Jamiyatni diniy, naturalistik va falsafiy tushunish. Kishilarda dastlab jamiyat to‘g‘risida hayoliy mifologik, asta-sekin diniy qarashlar paydo bo‘ldi. Diniy qarashlarga ko‘ra, jamiyat Xudo tomonidan yaratilgan. Jamiyatning mohiyati, uning mavjudligi va taraqqiyotini Xudo belgilaydi, har qanday voqea, hodisa Uning irodasi bilan sodir bo‘ladi.
Jamiyat va ilm-fanning taraqqiy eta borishi bilan jamiyat haqidagi qarashlar ham o‘zgarib, rivojlanib bordi. Jamiyat to‘g‘risidagi mifologik, diniy, tabiiy-ilmiy, falsafiy qarashlarni bizgacha yetib kelgan qadimiy yozma yodgorliklar, xususan, muqaddas diniy kitoblardan topamiz. «Avesto»da, qadimgi Hindiston, Xitoy va Yunonistond manbalarida jamiyat, uning mohiyati, mazmuni, rivojlanishi, jamiyat hodisalari, jamiyatni boshqarish, adolatli jamiyatni qurish haqida qimmatli qarashlar bayon qilingan. Xususan, Aflotun va Arastu mukammal, mo‘tadil jamiyatni barpo qilish g‘oyalarini ilgari surishgan.
21. Antropologiya insondagi insoniylikning namoyon bo‘lishi va rivojlanishini ruh bilan bog‘laydi. I.Kant insondagi axloqiy jihatlarga ko‘proq e’tibor bergan, uni ezgulikni yovuzlikdan farqlovchi mavjudot sifatida ta’riflagan. Vladimir Solovev fikricha, inson o‘zining tuban mayl va gunohlaridan uyalish qobiliyatiga ega. Faqat odamlar, umuman tirik jonga achinish va muqaddas kuchlarga sig‘inish insongagina xos.
Inson tabiati – g‘oyat murakkab, unda hayvoniy va ilohiy sifatlar mujassam. Insonni o‘rganadigan fan – Antropologiya inson mohiyati, uning tabiat va jamiyatdagi o‘rni, o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Antropologiyada «men», «ong», «shaxs», «ruh» tushunchalari qo‘llanadi. «Men» – insonningong tufayli o‘zligini tashqi olamdan, real borliqdan farqlashi. Boshqa narsalar insonga begona voqelik bo‘lib tuyuladi. Shaxs esa insonning mustaqilligidir.
Inson o‘z hayoti davomida tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Tana ehtiyojlarini qondirish inson borlig‘ining birlamchi sharti hisoblanadi. Biroq hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo‘lish, tanparastlik, lazzatlanish, boylikka ruju qo‘yishdan iborat emas. Inson ruhiga ham oziq kerak. Yuksak ma’naviyat insonni ruhan poklaydi, iymon-e’tiqodini mustahkamlaydi.
Ayrim kishilar millat, Vatan, xalq manfaatlariga zid ravishda jamiyatdagi mavjud qonun-qoida va me’yorlarni poymol etib, turli ixtiloflarni keltirib chiqarishga harakat qiladi. O‘z niyatlari yo‘lida hatto jinoiy guruhlarga birlashadilar, milliy totuvlik, tinchlik va barqarorlikka raxna soladi, ma’naviy-axloqiy muhitni buzadi, kishilarning ijtimoiy adolatga bo‘lgan ishonchini susaytiradi, barkamol insonni voyaga yetkazishga qarshilik ko‘rsatadi. Ular turli ziddiyatlarni keltirib chiqaruvchi firibgarlar, hokimiyatga intiluvchi ekstremistlar, korrupsiya va jinoyatchilik olami vakillari, giyohvand, poraxo‘r, terrorchi va shuhratparastlar kabilardir.
Demokratik jamiyat inson huquqlarini ta’minlashni maqsadi yo‘lida bunday kishilarni tarbiyalash, ularni ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish, kishilar ongida milliy manfaat va ijtimoiy qadriyatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |