2. Keramika nima. Fayans olish va sirkorlik sirlari. Keramika


Keramik sanitar – texnik buyumlarning ishlatilish sohalari



Download 149,35 Kb.
bet13/19
Sana23.03.2023
Hajmi149,35 Kb.
#920990
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19
Bog'liq
15 ta mavzu hammasi bittada 3 listdan

Keramik sanitar – texnik buyumlarning ishlatilish sohalari

Vazirlar Mahkamasining “Mahalliy xom-ashyodan keramik sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun joylashtirildi.


O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB hamda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining respublika hududlarida mahalliy xom-ashyodan keramik sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish klasterlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik beriladi.
Keramik sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish klasterlarining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilanadi:
mahalliy va xorijiy investorlarni keng jalb etish orqali import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish;
tegishli vazirlik va idoralar yordamida klaster hududiga joylashtiriladigan ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarga qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni zarur infratuzilma bilan ta'minlash;
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obektlari, shu jumladan kasb-hunarga o‘qitish markazlarini yaxlit hududda tashkil etish orqali ishsiz aholini kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlarni samarali tashkil etish.
2020 yil 1 sentyabrdan boshlab shunday tartib o‘rnatiladiki, unga ko‘ra, sanitar-texnik buyumlarni klaster usulida ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha barcha loyihalar Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan:
kredit summasidan qat'iy nazar tijorat banklarining milliy valutadagi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan oshgan miqdorida, biroq 10 foizlik punktdan oshmagan miqdorda, shuningdek, xorijiy valutadagi kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlari tijorat banklari tomonidan belgilangan stavkaning 40 foizi miqdorida, biroq 4 foizlik punktdan oshmagan miqdorda qoplanadi;
investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb qilinadigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kredit summasining 50 foizigacha, biroq 20 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafilliklar beriladi.
Keramik sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish klasterlari ishtirokchilariga 2023 yilning 1 yanvariga qadar o‘z ishlab chiqarishlari uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar, ehtiyot qismlar, butlovchi buyumlar va xom-ashyo importida bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni 120 kunga kechiktirish imkoniyati beriladi.
Keramik sanitar-texnik buyumlarini klaster usulida ishlab chiqarishni tashkil etuvchi xo‘jalik sub'yektlariga 2020 yil 1 avgustdan 2024 yil 1 yanvariga qadar quyidagi ko‘rinishdagi soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalar beriladi:
keramik qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha foyda solig‘i, yer va mol-mulk solig‘i to‘lashdan ozod etish;
keramik qurilish mahsulotlari ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan, respublikada mavjud bo‘lmagan xom-ashyo va mahsulotlar import qilinganda, bojxona to‘lovlaridan (qo‘shimcha qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) ozod etish.
Belgilab qo‘yilishicha, 2020 yil 1 sentyabrdan boshlab keramik sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish klasterlari ishtirokchilarining soliqqa tortish bazasi besh yil davomida teng ulushlarda noruda foydali qazilma boyliklari konlarini o‘zlashtirish uchun zarur bo‘ladigan muhandislik-kommunikatsiya va transport infratuzilmasini qurish xarajatlari miqdoriga, biroq O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Transport vazirligi tomonidan belgilanadigan normativlarga muvofiq hisoblanadigan summadan ortiq bo‘lmagan miqdorga kamaytiriladi.


Download 149,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish