2. Keramika nima. Fayans olish va sirkorlik sirlari. Keramika


Keramika va olovbardrosh materiallarning paydo bo’lish tarixi



Download 149,35 Kb.
bet2/19
Sana23.03.2023
Hajmi149,35 Kb.
#920990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
15 ta mavzu hammasi bittada 3 listdan

Keramika va olovbardrosh materiallarning paydo bo’lish tarixi

Keramika mahsulotlarining dastlabkisi idish bo‘lgan. Unda oziq-ovqat pishirilgan va ortiqchasi saqlangan. Jumladan, neolit davrida tuxumsimon qilib ishlangan dastlabki idishlardan ovqat saqlash va pishirishda foydalanilgan.


Markaziy Osiyoda miloddan avvalgi 3-2 ming yillarda dehqonchilik bilan shug‘ullanish boshlangan. Xalqlarning o‘troqlashuvi esa o‘z navbatida kulolchilikning vujudga kelishiga sababchi bo‘lgan.
Xitoyda miloddan avvalgi 3-ming yillikdagi Yanshao davrida kerami-kaning rivojlanishi boshlangan. XII-XIII asrlarda esa ularning shuxrati butun dunyoga tarqalgan. Chinni nomi bilan atalgan bunday mahsulotlar Markaziy Osiyo va Eronga ham keltirilgan.
Markaziy Osiyoda VIII-XII asrlarda sopol idishlar chiqarish yuqori pog‘onali ko‘tarilgan. Bu yerlarda yashil, kulrang buyumlar olish odat tusiga kirgan. Ismoil Somoniy maqbarasi shu davrda yaratilgan noyob inshoatlardan namunadir.
Keramika chinnisi ishlab chiqarish Yevropada 1700 yillarning boshiga to‘g‘ri keladi. Birinchi chinni zavodi 1710 yili Meysenda, ikkinchi 1717-1718 yillarda Venada ishga tushirilgan. Rossiyada birinchi chinni zavodi Peterburgda 1744 yilda qurilgan.
XIX-XX asrlarda keramika sanoati Markaziy Osiyoda jadal surʼatlar bilan rivojlandi. XX asrning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Quvasoy, Xiva, Regar kabi ulkan chinni korxonalari qurildi va ishga tushirildi. Farg‘ona viloyatining Rishton qishlog‘ida 1970 yili keramika zavodining ishga tushirilishi sopol idish va badiiy buyumlar assortimentini ko‘paytirish imkonini berdi.
O‘zbekistonda barpo etilgan keramika sanoatining yirik korxonalari qatoriga nomlari yuqorida qayd qilinganlardan tashqari Samarqand va Toshkent kulolchilik yodgorlik buyumlari, Andijon, Chimboy, G‘ijduvon, Xiva va Termiz kulolchilik buyumlari zavodlari, Angren keramika kombinati, Toshkent qurilish materiallari kombinati kiradi.
Qurilish g‘ishti va qurilish uchun zarur buyumlar ishlab chiqarish Markaziy Osiyoda bundan 2000 yil ilgari boshlangan. Xozirgi kunda bunday maxsulotlarning kuydirilgan namoyandalarini ishlab chiqarish barcha viloyatlarida keng yo‘lga qo‘yilgan.
Shunday qilib, keramika mahsulotlarini qizdirish texnikasi uzoq asrlar mobaynida oddiy gulxandan xumdongacha va mexanizatsiyalashtirilgan mahsus pechlargacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan.
Qora va rangi metallurgiya sanoatlarining rivojlanishi XIX-XX asrlarda olovbardosh buyumlar ishlab chiqarilishiga asos soldi. Bunday korxonalar Rossiyaning Novgorod viloyatidagi Borovichi qishlog‘ida, Voronej shaxri chegarasidagi Semiluki qishlog‘ida, Uraldagi Suxoy-Log qishlog‘i va boshqa xududlarida kuplab qurildi. O‘zbekistonda bunday g‘ishtlarni ishlab chiqarish 1990 yildan keyin boshlandi.
Keramika so‘zi grekcha keramike - kulol sanʼati maʼnosini anglatadi. U aslida yunoncha keramos - tuproq, sopol, kuydirilgan gil so‘zidan kelib chiqqan.
Keramika - maxsus tuproq yoki tuproq bilan turli minerallar aralashmasidan hosil qilingan aralashmani pishitib, undan tayyorlangan va keyin qattiq qizdirib hosil qilingan mahsulotdir.
Keramikadan qurilishda (g‘isht, cherepitsa, plitka, qoshin, quvur, sanitariya buyumi va boshqalar), uy-ro‘zg‘orda (sopol va chinni idishlar) va texnikada (elektr izolyatori va boshqalar) keng foydalaniladi.
Keramika buyumlarini tayyorlashda asosan tuproq boshqa xom ashʼyolar bilan birga suv yoki par ishtirokida qoriladi va pishitiladi. Unga kulol charxida, qolip yordamida yoki presslab shakl beriladi. Keyin xumdonda yoki maxsus pechlarda 800oS dan to 1500oS gacha bo‘lgan xaroratda qizdiriladi.
Keramika sanoati - giltuproqdan buyumlar, shuningdek bino va inshoatlar qurish va pardozlash uchun materiallar tayyorlovchi sanoat.
Keramika buyumlari ichida past haroratga chidamlisi ko‘p. Lekin ular ichida olovbardoshligi bilan ajralib turadiganlari ham bor.
Olovbardosh buyum - keramika texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqarilgan va olovbardoshligi 1580oS dan kam bo‘lmagan keramika buyumi.


Download 149,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish