Qarama-qarshilik borliqdagi narsa, hodisa va jarayonlarning o‘zaro bir-birini istisno qiladigan, ayni paytda, bir-birini taqozo etuvchi tomon, tamoyil va kuchlarining o‘zaro munosabatlaridir.
Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi hamma soha(tabiat, jamiyat va inson tafakkuri)da amal qiladi. Ammo har bir sohadagi ziddiyatlarni konkret o‘rganish muhim. Chunki ziddiyatlar juda xilma-xil: ichki va tashqi, asosiy va asosiy bo‘lmagan, antagonistik va noantagonistik...
Ichki ziddiyat – narsa-hodisalar ichidagi qarama-qarshi tomon, kuchlar o‘rtasidagi ziddiyatlar.
Tashqi ziddiyat – narsalar va hodisalar o‘rtasidagi ziddiyatlar. Lekin bunday turkumlash nisbiy bo‘lib, bir munosabatda ichki, boshqasida tashqi ziddiyat hisoblanishi mumkin. Masalan, turli tuzumdagi davlatlararo ziddiyat tashqi ziddiyat, ammo kishilik jamiyati miqyosida olinsa, ular ichki ziddiyatlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |