2 Hamshiralik p65


Bemorlar qovug‘ini kateterlaxhning ahamiyati, maqxad va vazifalari



Download 4,42 Mb.
bet30/38
Sana07.04.2022
Hajmi4,42 Mb.
#535004
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
hamshiralik ishi asoslari

Bemorlar qovug‘ini kateterlaxhning ahamiyati, maqxad va vazifalari


Siydik tutilixhi (ixhuriya) — to‘lib ketgan qovuqni bo‘shatib bo‘lmaslik, siydik yo‘liga tosh tiqilib qolishi, yallig‘lanib ketgan parda, o‘sib ketgan o‘sma yoki tortishib qolgan chandig‘ tufayli siydik chiqarish kanali o‘tkazuvchanligining buzilishidan vujudga kelishi mumkin. 'iydik tutilishi ko‘pincha keksa yoshdagi erkaklarda o‘sib, kattalashgan prostata bezining siydik chiqarish kanalini bosib qo‘yishi natijasida kelib chiqadi.


'iydik tutilishi nerv boshqaruvining buzilishi sababli ro‘y beradigan ishuriya markazi va periferik nerv tizimining har xil kasalliklarida paydo bo‘ladi. Bu vegetativ nerv tizimining buzilishi munosabati bilan operatsiya va tug‘uruqdan keyingi davrda uchrab turadigan asorat hisoblanadi.
'iydik tutilishi o‘tkir, surunkali, to‘liq va chala bo‘lishi, azob beradigan darajada zahar tang qilishi bilan va busiz o‘tishi mumkin. 'iydik chala tutilganda me'yorda to‘la va kuchli bo‘lib turgan siydik oqimi ingichka, jildiragan, uzuq-yuluq bo‘lib qoladi, ba'zan tomchilab turadi. Bunday bemorlarni parvarish qilayotgan hamshiraning vazifasi bemor qovug‘ini bo‘shatdimi-yo‘qmi, uni kuniga necha marotaba bo‘shatganini va qancha siydik ajratganini kuzatishdan iborat. Asab tizimi kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarga alohida e'tibor berish lozim, bunday xastaliklar aksariyat qovuqning falajlanishi va sfinkterning spazmi bilan o‘tadi, ayni vaqtda bemorning siygisi keladi, natijada, g‘oyat to‘lib va cho‘zilib ketgan qovuq yorilishi mumkin. Operatsiya yoki tug‘uruqdan keyin, shuningdek, biron kasallikda 6 soat ichida siydik kelmasa imkoni boricha kateter solmasdan turib qovuqni bo‘shatish choralarini ko‘rish lozim. Ko‘pincha bemorni yolg‘iz qoldirish yoki uni o‘tirgan holatda ushlab turishning o‘zi kifoya. Ko‘pincha jo‘mrakdan shildirab oqayotgan suv oqimi siydik ajralish refleksini vujudga keltiradi. 'iydik ajratish maqsadida ayrim hollarda qorinning pastki qismiga isitgich qo‘yiladi. Xuddi shu maqsadda ayollarda tashqi jinsiy a'zolari iliq suvda chayiladi yoki jinsiy olat (erkakiarda) iliq suvga solib turiladi.
Qovuqni kateterlash

Hateterlaxh — siydik chiqarish, qovuqni yuvish, unga dori modda- sini kiritish yoki tekshirish uchun siydik olish maqsadida qovuqqa kate- ter kiritishdir. Kateterlash yumshoq va qattiq kateterlar yordamida amalga oshiriladi.


Yumxhoq kateter uzunligi 25—30 sm va diametri 10 mm gacha bo‘lgan elastik rezina naychadan iborat. Kateterning yuqori uchi yuma- loqlangan, berk bo‘lib, yon tomonida teshigi bor. Kateterning tashqi uchi qiyshiq kesilgan yoki voronkasimon kengaytirilgan bo‘ladi. Kateter qo‘llanishdan oldin 10—15 daqiqa mobaynida qaynatiladi. Rezinali kateterlar shisha idishlarda 2% li borat yoki karbon kislota eritmasida saqlanadi, aks holda qurib elastikligini yo‘qotadi va mo‘rt bo‘lib qoladi. Qattiq kateterlar (metall kateter): kateter, o‘q (sterjen) va tum- shuqdan iborat. Erkaklar kateterining uzunligi 30 sm gacha, ayollarniki
12—15 sm.

Ayollarda qovuqni kateterlash


Kerakli ashyolar: yumshoq kateter, vazelin moyi, pinset, steril paxta tamponi, lotok, qo‘lqop, zararsizlantiruvchi eritma.


Muolaja algoritmi:

  1. Hamshira barcha kerakli narsalarni tayyorlab qo‘yishi lozim: steril kateter, lotok, steril salfetka yoki paxta tamponi, vazelin moyi, zararsizlantiruvchi eritma, pinset, qo‘lqop.

  2. Hamshira qo‘lini iliq suvda sovunlab yuvadi, barmoqlar va tirnoq atroflarini spirtli eritma bilan artadi.



a b

d e


69- raxm. Ayollarda qovuqni kateterlash.



  1. Bemor osti yuviladi. Hamshira o‘ng tomonda turadi, chap qo‘l bilan jinsiy lablar keriladi, o‘ng qo‘l bilan esa jinsiy a'zolar va siydik a'zolar, siydik chiqarish yo‘li teshigi yuqoridan pastga tomon (orqa chiqaruv teshigi yo‘nalishiga tomon) biror zararsizlantiruvchi eritma bilan yaxshilab artiladi.

  2. Zararsizlantirilgan, vazelin moyi surtilgan ayollar kateteri pinset bilan olinadi va siydik chiqarish yo‘lining tashqi teshigiga ehtiyotlik bilan kiritiladi. Kateterning tashqi uchida siydik ko‘rinishi uning qovuqqa tushganligini bildiradi. Qorin devori orqali qovuq sohasini biroz bosish mumkin, so‘ngra kateterni asta-sekin chiqarsa bo‘ladi, shunda siydikning qolgan ozroq miqdori siydik chiqarish yo‘lini yuvib chiqadi.

  3. Kateter zararsizlantiruvchi eritmaga bo‘ktiriladi, qo‘lqop yechiladi.

Aseptika va antiseptika qoidalariga qattiq rioya qilish lozim. Kate- terni qo‘llashdan oldin 10—15 daqiqa qaynatish muhim hisoblanadi (69- rasm, a, b, d, e).

Erkaklarda qovuqni kateterlash


Erkaklarga kateter kiritish birmuncha qiyin, chunki ularda siydik kanalining uzunligi 20—25 sm bo‘ladi va ikkita fiziologik torayish hosil qilib, ular kateterning o‘tishi uchun to‘sqinlik qiladi. Bemor muolaja vaqtida oyoqlarini tizzasidan ozroq bukib chalqancha yotadi. Oyoq panjalari orasida siydikdon, lotok yoki tuvak qo‘yilib, siydik kateterdan shu idishga oqib tushadi.


Kerakli ashyolar: steril «Foleya» kateteri, steril salfetkalar, lotok, 2 juft qo‘lqop, vazelin moyi, kleyonka, tuvak.
Muolaja algoritmi:

  1. Bemorga muolajaning maqsadi va yo‘nalashi tushuntiriladi.

  2. Hamshira zararsizlantirilgan kateter, steril salfetkalar, lotok, qo‘lqop, vazelin moyi tayyorlashi lozim.

  3. Bemor tagiga kleyonka to‘shaladi.

  4. Hamshira qo‘lini yuvadi va qo‘lqop kiyadi.

  5. Bemorga qulay holat yaratish lozim (yarim o‘tirgan holda).

  6. Bemor sonlari orasiga steril salfetkali lotok va ishlatilgan salfetkani tashlash uchun lotok qo‘yiladi.

  7. Jinsiy olat chap qo‘lning III va IV barmoqlari orasiga olinadi va I, II barmoqlar bilan tashqi siydik chiqarish yo‘li teshigi keriladi.

  8. O‘ng qo‘ldagi antiseptik eritmaga ho‘llangan steril salfetka bilan jinsiy olatning boshchasi artiladi, so‘ng quruq salfetka bilan 2 marotaba quritiladi.

  9. Qo‘lqop yangilanadi.

a b d
e f g

70- raxm. Erkaklarga


h i kateter kiritish.



  1. Kateter uchiga yaqinroq qismidan ushlanadi, qolgan qismi shu qo‘lning IV va V barmoqlari bilan kaftga bosilib turiladi.

  2. Kateter moyga botirib olinadi va asta-sekin, ko‘p kuch sarfla- may siydik chiqarish kanaliga kiritiladi hamda qovuq tomon siljitiladi.

  3. 'iydikning paydo bo‘lishi kateterning qovuqda ekanligidan dalolat beradi.

  4. 'iydik chiqarib olingandan so‘ng, kateter olib tashlanadi (70-rasm).



Qovuqni yuvish

Qovuq yiring, to‘qimalarning parchalanish mahsulotlarini mexanik chiqarish uchun, shuningdek, sistoskop kiritishdan oldin yuviladi. Odatda, qovuq rezina kateter yordamida yuviladi. Yuvishdan keyin bemor 30— 60 daqiqa yotishi zarur.


Kerakli ashyolar: zararsizlantiruvchi eritma, rezina kateter, rezina naycha, vazelin. Esmarx krujkasi, Jane shprisi, pinset.
Muolaja algoritmi:

  1. Oldin qovuqning sig‘imi aniqlanadi, buning uchun bir marta ajratilgan siydik miqdori o‘lchanadi.

  2. Kaliy permanganat, furatsillin yoki 2% li borat kislota eritma- sidan foydalaniladi.

  3. Bemor chalqanchasiga yotqizilib, oyoqlari tizza hamda chanoq- son bo‘g‘imidan bukiladi va imkon boricha ikki tomonga keriladi.

  4. Qovuqqa kateter kiritilib siydik chiqarilgach, Esmarx krujkasining rezina naychasiga ulanadi.

  5. Qovuqning sig‘imiga qarab Esmarx krujkasiga zararsizlantiruvchi eritma quyiladi va uni tiniq suv paydo bo‘lguncha yuviladi, shundan so‘ng sistoskop kiritilmaydigan bo‘lsa, siydik pufagining yarmigacha eritma bilan to‘ldiriladi va kateterni chiqarib olinadi.

  6. Odatda, qovuq 10—12 marotaba yuviladi.




    1. Download 4,42 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish