2. Keramika nima. Fayans olish va sirkorlik sirlari. Keramika


Nafis keramika klassifikatsiyasi



Download 149,35 Kb.
bet19/19
Sana23.03.2023
Hajmi149,35 Kb.
#920990
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
15 ta mavzu hammasi bittada 3 listdan

2. Nafis keramika klassifikatsiyasi.
Barcha nafis keramika buyumlari ikki katta gruppaga ajratiladi:
1. Yumshoq sopolakka ega bo‘lgan, g‘ovak va yetarli darajada pishmagan buyumlar;
2. Sopalagining kesimi qattiq va yaltiroq bo‘lgan hamda pishgan buyumlar.
Birinchi gruppa buyumlari qatoriga quyidagilar kiradi:
1. Yarim chinni (oshxona buyumi,sanitariya-texnika buyumi va boshqalar);
2. Qattiq fayans - xo‘jalik va sanitariya-texnika buyumi, fayansli oblitsovka maqsadlarida ishlatiluvchi koshinlar;
3. Tuproqli fayans;
4. Ohakli fayans;
5. Rangli va oq sopalakga ega bo‘lgan mayolika (xo‘jalik buyumi, dekorativ buyumlar, oblitsovka uchun ishlatiluvchi rangli mozaika, panno va boshqalar);
6. Sanitariya-qurilish va sanitariya-texnika buyumlari - vannalar, umivalniklar, laboratoriya va boshqa maqsadlarda ishlatiladigan rakovinalar.


3. Sunʼiy sopol buyumlar ishlab chiqarishning qisqacha tarixi.
Sopolsozlik qadimiy bo‘lib, xalq ustalari uni asrlar davomida o‘z mahoratlari bilan rivojlantirib kelmoqdalar. Bugungi kunda sopolsozlik sanʼati asosida yasalgan turli xildagi buyumlarga yangidan jilo berilmoqda. Bu sanʼat va xo‘jalik buyumlari bilan bir qatorda tarixiy obidalar, zamonaviy uy-joylar, inshoatlar,xiyobonlarga chiroy baxsh etmoqda. Endilikda sopolsozlik sanʼati birinchi bor metro stansiyalari pardozida ham qo‘llanila boshladi. Jumladan, Toshkent metropolitenining “Oybek”, “Navoiy” va “Toshkent” stansiyalariga kirib kelgan har bir kishi o‘zini ko‘rkam qasrga kirib qolgandek his etadi. Stansiya ustunlaridagi kulolchilik namunalarida milliylik, tarixiylik va zamonaviylik aks etgan. Ornamentlaridagi bo‘rtma naqshlar va bo‘yoqlarning go‘zalligi maxalliy kulolchilarning sopolsozlik sanʼati tarixining, uning barcha sir-asrorlarini puxta o‘rganib olganligidan dalolat beradi. “Toshkent” stansiyasiga o‘rnatilgan panno va bezaklarda Sharqning mashʼali bo‘lgan shahrimizning chinakam do‘stlik qo‘rg‘oni ekanligi, uning gullab-yashnayotgan qiyofasi aks ettirilgan.
Insoniyat tarixda hamisha mashaqqatli hayotni yengillashtirishga, unga go‘zallik baxsh etishga intilgan.
Inson tuproqdan tayyorlangan loyning yopishqoqligini, issiqdan qotishini o‘z xayotida ko‘p marotaba sinab ko‘radi. Bu esa o‘z navbatida sunʼiy sopol buyumlarining ilk turlarini ishlab chiqarishga olib keldi. Arxeologik qazilmalardan olingan maʼlumotlarga qaraganda, ajdodlarimiz tosh asrining oxiri davri - neolitda ovqat pishirish, suv va ichimliklarni saqlashda tuxumsimon yassi idishlardan foydalashgan.
Sopolsozlikning paydo bo‘lishi hunarmandchilikning ko‘pgina turlari qatori insonning ko‘chmanchilikdan o‘troqlashuviga o‘tishini taʼminlovchi omillardan biri bo‘ldi. O‘troqlashuvlik omili o‘z navbatida sopolsozlikning rivojlanishida muxim rol o‘ynagan.
Sopol idishlar yasash, ayniqsa miloddan avvalgi uch-bir ming yilliklar davrida bronzadan qurol-aslahalar yasash, charx va qolip singari buyumlarni insoniyat tomonidan kashf etilishi asosida rivoj topdi. Bu davrda sopolning sifati, texnik va texnologik ko‘rsatkichlari yuqori pog‘onaga ko‘tarilib, shakli, bezaklari rang-barang bo‘la boshladi.
Milodgacha va milodiy I-VII asrlarga kelib, xalq xo‘jaligi, savdo-sotiq va hunarmandchilik yanada rivojlandi, shular qatori kulolchilik ham o‘sdi. Bu davrda bozor uchun sopol kosalar, qadahsimon idishlar ko‘p-lab ishlab chiqarilgan. Aksariyat bu idishlarning sirtiga qizil yoki bosh-qa rangda kesakdan tayyorlangan buyoq berilar yoxud naqshlar tushirilar edi. Idishlar issiqlik taʼsirida uzoq vaqt pishirilishi tufayli sifati oshdi, shakli ixchamlashdi va xili ko‘paydi. Bu davrda sopolsozlar o‘z mahsulotlarini turli xil shakl va hajmdagi maxsus pechlarda pishirirish edi.
Sopolsozlik milodiy I-X asrlar O‘zbekiston territoriyasida g‘oyat yuksak tarraqiyot darajasiga ko‘tarildi. Xususan, IV-VI asrlar Ohangaron vodiysining Apartak va Nomudlig‘ rayonlarida tilla, kumush va mis konlarini o‘zlashtirish bilan bir qatorda, kaolin tuprog‘ini qazib olishga kirishildi. Mahalliy kulolsozlar qimmatbaho hom ashyo asosida nozik did bilan ishlangan sopol lagan, piyola, kosa, siyohdon, chiroq va ko‘zachalarni ishlab chiqara boshlashdi. Ularning yuzasi qora, ko‘k, sariq va havorang bo‘lib, qush va daraxt tasvirlari aks ettirilgani bilan ajralib turardi.
Respublikamiz tarixining o‘rta asrga oid sopol yodgorliklarini Farg‘ona vodiysining Chust va Dalvarzin, Surxandaryo oblastining Sopolitepa va Kuchuktepa, Samarqandning Afrosiyob, Xorazm va Toshkentning hunarmandlar yashagan dahalaridan topilgan amaliy ashyolar ichida ko‘plab uchratish mumkin. Bunday sopol idishlar o‘zining pishiqligi, naqshning betakrorligi, nafis ishlov olinganligi bilan lol qoldiradi. Sopol idishlar AQSH, Angliya, Fransiya, Turkiya, Gretsiya, Misr muzeylarida madaniyatimizning noyob nusxalari sifvtida namoyish etilmoqda.
XIII asrda sopolsozlik inqirozga yuz tutdi. Ammo Temuriylar davlatining paydo bo‘lishi va taraqqiy etishi natijasida XIV-XVI asrlarda sirli sopol buyumlarini ishlab chiqarishga qayta asos solindi.
Download 149,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish