush va oltinga aylantirishga uringanlar. Ularning simobdan oltin olish borasidagi urinishlari zoye ketganbo‘lsada, o‘tkazilgan tajribalar simob kabi moddalarning kimeviy tarkibi va xossalarini aniqlashga yordam bergan, ruda tarkibidagi oltin va kumushni simob vositasida ajratib olish mumkin ekanligini ko‘rsatgan. O‘sha davrlarda g‘alaba ramzi hisoblangan va diniy bayramlarda bo‘yoq sifatida ishlatilgan, kosmetika va farmotsevtika ehtiyojlari uchun foydalanilgan mashhur qizil bo‘yoq ham kinovar mineralidan yoki sunʼiy simob sulfiddan ana shunday o‘tga chidamli ko‘zalarda eritib olingan va saqlangan. XII asr oxirlarida Chingizxonning harbiy yurishlari, bosqinchiligi vaqtida bu o‘lkalarni qiyratishi va aholisini qirib tashlashi oqibatida qadimgi kulol-kimyogarlarning o‘tga chidamli mahsulot tayyorlash usullari, metodlari deyarli unutilib ketgan.
Mis bilan qalay qotishmasidan iborat bronzaning paydo bo‘lishi kulolchilik bilan degrezchilik kasbini birlashtirdi. Natijada tabiy tosh va gilning maxsus turlari asosida sunʼiy g‘isht, ixcham qo‘ralar tayyorlash usuli vujudga keldi.
XIV-XV asrlarda rudadan temir ajratib olish va temirdan qurol-aslaha tayyorlash keng yo‘lga qo‘yildi. Bu esa, o‘z navbatida, metall ishlab chiqarish sanoatiga asos soldi. Yevropada shu davrda birinchi domna pechlari qurilib, o‘tga chidamli mahsulot tayyorlana boshlandi va ularning miqdorini ko‘paytirish, sifatini yaxshilash zarurati tug‘ildi.
Keyinchalik po‘lat ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shu munosabat bilan cho‘yandan po‘lat oladigan maxsus qurilmalar-konvertor va marten pechlari barpo etiladi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘tga chidamli mahsulotlarning yangidan-yangi turlari paydo bo‘lishiga olib keldi va uning issiqqa chidamliligini oshirish ustida olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarini jadallashtirishni taqazo qildi.
XX asrning elliginchi yillaridan boshlab og‘ir sanoatning barcha sohalari, shu jumladan o‘tga chidamli mahsulot ishlab chiqarish tarmog‘ini yuksak surʼatlar bilan rivojlantirish choralari ko‘rildi. Sanoatni xom ashyo bilan taʼminlash uchun birinchi navbatda kon qidiruv ishlariga katta eʼtibor berildi. Shu maqsadda geolog-mutaxassislardan katta-katta qidiruv otryadlari tashkil etilib, Ural, Kavkaz, Ukraina, Qozog‘iston, O‘rta Osiyo va boshqa o‘lkalarga yuborildi. Respublikamizning ko‘pgina rayonlarida har xil foydali qazilmalar, jumladan, kaolin, magnezit, dolomit, kvars, alunit, boksit, xromit, talk konlari topildi.
Shuni aytish lozimki, O‘zbekistonda olib borilgan geologik-qidiruv ishlari natijasida boshqa konlar qatori Angrenda kaolin zapasi borligi aniqlandi.
Sanoatning o‘tga chidamli mahsulot ishlab chiqaradigan tarmog‘ini kengaytirish, topilgpn xilma-xil xom ashyoni chuqur fizik va kimeviy analiz qilish, tayyor mahsulotning turini ko‘paytirish va sifatini yaxshilash, strukturasi va xususiyatlarini keng o‘rganib, klassifikatsiya-lashga o‘zbek olimlari ham katta hissa qo‘shishmoqda.
Respublikamiz, shu jumladan Toshkent olimlari ham bu sohada muhim izlanishlar olib borishmoqda. Masalan, Toshkent kimyo-texnologiya institutining kime-texnologiya fakultetidagi olimlar O‘zbekistonning Angren kaolini va Turkmanistonning Badxiz aluniti asosida o‘tga chidamli shamot g‘ishti tayyorlash yo‘lini axtarmoqdalar. Toshkent temir yo‘llari instituti olimlari har xil qo‘shimchalardan o‘tga chidamli mahsulot olish uchun eng maqbul kompozitsiya tanlash, tayyor buyumning xususiyatlarini o‘rganish yuzasida ham tadqiqot olib bormoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |