2 Hamshiralik p65


Sodda tabiiy uxullar bilan organizmga ta’xir qilixh



Download 4,42 Mb.
bet32/38
Sana07.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#535004
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38
Bog'liq
hamshiralik ishi asoslari

Sodda tabiiy uxullar bilan organizmga ta’xir qilixh


'uv bilan davolash — «gidroterapiya» fizioterapevtik davo turlaridan bo‘lib, kasalliklarning oldini olish va davolash maqsadida qo‘llaniladi. 'uv bilan davolashning asosiy vazifalaridan biri organizm uchun qulay


reaksiyaga erishishdir. 'uv muolajalari ta'sir turiga qarab turlicha bo‘ladi.
Chegaralangan ta’xir turiga ega suv muolajalari:

  • yuvish, artish (qo‘l yoki cho‘tka yordamida);

  • qo‘l yoki oyoq vannasi, sekin-asta haroratni ko‘tarish bilan;

  • qo‘l va oyoqqa kontrast vanna qo‘llash;

  • turgan holda sovuq suvni qo‘lga, tizzaga, yuzga, ensaga qo‘llash;

  • ko‘krak qafasiga kompresslar qo‘yish.

O‘rtacha ta’xir kuchiga ega suv muolajalari:

  • oyoq, belga vannalar (belga o‘tirgan yoki yotgan holda), sekin- asta haroratni ko‘tarish bilan;

  • o‘tirgan holda ishqalash bilan vanna qabul qilish;

  • mineral vannalar;

  • turli xil tarkibli iliq vannalar;

  • sovuq ishqalovchi vannalar;

  • o‘tirgan holda o‘zgaruvchan haroratli vannalar;

  • badanning 3/4 qismiga kompress qo‘llash yoki nam sochiq o‘rash;

  • o‘tirgan holda bug‘li vanna qabul qilish;

  • sauna.

Huchli ta’xir etuvchi suv muolajalari:

  • qizdiruvchi vanna;

  • hammom;

  • sovuq yoki issiq suvni tezlik bilan tanaga quyish.

'uv bilan davolashda tanada umumiy va mahalliy o‘zgarishlar paydo bo‘lib, ular ma'lum miqdorda suv harorati bilan bog‘liqdir. 'uv muo- lajalari haroratiga qarab sovuq (20˚C), salqin (20—30˚C), indifferent (34—36˚C), iliq (37—39˚C), issiq (40˚C dan yuqori) bo‘lishi mumkin.
Gidroterapiya markaziy nerv tizimiga o‘ziga xos ta'sir ko‘rsatadi. Indifferent haroratdagi suvni qo‘llash natijasida tanada bo‘shashish, tinchlanish uyquchanlik paydo bo‘ladi. 'ovuq va issiq suv ta'sirida qo‘zg‘aluvchanlik kuchliroq bo‘ladi. 'uv bilan davolaganda yurak- tomir faoliyatida o‘zgarishlar yuzaga keladi. 'ovuq suv ta'sirida teri tomirlari torayadi, yurakning qisqarish faoliyati sekinlashadi, arterial bosim ortadi. Past haroratdagi suv ta'sirida skelet mushaklarining tarangligi oshadi. Issiq suvning ta'siri unga qarama-qarshi bo‘ladi. Issiq va sovuq suv muolajalari moddalar almashinuvi jarayonini tezlashtirib, organizm taranglashuvini oshiradi. Gidroterapiyada haroratdan tashqari mexanik omil muolajaning umumiy ta'sirini kuchaytiradi. 'uv muolajalari, ayniqsa, yurak tomir, nerv faoliyati, xafaqonlik kasalligi va organizmda moddalar almashinuvi buzilgan bemorlarga tavsiya etiladi. Monelik hollari: suv muolajalari og‘ir ateroskleroz, qon bosimining yuqori darajaga ko‘tarilishi, miya va toj tomirlar qon aylanishining buzilishida hamda sil kasalligining faol turida qo‘llanilmaydi. 'uv muolajalari har bir shaxsga alohida buyuriladi. Davo muddati 15—20 muolajadan iborat

97- raxm. Vanna qabul qilish: a — umumiy; b — mahalliy.


bo‘lib, boshlanishida qisqa muddatli, so‘ng bemorning ahvoliga qarab sekin-asta oshiriladi.


Gidroterapiyaning bir necha xil usullari mavjud bo‘lib, ulardan suv quyish va artinish, ho‘l sochiqqa o‘rab qo‘yish, dush (aylanma, sirkular, otilib chiquvchi yuqori va past bosimli), ichakni yuvish, vannalar va b. qo‘llaniladi. Umumiy vanna bo‘lsa, bemor tanasining barcha qismi suvga tushiriladi, mahalliy vannalar: marvaridli (suv orqali havo pufakchalari bosim bilan chiqariladi), ko‘pikli (ko‘pik hosil qiluvchi moddalar yordamida), tebranuvchi va aylanma (suvni mexanik ta'sirda kuchaytirish), hidli, shifobaxsh giyohli, mineralli bo‘ladi. Vanna qabul qilish muddati 10—15 daqiqa, muddatni uzaytirish noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin. Vannalar qabul qilish vaqtida bemorning umumiy ahvolini nazorat qilib turish lozim, chunki arterial bosimning o‘zgarishi puls tezligi va nafas harakatlarining yomonlashuviga sabab bo‘ladi. 'uv muolajalarini artish, suv quyish ko‘rinishida ham qo‘llash mumkin. Bu davolash usullari bemorlarni davolash va parvarish qilishga kiradi. Qisqa muddat ichida sovuq suv bilan badanni artish chiniqtirishning bitta vositasidir. 'ovuq suvga yuvinish tomirlar faoliyatini oshirib, yuqori haroratli bemorga yaxshi natija beradi. Tananing ma'lum qismiga kontrast suv quyish avvaliga iliq keyin sovuq suv yordamida amalga oshiriladi.
Muolajadan so‘ng tana sochiq yordamida quritiladi (97- rasm).

Bemorga isitgich (grelka5 qo,yish


Isitgichlar yallig‘lanish jarayonlarini so‘rish, tanani isitish va og‘riq qoldirish uchun qo‘llaniladi. Isitgich tayyorlashga monelik qiladigan hollar: qorin bo‘shlig‘idagi o‘tkir yallig‘lanish (appenditsit, xoletsistit,




a b


d e

98- raxm. Isitgichni qo‘llash.


pankreatit), o‘smalar, qon oqishi, lat yeyish (dastlabki soatlarda) hisoblanadi. Tibbiyotda rezinali va elektr isitgichlar ishlatiladi. Rezinali isitgichning sig‘imi 1—1,5 litr, tiqini yaxshi burab berkitiladigan yoki to‘rtburchak shaklga ega bo‘lgan moslamadan iborat.


Ixitgich qo‘yixh algoritmi:

  1. Isitgichning butunligi tekshiriladi.

  2. Uning 3/4 qismi issiq suv bilan to‘ldiriladi.

  3. Havo chiqarib yuboriladi.

  4. Isitgich og‘zi tiqin bilan mahkamlanadi.

  5. Isitgichning og‘zini pastga qaratib, qopqoqning zichligi tekshi- riladi.

  6. Isitgich sochiqqa o‘ralib bemoming kerakli joyiga qo‘yiladi.

  7. Isitgich 20 daqiqa davomida qo‘yiladi.

Og‘ir yotgan bemorlar issiqlik ta'sirini hamma vaqt ham sezaver- masliklari sababli isitgichdan kuyib qolishlari mumkin. Terida qizarish (pigmentatsiya) hosil bo‘lmasligi uchun unga vazelin yoki yog‘ surtish lozim. Hushsiz holatdagi, teri sezuvchanligi yo‘qolgan bemorlar bilan ishlashda alohida ehtiyotkorlik lozim bo‘ladi. 'uvli isitgichlar o‘rniga elektr isitgich qo‘llash mumkin. Uning issiqlik darajasi reostat bilan boshqariladi (98- rasm, a, b, d, e).

Xantal qo,yish


Xantallar terini ta'sirlantiradi va teridagi qon tomirlarining efirli xantal moyidan kengayishi bilan bemor terisiga ta'sir ko‘rsatadi.


Ko‘rsatmalar: xantallar og‘riqda, o‘pka yoki bronxlar yallig‘lan- ganda, qon tomirlar spazmida va boshqa qator kasalliklarda qo‘l- laniladi.


a b
d e

99- raxm. Xantal qo‘yish.


Fabrikada tayyorlangan xantal o‘lchami 12×18 sm qog‘oz bo‘lagi- dan iborat bo‘lib, unga maxsus usulda quruq xantal yopishtirilgan bo‘ladi. 'ifatli xantallar sifatsizidan o‘tkir xantal moyining hidi kelib turishi va uqalanib ketmasligi bilan farq qiladi.


Monelik qiluvchi hollar: teri kasalliklarida, qon oqishida xantal qo‘yish mumkin emas.
Teri dog‘lari yuz bermasligi uchun xantalni har gal bitta joyga qo‘ya- vermaslik tavsiya etiladi. Tayyor xantallardan yuqori nafas yo‘llari kasalliklari bilan bir qatorda arterial bosimni pasaytirish uchun oyoqqa xantalli vannalar qilinadi (suv harorati 50˚C, xantal miqdori bir chelak suvga 50 g, vanna muddati 20—30 daqiqa). Vanna qilingandan so‘ng oyoqni iliq suv bilan chayib yaxshilab artiladi, bemor o‘rniga yot- qiziladi.
Muolaja algoritmi:

  1. Xantal sifati tekshiriladi.

  2. Kerakli narsalar qulay joyga qo‘yiladi.

  3. Bemorni qorni bilan qulay holatda yotqiziladi.

  4. Bemor terisini ko‘zdan kechirib, monelik hollari tekshiriladi.

  5. Teri quruq sochiq bilan artiladi.

  6. Lotokka 40—45˚C li iliq suv solinadi.

  7. 'uvga xantalli qog‘ozlar birin-ketin botirib olinadi.

  8. 'uvga botirib olingan xantal qog‘ozlarni bemorning kurak sohasiga umurtqa pog‘onasini 2 sm chetlab 5—6 ta qo‘yiladi.

  9. Ustidan quruq yumshoq sochiq bilan yopiladi.

  10. Bemordan badani achishyaptimi yoki yo‘qligini so‘rab xantal- larning to‘g‘ri qo‘yilganligi aniqlanadi.

  11. Bu holatda bemor 15—20 daqiqa yotadi.

  12. Vaqt o‘tishi bilan xantallar bemor badanidan birin-ketin olinadi.

  13. Xantal olingandan so‘ng teri iliq suv bilan yuviladi, quritib artiladi.

  14. Bemor kiyintiriladi va yaxshilab o‘rab qo‘yiladi.

Eslatma: 1. Xantal o‘z vaqtida olinmasa terini kuydirishi mumkin.

  1. Uni gazeta ustidan qo‘yish aslo mumkin emas, chunki xantal moyining teriga bevosita ta'siri yo‘qoladi.

  2. Ba'zan xantallar mum qog‘oz, doka ustidan qo‘yiladi.

  3. Xantallarni quruq va qorong‘i joyda saqlash lozim. 'aqlash muddati 8—10 oy (99- rasm, a, b, d, e).

Bemorga mu7li xaltacha qo,yish


Quruq sovuqning teriga ta'siri natijasida qon tomirlari torayishi va chuqur joylashgan to‘qimalarda sezgining pasayishi kuzatiladi.


Muzli xaltacha qon ketganda, qorin bo‘shlig‘ida o‘tkir yallig‘lanish holatlarida, lat yeganda, isitma ko‘tarilganda, operatsiyadan keyingi davrda qo‘llaniladi.
'uvli xaltachani muzlatgichning sovitish kamerasiga qo‘yib muz- latish mumkin emas, chunki suv muzlatgich katta yaxlit sath hosil qiladi, bu esa qo‘llash jarayonida ma'lum joyning yallig‘lanishiga olib keladi.
Muolaja algoritmi:

  1. Muzli xaltachaning butunligi tekshiriladi.

  2. Muzlatgichda oldindan tayyorlab qo‘yilgan muz parchalari xaltachaga solinadi, so‘ng ustiga 12—14˚C haroratga ega bo‘lgan suv solinadi.

  3. Xaltacha og‘zi burab mahkamlanadi.

  4. Muzlar (xaltachada) bir tekisda joylanishi uchun xaltacha ikkala qo‘l bilan bir necha marotaba qo‘zg‘atiladi.

  5. Xaltachadagi muzlar erib xaltacha ho‘l bo‘lib qolsa, u artib turiladi.

  6. Muzli xaltachani uzoq vaqt qo‘llash mumkin, lekin har 10—15 daqiqadan so‘ng tanaffus qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Muz solinadigan xaltacha quruq holda saqlanadi (100- rasm, a, b, d).



a b d

100- raxm. Muzli xaltachani qo‘llash.


Kompresslar

Homprexx — chalg‘ituvchi va so‘ruvchi vosita sifatida ta'sir qila- digan ko‘p qavatli davolovchi bog‘lam bo‘lib, ularning quruq, nam, mahalliy hamda umumiy, sovuq, isituvchi va dorili turlari mavjud.


Kompresslar terining mahalliy yallig‘lanishida, teri osti yog‘ qatlamlari yallig‘lanishida, bo‘g‘imlarda, o‘rta quloqda, lat yeganda (1 sutkadan so‘ng) qo‘llaniladi. Isituvchi kompresslar teridagi yuza va chuqur joylashgan qon tomirlarning maium vaqtgacha kengayishini yuzaga keltiradi. 'huning natijasida shu joyga qon oqib kelib, yallig‘lanish jarayoni so‘riladi va og‘riq kamayadi. Isituvchi kompressni tananing istalgan joyiga qo‘yish mumkin.
Qo‘llanishiga monelik qiluvchi hollar: teri kasalliklari, yuqori harorat (38˚C dan oshiq), o‘pkadan qon oqishi, teri sezuvchanligining yo‘qolishida, o‘smalar va hokazolarda.

Mahalliy isituvchi kompress qo,yish


Muolaja algoritmi:



  1. Bemorning isituvchi kompress qo‘yiladigan joyi ko‘zdan kechi- riladi.

  2. Kerakli narsalarni tayyorlab qulay joyga qo‘yiladi.

  3. Bir boiak oq surp yoki doka uch buklanadi.

  4. 'urp 10—12˚C dagi 70% li spirtli eritmaga botirilib, ortiqcha suyuqlik siqib tashlanadi.

  5. Eritmaga botirilgan surp bemor badani kerakli qismiga qo‘yiladi.

  6. Uning ustidan 2 sm ga keng bo‘lgan kleyonka yoki mum qog‘oz yopiladi.

  7. Ustidan yana 2—3 sm ga keng bo‘lgan paxta yopiladi.


101- raxm. Isituvchi kompress qo‘yish.



10k- raxm. 'ovuq kompress qo‘yish.



  1. Bularning hammasi bint yoki issiq ro‘mol yordamida mahkam qilib o‘raladi.

  2. Kompressning to‘g‘ri qo‘yilganligi tekshirib ko‘riladi. Bunda ko‘rsatkich barmoq bog‘lam tagiga kiritilib, ichki qatlamning namligi aniqlanadi (1,5—2 soatdan so‘ng).

  3. Qatlam nam bo‘lsa, kompress to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi.

  4. 6—8 soat o‘tgach, kompress olib tashlanadi, teri quritib artiladi. Isituvchi kompress terining katta sathiga qo‘yilgan bo‘lsa, bemorlar o‘rinda yotishlari kerak. 'pirtli kompresslar tez bug‘lanib qurishi sababli ularni tez-tez almashtirishga to‘g‘ri keladi. Bunday kompresslarni uzoq vaqt qo‘llash mumkin emas, chunki ular terini qattiq ta'sirlantiradi

(101- rasm, a, b, d, e).
Sovuq komprexxlar — lat yeganda, jarohatlanganda, qon oqqanda, yuqori haroratda qo‘yiladi.
Ular mahalliy sovitadi va qon tomirini toraytiradi, qon to‘liqligini hamda og‘riqni kamaytiradi. 'ovuq kompress uchun bir necha qavat qilib buklangan doka yoki oq surp parchasi olib uni sovuq suvda ho‘llanadi, siqiladi, kerakli joyga 2—3 daqiqa kompress isiguncha qo‘yiladi, so‘ngra yangisi bilan almashtiriladi (102- rasm, a, b).
Bug‘laxh — mahalliy yallig‘lanish jarayonlarida ularni tezroq yo‘qotish uchun qo‘llaniladi. Buning uchun zig‘ir urug‘i, kepak yoki qumdan foydalaniladi. Qum qizdirilib, xaltachalarga solinadi va teriga qo‘yiladi. Ustidan kleyonka, jun ro‘mol yopiladi. Bug‘lashda uning sovishini sekinlashtirish uchun ustidan isitgich qo‘yiladi.

Zuluklarni qo,llash — girudoterapiya


Zuluklar chuchuk suvlarda yashaydigan ikki jinsli chuvalchanglardir. Ularning so‘lak bezlarida qon ivuvchanligini pasaytiruvchi girudin moddasi bo‘ladi.


Ho‘rxatmalar: zuluklar mahalliy qon chiqarishda qo‘llaniladi.
Monelik qiladigan hollar, qon ivish tizimining buzilishi, teri kasallik- lari, kamqonlik va ayni vaqtda antikaogulantlar bilan davolashdir. Zuluklar qon so‘ribgina qolmay, balki unga maxsus modda — girudin ajratadi, bu modda qonning ivish xususiyatini pasaytirib, shifobaxsh ta'sir ko‘rsatadi. Zuluk solingandan so‘ng arterial bosim pasayadi. Bitta zuluk
2 ml dan 10 mlgacha qon so‘rishi mumkin. Ularni chuchuk suv yoki vodoprovod suvida, havo bilan ta'minlangan holda bankalarda saq- lanadi. 'uvni har kuni yangilab turish lozim. Banka yorug‘ joyda, xona haroratida saqlangani ma'qul. Ko‘proq suvda tez harakat qilib yuradigan sog‘lom och zuluklar ishlatiladi. Odatda, 6 dan 10 tagacha zuluk solinadi. Zuluklarni vena va arteriyalar joylashgan sohalarga qo‘yib bo‘lmaydi, chunki ular yupqa va sezuvchan, teri to‘qimasi nozik (qovoqlar, yorg‘oq) joylarni tishlab olishi mumkin.
Muolaja algoritmi:

  1. Ishlatiladigan zuluklarning sog‘lomligi ko‘zdan kechiriladi.

  2. Kerakli ashyolarni tayyorlab, qulay joylashtiriladi.

  3. Bemor qulay vaziyatda yotqiziladi.

  4. Hamshira qo‘lini zararsizlantiradi va qo‘lqop kiyadi.

  5. Bemorning zuluk qo‘yiladigan joylari tuklardan tozalanadi.

  6. Teri vodorod peroksidi yoki iliq suv, spirt bilan artiladi.

  7. 'teril paxtani iliq suvga ho‘llab yana bir marotaba artiladi.

  8. Pinset yordamida zuluklarning boshi yuqoriga qaratib steril probirkaga solinadi.

  9. Zulukli probirka bemor tanasining tayyorlangan qismiga yaqin- lashtirilib zuluklar teriga tekkiziladi va terini tishlab olgunicha ushlab turiladi.

  10. Bir necha daqiqa zulukning ishi kuzatiladi, sog‘lom zuluk to‘lqinsimon harakat qiladi.

  11. Zuluklar qon so‘rib bo‘lgandan so‘ng 20 daqiqa, 1 soat o‘tgach, o‘zlari ko‘chib tushishadi.

  12. 'hu vaqtda maxsus idish zuluklar qo‘yilgan joylarga yaqinlash- tiriladi va to‘ygan zuluk shu idishga tushadi.

  13. Zuluk tishlagan joyni yod yoki spirt bilan artish man etiladi.

  14. Bir sutkaga steril bog‘lam qo‘yiladi.

  15. Bemorning umumiy ahvoli kuzatiladi (103- rasm, a, b, d, e). Eslatma: 1. Nosog‘lom zuluklar sust harakatlanadi va tez tushadi.

  1. 'og‘lom zuluk harakatlari sust bo‘lib qolsa, ustidan iliq suvga ho‘llangan paxta ohista yurgiziladi.

  2. Tushib ketgan zuluklar qayta qo‘yilmaydi.

  3. O‘zi tushmagan zuluklar yopishgan joyga 1—2 tomchi tuzli erit- ma tomiziladi.

  4. Zuluk tishlagan joydan 24 soatgacha qon chiqib turishi mumkin.

  5. 'teril bog‘lam almashtirilib turiladi.



a b
d e

103- raxm. Zuluk qo‘yish.


Asoratlari: aseptika qoidalari buzilganda mahalliy asoratlar ro‘y berishi, jarohat atrofidagi terining qichishi yoki chipqon chiqishi mumkin. Qichishishni yo‘qotish uchun jarohat atrofiga barobar miqdordagi nashatir spirti bilan vazelin aralashmasini surtish mumkin. Zuluk solinadigan bemorlarni sinchiklab parvarish qilish zarur. Bemorning pulsi va arterial bosimini kuzatib borish lozim, chunki zuluk solishdan so‘ng u pasayadi. Zuluk solingandan 2—3 kun o‘tgandan keyin ham jarohat qonab tursa va bosib turadigan bog‘lam foyda bermasa, jarohatni kaliy permanganatning to‘ymgan eritmasiga namlangan steril sharcha bilan bog‘lab qo‘yiladi.





    1. Download 4,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish