Siyosiy instituti boʻlib, shu jamiyat yashayotgan



Download 165,21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.09.2022
Hajmi165,21 Kb.
#850100
Bog'liq
Davlat - Vikipediya



Davlat
Davlat — 
jamiyatning
 oliy 
siyosiy instituti
boʻlib, shu jamiyat yashayotgan 
mamlakat fuqarolari
manfaatini himoya qilish uchun oʻrnatiladi. 
Davlatlar
mamlakat chegaralarini himoya qiladi,
boshqa mamlakatlar bilan aloqada boʻladi, qonunchilik bilan shugʻullanadi va hokazo. Mamlakat
miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilib, uning tashqi munosabatlarini belgilash
vakolatlari boʻlgan hukmron tuzilma hisoblanadi. D. jamiyatni oʻz qonun-qoidalariga koʻra idora
qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. D. toʻgʻrisidagi nazariya huquqshunoslikning muhim
sohasi hisoblanadi. D. va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari
haqida turlicha fikrlar mavjud.
D. masalasi haqidagi qarashlar, taʼlimotlar. D. hokimiyati hamda huquqiy xayot hodisalari hamma
zamonlarda alohida dolzarblik kasb etib kelgan. D. toʻgʻrisidagi ilk tushuncha va qarashlar mil.
av. taxminan 4—3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo boʻlgan. Ular
asosan diniy-mifologik harakterda edi. Avesto taʼlimotiga koʻra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3
axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu soʻz, ezgu amalga tayanadi. D.ning vazifasi yovuzlikka
qar-shi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtlisaodatli hayotini taʼminlashdir. Islom dini taʼlimoti
boʻyicha, Allohnpng oʻzi oliy qonun sohibi. Uning talablari, koʻrsatmalari pay-gʻambarlar orqali
insonlarga yetkaziladi. D. boshliqlari — podsholar, xonlar xudoning yerdagi soyasi, vakili
hisoblanadi.
Diniy-mifologik taʼlimotlar bilan birga, keyinchalik D. toʻgʻrisidagi dunyoviy qarashlar, gʻoyalar
rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Beruniy, J.J.Russo, G.Grotsiy, Spinoza, Lokk,
Monteskye, Kant, Jefferson va b. katta hissa qoʻshdilar. Bugungi dunyoviy D.larda ana shu
mutafakkirlar taʼlimotlari muayyan darajada oʻz aksini topgan. Aristotel qam, Forobiy ham
insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va oʻz ezgu orzulariga erishishlarida tabiat
insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosida D.ga
birlashadilar, deb hisoblagan. D.ga jamiyatda tinchlikni, tartibni taʼminlovchi, jamiyatni idora


qiluvchi hokimi-yat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yoʻlida
tuzilgan erkin kishilarning mukam-mal ittifoqi" (Grotsiy), "D. huquqiy qonunlar himoyasida
boʻlgan koʻpchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). Gʻarbiy yevropalik olim J. Boden "D. ichki
va tashqi siyosatda mustaqildir", deyish bilan suverenitet, suveren hokimiyat haqidagi fikrni
ilgari surgan. Fransuz mutafakkiri J.J. Russo esa suverenitet xalqniki degan edi. T. Gobbs bu
xususda oʻzicha tavsif berib, suverenitet sohibi bir shaxs, davlat boshligʻi yoki bir necha
kishilar boʻli-shi mumkinligini eʼtirof etgan. U D. zimmasiga "qoʻl ostidagilarga tinchtotuvlikni
baxsh etish, ular xavfsizligini taʼminlash yuklatiladi", deb yozgan. D. haqidagi nazariyalar
qanchalik xilmaxil boʻlmasin, D.ning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni oʻz
yoʻli bilan kechdi.
Dastlabki D.lar sugʻoriladigan dehqonchilik hududlari — Misr, Mesopotamiya, Elam (hoz. Eron
hududida), Hindiston va Xitoyda bundan 3,5—5 ming yillar muqaddam vujudga keldi. Sugʻorish
shoxobchalarini bunyod etish bilan mehnat unumdorligining keskin oshishi ularning yuzaga
kelishiga sabab boʻldi. D.ning tashkil topish jarayonida piramida shaklida bunyod etilgan jamiyat
vujudga keldi: eng yuqorida yagona hukmdor (podshoh, firʼavn, xon va q.k.), quyiroqda — uning
eng yaqin safdoshlari, maslahatchilari (vazirlar, amirlar) turardi. Ulardan keyin quyi martabali
amal-dorlar, piramidaning asosini esa, qishloq jamoalari tashkil etardi. D. oliy hukmdor sanalib,
jonli-jonsiz hamma narsalarga, barcha fuqarolarning ham hayoti, ham mulkiga egalik qilardi.
Jamiyatning barqaror tabiati D.ning tub oʻzgarishlarsiz yashashini taʼminlab keldi. Chunonchi,
qad. Misr D.i mil. av. 4—3-ming yilliklarda paydo boʻlib, 30 a.dan koʻproq yashadi. Gʻarb davlatlari
Sharq D.laridan ancha keyin paydo boʻlgan, biroq ular ancha tez rivojlangan. Yevropa ijtimoiy
jamiyatidagi oʻzgarishlar D.larning yangi-yangi tiplarini vujudga keltirib chiqargan.
Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchiligi tarixi ancha qadim ildizlarga ega. Buni arxeologiya
fani va yozma manbalar isbotlaydi. Jumladan, Avesto, axomaniplar davri mixsimon yozuvlari va
qad. dunyo (Yunonrim) davriga taallukli manbalarda bu yurtdagi viloyatlarning nomlary, aholining
tur-mushi, dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan
tanishish mum-kin. Oʻzbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilik tizimiga oʻtish jarayoni mil. av. 2-
ming yillikning oʻrtalarida boshlandi. Mil. av. 7—6-asrlarda Oʻrta Osiyo hududida eng yirik D.lar —
"Katta Xorazm" va qad. Baqtriya podsholigi mavjud edi. Soʻgʻdiyona va Fargʻona vi-loyatlari qad.
tarixning iqtisodiy va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻldi. Asrlar davomida oʻzbek
xalqi ajdodlari chet el bosqinchilari (axomaniylar, yunon-makedonlar)ga qarshi kurash olib
bordilar. Turli sulolalar davrida siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar oʻzgarib turdi. Keyingi
Davlatchilikning yuzaga kelishi va tarixiy taraqqiyoti.
Oʻzbek davlatchiligi


asrlar davlatchilik tarixini oʻrganishda va tadqiq etishda Beruniy, Narsha-xiy, Abdurazzoq
Samarqandiy, Sharafiddin Ali Yazdiy, Bobur, Hofiz Tanish Buxoriy va b. mualliflar asarlari muhim
ahamiyat kasb etadi. Oʻrta asrlarda oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixida somoniylar, qoraxoniylar,
saljuqiylar sulolalarining yirik D.lari vujudga keldi. 12-asrning oʻrtalarida xorazmshoxlar
mamlakatni markazlashtirishga hara-kat qildilar, ammo bu jarayonga moʻeul istilosi toʻsiq boʻldi.
Oʻzbek xalqi davlatchiligi tarixining yangi bosqichi Amir Temur hukmronligi davri bilan uzviy
bogʻliqdir. Bu davrda hamma soha — iqtisodiy hayot, meʼmorlik, hunarmandchilik, ilm-fan, sanʼat
yuksak darajada rivoj topdi. Ushbu tarixiy anʼana Ulugʻbek davrida davom etdi. Keyingi asrlarda
oʻzaro nizolar va ku-rashlarga qaramay, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda yangi jarayonlarni
kuzatish mumkin. 18-asr oʻrtalariga kelib Oʻrta Osiyo hududida uchta D. (Buxoro xonligi, Xiva
xonligi va Koʻqon xonligi) paydo boʻldi. Afsuski, ular oʻrtasida birlik boʻlmadi, siyosiy qara-
maqarshiliklar, oʻzaro kurashlar avj oldi. Bunday vaziyatda Oʻrta Osiyo xonliklari podsho
Rossiyasi tomonidan istilo qilinib, Turkiston oʻlkasi mustamlakaga aylandi. Shu davrdan
boshlab oʻlkada istiqdolga erishish va milliy davlatchilikni tiklash uchun xalq harakatlari
boshlandi, ayniqsa, 20-asrning 1-choragida bu kurash oʻzining yuqori nuqtasiga chiqsi.
Oʻzbekiston D. mustaqilligi eʼlon qilinguncha, oʻzbek xalqi oʻz hayotida mana shunday murak-
kab tarixni boshidan kechirdi (qarang 
Oʻzbekiston Respublikasi
).
Turli xalqlar oʻz davlatchiligining shakllanish bosqichini ijtimoiy, iqtisodiy va tarixiy-madaniy
vazi-yatlarga bogʻliq holda turli tarixiy davrlarda bosib oʻtdilar. Yer yuzida oʻz davlatchiligini
hech qachon yarata olmagan elatlar va qabilalar saqlanib qolgan boʻlib, ularning ijtimoiy-iqti-
sodiy hayoti bir necha ming yillar ilgarigidek, urugʻ va qabilaning maʼnaviy oʻlchamlari, urugʻ
boshliqlarining obroʻ-eʼtibori bilan boshqarib turilmoqda. Sivilizatsiya insoniyat madaniyati
rivojinigina anglatib qolmay, shuningdek, davlatchilik taraqqiyoti \amdir. Biroq yaqin-yaqingacha
xukm surib kelgan markscha-lenincha taʼlimotga koʻra, D. sinfiy harakterga ega, hukmron
sinflarning qoʻlidagi ekspluatatsiya quroli, jamiyat rivojlana borib, pirovardida D. oʻz qiyofasidan
maxrum boʻladi va dastavval "yarim davlat"ga aylanib, keyinroq (zarurat boʻlmaganligi bois)
umuman barham topadi. Leninning "Davlat va revolyusiya" asarida bayon etilgan bu xildagi
"nazariy qoida"larning tagi puch ekanli-gini jahon tarixidagi keyingi voqealar isbotlab berdi.
Tarixiy taraqqiyot shuni koʻrsatdiki, insoniyat hech qachon hokimiyatsiz, D.siz yashay olmagan,
aksincha tom maʼnodagi D.ning rivojlanishi jamiyatning kjsalishiga olib kelgan. Zotan D.
jamiyatda bar-cha sinflar, tabakalar va millatlarni murosaga keltirib turuvchi kuchdir. U barcha
boshqa nodavlat tashkilotlardan oʻzining asosiy belgilari bilan va qonunlarining bajarilishi
hamma uchun majburiyligi bilan farqlanadi.
Dunyo miqyosida
Davlatchilikning asosiy belgilari.


D.ning belgilari toʻgʻrisidagi masalani huquqshunoslar turlicha talqin qilib kelganlar. Bunda
aholining hududiy boʻlinishi, odamlar ustidan rahbarlik qiluvchi hokimiyat, soliqlar ti-zimi alohida
ajratib koʻrsatilgan. Hoz. vaqtda D.ning umumiy eʼtirof etilgan quyidagi asosiy belgilarini
koʻrsatish mumkin: D. oʻz chegaralari doirasida fuqarolik belgisi boʻyicha birlashgan butun
jamiyat, aholining yagona vakili sifatida maydonga chiqadi; D. — suveren hokimiyatning yagona
egasidir; D. — yuridik kuchga ega boʻlgan va huquq normalarini aks et-tirgan qonunlar va ularga
asoslanib chiqarilgan hujjatlarni qabul kidali; D. — oʻz funksiyalarini bajarish uchun zarur D.
organlari hamda tegishli moddiy vositalar tizimidan iborat mexanizm (mahkama)ga, huquqni
muhofaza qilish (jazolash) organlari — sud, prokuratura, militsiya, politsiya kabilarga, oʻz
mudofaasi, su-vereniteti, hududiy yaxlitligini va xavfsizligini taʼminlovchi qurolli kuchlar hamda
xavfsizlik organlariga ega boʻladi (qarang 
Davlat xavfsizlik organlari
).
Davlatshunos olimlar D.ni oʻrganishga tarixiy jihatdan yondashib, qad., oʻrta asr hamda xoz.
D.larni ajratib koʻrsatadilar. Tarixiy va madaniy rivojlanish qoʻshib hisobga olinadigan boʻlsa,
deqqonchilik bilan shugʻullanuvchi va sanoat bilan shugʻullanuvchi (yoki industrial
taraqqiyotgacha, industrial va postindustrial) D.larga boʻlinishi mumkin. Sivilizatsiya harakteriga
koʻra, D.lar sharqiy, gʻarbiy va aralash (oraliq) D.larga, iqtisodiy taraqqiyot darajasi boʻyicha esa,
yuksak rivojlangan, oʻrtacha rivojlangan hamda "kambagʻal" D.larga ajratiladi. Hoz. zamonda
fanda keng foydalanilayotgan D. tasnifi quyidagicha: totalitar, avtoritar, liberal va demokratik
D.lar. Liberal D.da fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat hayotining barcha sohalarida
rasman amal qiladi, D. ishlarida fukarolarning rasman ishtiroklariga yoʻl qoʻyiladi. Man etilmagan
hamma narsaga ruxsat etiladi, biroq mavjud D. va ijtimoiy tuzumni oʻzgartirishga yoʻl
qoʻyilmaydi. Totalitar D.da hamma narsa bir gʻoyaga — "D. — bu hamma narsa, inson esa — hech
nima" degan gʻoyaga boʻysundirilgan. Butun qokimiyat hukmron elita qoʻlida boʻlib, boshqalar
D.ni boshqarishdan chetlatilgan. Avtoritar D.da ham hokimiyat tor guruq kishilar qoʻlida boʻlib,
shaxsiy manfaatlar D. manfaatlari yoʻlida qurbon qilinadi. Siyosiy jabhada ruxsat etilganidan
tashqari hamma narsa man etilishi tamoyili amal qiladi. Demokratik D. fuqarolarning D. va jamoat
ishlarini boshqarishdagi xuquklarini amalda taʼminlaydi, shunday ishtirokka amalda yordam
beradi. Shaxsning huquq va erkinliklari doirasi juda keng boʻlib, ularni amalga oshirish
taʼminlangan boʻladi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida qonun bilan toʻgʻridan-toʻgʻri
taqiqlanmagan hamma narsaga yoʻl qoʻyiladi (qarang 
Demokratiya
).
D. qurilishida D. shakli katta rol oʻynaydi. Yangi D.lar tashkil topayotganda uning shakli toʻgʻri
tanlanishi, joriy etilishi muqimdir. D. shakli boshqaruv shakli, D. tuzilishi shakli va siyosiy idora
usuli (tartib, rejim) tushunchalarini oʻz ichiga oladi. D. boshqaruv shakli — D. hokimiyati va
boshqaruvni tuzish hamda tashkil etishning muayyan tartibidir. Boshqaruv shaklining eng qad.
Davlatchilik turlari va shakllari.


va xrz. kunga qadar rivojlanib kelayotgan shakli monarxiya va respublikanku. Monarxiya koʻproq
Qad. Sharq, shu jumladan, Turon zaminida tashkil topgan D.lar shakli edi. Monarxiyaningoʻzi ham
mutlaq monarxiya vacheklangan monarxiya koʻrinishlariga ega. Mutlaq monarxiya D.larida D.
boshligʻining hukuqi cheklanmagan, hokimiyat muddatsiz, taxt meros sifatida avloddan avlodga
oʻtadi, D. boshligʻining ustidan nazorat yoʻq va u hech kimga hisobot bermaydi. Oʻzbekistonda
D. va huquq nazariyasi hamda tarixining fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi O. Eshonov,
M.H.Hakimov, A.A.Aʼzamxoʻ-jayev, Sh.Z.Oʻrazayevnish olib borgan ilmiy tadqiqotlari bilan bogʻliq.
Jamiyat taraqqiyo-tidagi yangi realliklar D. toʻgʻrisidagi fanga tamomila yangicha yondashuvlarni
taqozo etdi. D.shunoslik, yangi tashkil topgan D.lardagi siyosiy tizimlar tarixi va ularning
rivojlanishi, demokratik institutlar tuzilishi, ularning huquqiy D. hayotidagi oʻrni xolisona tadqiq
qilina boshladi. Jumladan, 
Oʻzbekiston Respublikasi
D. mustaqilligining huquqiy asoslari va
demokratik jamiyat barpo etish muammolari (A.A.Azizxoʻjayev), Oʻzbekistonda D. boshqaruvi va
D. hokimiyatini tashkil etish masalalari (A. Toʻlaganov), D. suvereniteti (M.Fayziyev), davlat
hamda qonun chiqaruvchi organlarning tuzilishi, faoliyat koʻrsatishi, vakolatlari muammosi,
ularning ijtimoiy va D. xayotidagi roli (3. M. Islomov, S. D. Niyatullayev, U. Tojixonov, O.T.
Husanov), huquqiy munosabatlar (X.T. Odilkrriyev), inson huquqlari, xalqaro huquq (A.Saidov),
huquqiy parlamentarizmning rivojlanishi (E.H.Hali-lov), oʻzbek davlatchiligi tarixi (A.Ziyo)
boʻyicha tadqiqotlar olib borilmoqda.
Karimov I. A., Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq, T., 1998; Karimov I. A., Kuchli davlatdan kuchli
jamiyat sari, T., 1998; Forobiy, Fozil odamlar shahri, T., 1993; Temur tuzuklari, T., 1996; Nik-
kolo Makiavelli, Gosudar, M., 1990; Gobbs, Sochineniye v 2-x tomax, M., 1992; Aʼzamxoʻjayev
A. A., Oʻzbekistan Respublikasi davlat mustaqilligining huquqiy asoslari, T., 1993; Boboyev H.,
Amir Temur va uning qarashlari, T., 1992; Davlat va ququq nazariyasi (masʼul muharrirlar: H.B.
Boboyev, H.T.Odilqoriyev), T., 2000; I slomov 3., Davlat va huquq: umumnazariy masalalar,
2000; Saidov A., Tojixonov U., Davlat va Huquq nazariyasi [2 jildli], 1-jild, Davlat nazariyasi, T.,
2001; Istoriya politicheskix i pravovix ucheniy, M., 1996; Avesto va uning insoniyat
taraqqiyotidagi oʻrni, T., 2001; Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov Oʻ., Norqulov N.,
Oʻzbekiston tarixi; davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1-qism, T., 2000; Ziyo A., Oʻzbek davlatchiligi
tarixi (eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar), T., 2000; Oʻzbekistan davlatchiligi
tarixi ocherklari, T., 2001.
Halimboy Boboyev, Olim Husanboyev.
[1]
Adabiyotlar
Davlatning kelib chiqishi


Davlat birdaniga yuzaga kelmaydi, balki asta-sekin, vujudga kelayotgan sinflar oʻrtasidagi
ziddiyatlar kuchayishi davomida paydo boʻladi. 
Insoniyat
davlat paydo boʻlguniga qadar oʻz
taraqqiyotida uzoq yoʻlni bosib oʻtgan. Davlat ham, 
huquq
ham boʻlmagan 
ibtidoiy jamiyat
bir-
biridan asosan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan farq qiladigan 
yovvoyillik
,
varvarlik
 va 
tamaddun
kabi uch bosqichni oʻtgan. Davlat hali urugʻchilik tizimi ishidayoq
shakllangan boshqaruv organlarini qisman oʻzgartirib qisman yangi organlarni joriy etgan holda
siqib chiqarib yuzaga keladi va nihoyat, ularni haqiqiy davlat hokimiyati bilan almashtiradi.
Mehnat qurollarining
rivojlanishi va takomillashishi, yirik ijtimoiy 
mehnat taqsimoti
mehnat
unumdorligi oshib, ortiqcha mahsulot hosil boʻlgan, bu esa xususiy mulkshillikka va jamiyatning
mulkiy jihatdan qatlamlarga ajralishiga olib kelgan. Shu tariqa, asosiy mashgʻuloti xususiy
mulkchilik munosabatlarini va mulkdorlar manfaatini muhofaza qilishdan iborat boʻlgan maxsus
guruhlar vujudga kelgan. Ibtidoiy jamiyatda oqsoqollar, urugʻ va qabila boshliqlari hamda diniy
hokimiyat sohiblariga tegishli boʻlgan ijtimoiy hokimiyat asta-sekin davlat hokimiyatiga
aylangan. Agar davlat paydo boʻlgunicha mavjud boʻlgan jamiyatda ijtimoiy hokimiyatni
saqlashning asosiy vositasi oliy ruhoniylarning shaxsiy obroʻsi boʻlsa, davlat hokimiyatining
mohiyatini majburlash tashkil eta boshlagan. Insonning jamiyatdagi mavqei oʻzgargan. Oldin
uning mavqei alohida shaxsning oilaga, uruqqa yoki qabilaga mansubligi bilan belgilansa,
endilikda uning mavqei mulkiy holatiga va davlat hokimiyati egalariga shaxsiy yaqinligiga qarab
belgilangan. Davlatning paydo boʻlishi turli 
xalqlarda
turlicha yuz berdi. U oʻzining shakllanishi
va rivojlanishida uzoq va murakkab yoʻlni bosib oʻtgan. Eng avvalo majburlashga asoslangan
davlat dastlabki bosqichlarida yetarlicha rivojlanmagan siyosiy hosila boʻlgan.
1. Teologik nazariya — davlatni xudo yaratgan degan gʻoyani ilgari suradi, teokratik davlat
tarafdorlari fikrini aks ettiradi.
2. Patriarxal nazariya — davlat kattalashib ketgan oiladan kelib chiqqan deb hisoblaydi.
Nazariya dastlab 
Yunonistonda
paydo boʻlgan va 
Aristotel
asarlarida asoslab berilgan.
XVII asrga kelib ingliz olimi Filmerning „Patriarx“ asarida rivojlantirilgan.
3. Shartnoma nazariyasi — XYII-XYIII asrlarda tarqalgan boʻlib, unga koʻra davlat-oʻzaro
kelishuv asosida va ongli tarzda birlashgan kishilar tashkiloti boʻlib, ana shu shartnoma
asosida ular oʻzlarining erkinliklari va hokimiyatning bir qismini davlatga beradilar.
Nazariyani 
Grotsiy

Spinoza

Lokk

Gobbs

Russo

Radishshev
rivojlantirgan.
4. Zoʻrlik nazariyasi— davlatning kelib chiqishi zoʻrlikka asoslanadi, bir xalqning boshqa
xalqni bosib olishi bilan davlat tashkil topgan deb tushuntiriladi. Uning asoschilari —
Gumplovish

Kautskiy
.
Davlatning kelib chiqishi toʻgʻrisida nazariyalar :


5. Irrigatsiya nazariyasi — Qadimgi Sharqda yirik 
irrigatsiya
inshootlari qurilishi jarayonida
davlat paydo boʻlgan deb tushuntiradi. Nemis olimi Vittfogelning „Sharq istibdodi“ asarida
bayon etilgan.
. Sinfiylik nazariyasi — davlat jamiyatning qarama-qarshi iqtisodiy manfaatlarga ega
sinflarga ajralichi tufayli kelib chiqqan deb tushuntiradi. Asoschilari — 
Karl Marks

F.Engels
,
V.I.Lenin
[2]
.
7. Tarixiy-materialistik nazariya - Ushbu taʼlimotning dastlabki asoschilari L.Morgan,
K.Marks, F.Engels va boshqalar. Davlat ibtidoiy jamiyatning tabiiy rivojlaninshi, evalutsiyasi
oqibatida kelib chiqishini asoslashga intilish mavjud. Darhaqiqat, davlatchilikning dastlabki
kurtaklari, hokimiyatning siyosatlashuvi asoslari, avvalo, ibtidoiy tuzum qaʼrida, uning
obyektiv rivojlanishi sharoitida paydo boʻlgan. Ibtidoiy jamiyatning iqtisodiy oʻsishi
nafaqat davlat paydo boʻlishining moddiy asosini, balki uning sotsial asoslarini ham
taʼminlaydi
Davlatning mohiyatini tushunishda uch asosiy nazariy yondashuv mavjud:
1. Ijtimoiy yondashuv;
2. Sinfiy yondashuv;
3. Siyosiy-huquqiy yondashuv.
Demak, davlat-umumiy muammolar va ishlarni hal etish vositasi, u hukmdorlar va xalqning
oʻzaro munosabatini tartibga soladi — ijtimoiy yondashuv. Davlat sinflarning paydo boʻlishi bilan
yuzaga kelgan, sinfiy kurash bir sinfning boshqasini bostirish quroli boʻlib xizmat qiladi — sinfiy
yondashuv. Davlat jamiyatning va davlatning oʻzining hayotini tashkil etuvchi huquq manbaidir —
siyosiy-huquqiy yondashuv. Davlat butun mamlakat miqyosidagi hokimiyatning maxsus
boshqaruv va majburlov apparatiga ega boʻlgan, barcha uchun majburiy qonunlar chiqaradigan va
suverenitetga ega boʻlgan yagona siyosiy tashkilotdir.
Davlat-jamiyat siyosiy tizimining odamlar, guruhlar, sinf, tashkilot, hamkorlikdagi faoliyatini va
oʻzaro munosabatini tashkil etuvchi, yoʻnaltiruvchi va nazorat qiluvchi asosiy institutdir. Davlat-
hokimiyatning bosh institutidir. Hokimiyat davlat orqali oʻz siyosatini amalga oshiradi
[3]
.
1. Davlat hokimiyatining, yaʼni hokimiyat va boshqaruv apparatining, majburlash apparatining
mavjudligi.
Davlat va uning belgilari, shakllari
Davlatning asosiy belgilari:


2. Aholining hududlar boʻyicha uyushganligi. Maʼmuriy-hududiy birliklarda yashash.
3. Suverenitet-ichki va tashqi siyosatda toʻla mustaqil boʻlish.
4. Huquqiy ijodkorlik. Bu ijtimoiy tuzumning mohiyatidan kelib chiqadigan va davlat
tomonidan mustahkamlangan, ijro etilishi umumiy majburiy boʻlgan normalar, hulq-atvor
qoidalari.
5. Soliqlarning mavjudligi. Aholidan davlat apparatini saqlash hamda aholining kam
taʼminlangan qismiga yordam berishga sarflanadigan soliqlarni toʻplash.
. Umuminsoniy funksiyalarni bajarish. Hududni qoʻriqlash, jinoyatchilikka qarshi kurash,
umumiy farovonlik maqsadlarini amalga oshirish.
1. Ichki funksiyalar-davlat ichki hayotini boshqarishga qaratilgan faoliyatning asosiy
yoʻnalishlari:
a) regulyativ (tartibga solish, boshqarish); b) qoʻriqlash (saqlash, muhofaza qilish).
1. Tashqi funksiyalar — davlatning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yoʻnalshilari;
a) Xalqaro hamkorlik-tashqi siyosiy faoliyat, tashqi iqtisodiy faoliyat; b) Mudofaa va
xavfsizlik
[4]
.
I. Boshqaruv shakli: 
monarxiya
 va 
respublika
. Monarxiya mutlaq va cheklangan shakllarda
boʻladi (absolyut va 
konstitutsion
).
Respublika prezidentlik va 
parlamentar
 respublika koʻrinishida boʻladi. Masalan, 
Saudiya
Arabistoni
 (mutlaq 
monarxiya

Buyuk Britaniya

Daniya

Norvegiya

Shvetsiya
 (cheklangan
monarxiya, konstitutsion). 
AQSH

Oʻzbekiston
 Respublikasi (Prezidentlik) 
Avstriya
,
Italiya
,
Olmoniya
(Parlamentar).
II. Davlat tuzumi shakli:
unitar
; oddiy, yaxlit davlat.
federativ
, murakkab, ittifoqdosh davlat.
konfederativ
- maʼlum bir maqsad yoʻlida birlashgan davlatlar ittifoqi.
Masalan, 
AQSH

GFR

RF

Braziliya

Hindiston
davlatlari — federativdir.
Davlatning asosiy funksiyalari:
Davlatning shakllari:


Shveysariya
 (
1848
-yilgacha), 
Evropa Ittifoqi
— 
konfederativ
.
Oʻzbekiston — unitar davlat.
III. Siyosiy rejimga koʻra davlat shakllari.
Demokratik
(vakillik demokratiyasi, bevosita demokratiya).
Antidemokratik
(
fashistik

totalitar
).
Jamiyatni
 boshqarish va 
xalq
 manfaatlarini himoya qilishni amalga oshiradigan davlat idoralari
va muassasalari tizimi. Davlat idorasi (organi) — davlat mexanizmining qonunga muvofiq
ravishda oʻz tuzilishiga, ijtimoiy hayotning muayyan sohasini boshqarish boʻyisha aniq
belgilangan vakolatiga ega boʻlgan hamda davlat mexanizmining boshqa qismlari bilan uzviy
aloqadorlikda boʻlgan va yaxlit birlik hosil qiladigan tarkibiy qismidir.
Davlat idoralari 3 turga boʻlinadi
1. Vakillik idoralari:
a) Qonun chiqaruvchi;
b) Mahalliy hokimiyat va oʻzini oʻzi boshqarish idoralari.
1. Ijroiya idoralari:
a) Markaziy idoralar;
b) Davlat boshligʻi (
monarx

prezident
);
v) 
Hukumat
;
g) Vazirlik va davlat qoʻmitalari;
d) Mahalliy idoralar.
1. Sud, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar va konstitutsiyaviy nazorat idoralari:
a) 
sudlar
;
b) 
prokuratura
;
v) 
ichki ishlar vazirligi
va uning organlari;
g) 
adliya vazirligi
;
Davlat mexanizmi


d) 
milliy xavfsizlik xizmati
Huquqiy davlat — huquqning hukmronligi, qonunning ustuvorligi, barchaning qonun va mustaqil
sud oldida tengligi taʼminlanadigan, inson huquqlari va erkinliklari kafolatlanadigan, 
hokimiyat
vakolatlarining boʻlinish prinsipi asosida tashkil etilgan demokratik davlat. Huquqiy davlat
gʻoyalarining ildizi juda chuqur. Uning boshida xalq hokimiyati tashkil etilishining nazariy
asoslarini koʻrgan 
Salon

Aristotel

Sitseron
 turgan edi. XVII asrning mutafakkiri D. Lokk
huquqning hukmronligi qonun hukmronlik qiladigan davlat koʻrinishida tasavvur qildi. Huquqiy
davlat nazariyasining falsafiy asosini I.Kant ifodalab berdi. „Davlat- bu huquqiy qonunlarga
boʻysundirilgan juda koʻp odamlarning birlashuvidir“ (I.Kant.Asarlar, 4-tom,233-bet). Huquqiy
davlat gʻoyasining mohiyati-ijtimoiy va siyosiy hayotda huquqning ustun boʻlishidadir. Huquqiy
davlat belgilari:
1. Huquqning hukmronligi;
2. 
Konstitutsiya
va qonunlarning ustunligi;
3. 
Inson huquqlari
va erkinliklariga rioya etish, ularni himoya qilish, taʼminlash;
4. Davlat va 
fuqaroning
 oʻzaro masʼuliyati;
5. 
Hokimiyat
 vakolatlarining boʻlinishi;

Sudning
mustaqilligi;
7. 
Huquqni
muhofaza qilish organlarining samarali ishlashi;

Huquqiy
madaniyatning yuqori ekanligi;
9. 
Demokratiyaning
rivojlanishi va takomillashuvi.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?title=Davlat&oldid=2829806

Huquqiy davlat va uning belgilari
Manbalar


Soʻnggi tahrir 20 kun avval DONABDU2003
 tomonidan amalga oshirildi
dan olindi

Download 165,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish