23. Hissiy bilish – inson bilishining dastlabki bosqichi. Miyada predmet-hodisalarning tashqi tomon, belgilari aks etib, signal va hissiy obrazlari hosil bo‘ladi. U his qilish, sezgi, idrok va tasavvur kabi shakllarda sodir bo‘ladi.
His qilish – kishi o‘zi, atrofdagi narsa, hodisa, kishi yoki kishilarga munosabatida o‘zining muayyan holatga kirishi.
Sezgi esa inson sezgi a’zolariga predmet-hodisalarning bevosita yoki bilvosita ta’siri natijasida yuzaga keladigan hissiy obrazlardir. Sezgi a’zolari: ko‘rish, ta’m, hid, teri va eshitish sezgisi.
Idrok borliqdagi predmet-hodisalarni yaxlit holda, ularning hamma asosiy tashqi belgi va xususiyatlarini umumlashtirgan holda in’ikos ettiruvchi hissiy obrazidir.
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin bir-biri bilan bo‘lgan aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni umumlashtirish, shu asosda yangi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq.
Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Xususan, nazariyani yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, hususiyatlarini aks ettiruvchi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatishga, predmet haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga, uning mohiyatini tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan belgilanadi.
24. «Avesto» 21 kitobdan iborat: 7 kitob dunyo va insoniyat tarixi, 7 kitob inson ahloqi va huquqlari, 7 kitob tibbiyot, ilmiy-hay’at hamda aniq fanlarga oid bilimlar haqida bo‘lgan. Asar mazmunini tashkil etgan diniy-falsafiy g‘oyalar er.av. bir qancha asrlar davomida shakllanib, to‘planib, rivojlantirilib borilgan. Nihoyat, er.av. VI-V asrlarda Zardusht tomonidan tartib berilib, kitob holiga keltirilgan. Afsuski, bu kitobning to‘rtdan bir qismi bizgacha yetib kelgan. Hozir mavjud «Avesto»: «Gotlar», «Yashta» (yoki «Yasna») va «Videvdat» qismlardan iborat, «Gotlar» eng qadimgi hisoblanadi. Qolgan qismlari esa sosoniylar davrida sosoniylar davlati manfaatlaridan kelib chiqib qayta tiklangan. «Avesto»da uch jihat insonning insoniyligini ta’minlovchi asosiy fazilatlar ekanligi aytiladi: 1). Ezgu fikr; 2) Ezgu so‘z; 3) Ezgu amal. Shu fazilatlar sohibi oliy haqiqatga musharraf bo‘ladi. Bularga erishishning asosiy vositasi mehnat qilish, o‘rganish, izlash, o‘z ustida tinmay ishlashdir. Xullas, «Avesto»da ilgari surilgan diniy-falsafiy ta’limot, zardushtiylik g‘oyalari keyingi davrlar Sharq va Yevropa diniy-falsafiy ta’limotlarining shakllanishida muhim rol o‘ynadi
Do'stlaringiz bilan baham: |