1. diniy ekstremizm haqida tushuncha. Diniy ekstremizmda aqidaparastlik



Download 10,95 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi10,95 Kb.
#254214
Bog'liq
Reja diniy ekstremizm haqida tushuncha-fayllar.org


Reja: diniy ekstremizm haqida tushuncha

DINIY AQIDAPARASTLIK, EKSTREMIZM VA MA’NAVIY TAHDIDLARGA QARSHIMIZ

Reja:

1. diniy ekstremizm haqida tushuncha.

2. Diniy ekstremizmda aqidaparastlik.

3. Manaviy tahdidlarga qarshilik ko`rsatish.

Diniy ekstremizm - baʼzi diniy tashkilotlar yoki ayrim dindorlarning jamiyat qonun-qoidalariga mos kelmaydigan mafkurasi va faoliyati. D. e. koʻpchilik dinlarda mavjud boʻlib, uning tarafdorlari oʻz oldiga siyosiy maqsadlarni qoʻyadi. Islom ekstremizmining aqidasiga koʻra, birinchidan, goʻyo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy tuslarini yoʻqotganlar va "johiliya" asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuv hukumat va uning olib borayotgan siyosatini keskin tanqid qilish uchun "asos" boʻlib xizmat qiladi. Ikkinchidan, goʻyo faqat "haqiqiy" musulmonlar hokimiyatga kelgach, barpo boʻlajak "islomiy tartib"ni urnatish uchun keskin va agressiv harakat qilmoqlari lozim. Bunday harakatning konunga muvofiqligi masalasi ular tomonidan umuman oʻrtaga qoʻyilmaydi, zero, ular fakat shariatga (bu ham ularning tor talqinida) tayanib ish koʻradilar va oʻzlarini islomdan chekingan hokimni agʻdarishga guyo haqli deb biladilar. Islom ekstremizmining "nozik" tomoni uning "din"ga (haqiqiy dinga emas) asoslanganidadir. Guruh rahbarlari oʻz qoʻl ostidagi aʼzolarining ongiga shu darajada taʼsir oʻtkazadilarki, ular hatto oʻzlarini qurbon qilishga, muayyan maqsad yoʻlida "shahid" yoki "kamikadze" boʻlishga tayyor turadilar. "Musulmonbirodarlar" harakati (Misr, 1928) dan yetishib chiqqan Sayyid Qutb (1906—65) hozirgi zamon islom ekstremizmining gʻoyaviy asoschisi sifatida tan olingan. Uning "nazariya"siga koʻra, oʻzini musulmon deb hisoblovchilarning koʻpchiligi aslida musulmon emas, va umuman, barcha davlatlar islomga qarshidirlar. Demak, maqsad — islom davlatini barpo qilish va jamiyatni toʻligʻicha islomlashtirishdir.

Xristian dinining baʼzi sektalariga asoslangan koʻplab diniy ekstremistik harakatlar ham mavjud. Ayniqsa, "yahvechilar", "pyatidesyatniklar", "tashabbuskor baptistlar" umuman qonuniy hokimiyat va dunyoviy qonunlarni tan olmaydilar. Ularning fikricha, goʻyo cherkov davlatdan yuqori. Pyatidesyatniklarning baʼzi guruhlari esa oʻz tobelarini oʻta shafqatsizlik bilan ado etiladigan ibodatlarga zoʻrlaydilar, dunyo neʼmatlaridan voz kechib, tarkidunyochilik bilan yashashga daʼvat etadilar.

D. e. yoki ashaddiy akidaparastlik turli koʻrinishlarda namoyon boʻlishi mumkin. Mas, Olsterdagi "ultra" protestantlar, Yaqin va Oʻrta Sharqdagi "musulmon-birodarlar", Markaziy Osiyo va Kavkazda paydo boʻlgan vahhobiylar (qarang Vahhobiylik) va b. Ular jamiyatga va qonunlarga deyarli bir uslubda qarshi kurash olib boradilar.

D. e. muayyan koʻrinishda Oʻzbekistonda ham paydo boʻldi. Islom ekstremizmi guruhi faoliyati natijasida 1997 i. dek.da Namangan sh.da bir necha qotilliklar yuz berdi. Oʻtish davriga xos iktisodiy qiyinchiliklar, xalqning diniy qarashlarga taʼsirchanligi va diniy urf-odatlarga moyilligidan foydalanib, ekstremistlar ochiqdan-ochiq kuch bilan Fargʻona vodiysida ijro va sud hokimiyatining ayrim vazifalarini oʻzlashtirishga harakat qildilar. 1999 y. 16 fevralda Toshkent sh.da yuz bergan voqealar diniy aqidaparastlarning asl maqsadi konstitutsiyaviy tuzumga zarba berish va hokimiyat tepasiga kelish ekanini koʻrsatdi. D. e. ning Oʻzbekistonga tahdidini aqidaparastlikni yoyish orqali mavjud davlatga ishonchni yoʻqqa chiqarishga urinishda kuzatish mumkin. Ekstremistlar jamiyatda erksiz, mute, faoliyatsiz kishilar safini orttirish, "soxta" va "haqiqiy" dindorlik belgilari boʻyicha qarama-qarshilikni keltirib chiqarishni koʻzlaydilar. Ular oʻz maqsadlariga erishish uchun jangarilarni tayyorlashga ham harakat qildilar. Oʻzbekistonni Gʻarbga "islomlashtirilgan", Sharqqa esa, aksincha, "dinsiz", "daxriy" shaklda koʻrsatib, respublikaning xalqaro obroʻsiga putur yetkazish niyatida boʻldilar. Ular umuman islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy sivilizatsiyalar oʻrtasida yalpi qaramaqarshilikni kuchaytirish kabi yovuz rejalarni tuzishdan ham qaytmadilar.

2000 y.ning kuzida ekstremistlarning Oʻzbekistonga qurolli hujum uyushtirgani ularning Afgʻonistonda in qurib olgan xalqaro terrorchilar va narkobiznes bilan uyushib ketganidan dalolat berdi. Shu munosabat bilan Prezident Islom Karimov: "Bugun dinimizni asrash kerak, moʻmin-musulmonlarni ximoya qilish kerak. Lekin dinimizni, birinchi galda, oʻzini "chin musulmon" deb daʼvo qilayotgan ana shu yovuz kuchlardan, har qadamda "jihod" deb ogʻiz koʻpirtirib, din nomidan buzgʻunchilik qilayotgan qonxoʻr va qotillardan asrash kerak",— degan edi. Faqat 2001 y. 11 sent. kuni Nyu-York va Vashingtonda sodir etilgan mudhish terrorchilik hujumlaridan keyingina dunyodagi yetakchi davlatlar AQSH boshchiligida bu yovuz illatga qarshi keng miqyosda kurashga bel bogʻladi.
Globallashuv sharoitida yoshlarni yod g’oyalardan asrash, ularda mafkuraviy sog’lom immunitetni ta’minlash, diniy aqidaparastlik, ekstremizm va xalqaro terrorizm hamda ma’naviy tahdidlarni bartaraf etish jiddiy muammolardan biri bo’lib qolmoqda.

“Olmaliq KMK” AJ idoraviy harbiylashgan qo’riqlash xizmati kasaba uyushmasi qo’mitasining ma’naviy-ma’rifiy ishlar komissiyasi o’z ish rejasida ana shu masalalar targ’ibotiga alohida urg’u bergan. Kuni-kecha xizmat shaxsiy tarkibi bilan o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ma’naviy-ma’rifiy ishlar komissiyasi raisi Bahodir Ahmedov va Bo’ka tumani “Rovot” jome’ masjidi imom xatibi Azimjon Musurmonovlar o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

- Bugungi kunda Markaziy Osiyo o’zining geosiyosiy mavqei, boy tabiiy va insoniy resurslari bilan jahondagi jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylangan. Bu mintaqa globallashuv jarayonlarining markazida turmagan bo’lsada, ammo Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy taraqqiyotining muvaffaqiyati va ijtimoiy muammolarini bartaraf etish qobiliyati ko’p jihatda bu davlatlarning dunyodagi yangi voqeliklarga naqadar moslasha olishishiga va “globallashuvga qo’shilib”, yangi tahdidlarni qanchalik bartaraf eta olishiga bog’liq bo’lib qolmoqda, - deydi Azimjon Musurmonov o’z ma’ruzasida. - Hammamizga yaxshi ma’lumki, narkobiznes, ekstremizm, terrorizm, odam savdosi, axborot hurujlari va mafkuraviy tahdidlar salbiy illatlar ortib borgan holda, ushbu illatlar ortida turgan mafkur kuchlar o’zlarining g’arazli niyatlariga yetish uchun hech narsadan tap tortishmayapti. Ularga qarshi kurashish, ularning O’zbekiston hududida keng quloch yoymasligini ta’minlash uchun mamlakatimizning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “Fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish kerak” degan so’zlari har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun avvalo organizmda unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona-Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo’lsa avvalo, ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o’zligini, shu bilan birga dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib yetishsin!

Bu kabi fikrlarni bildirar ekan ma’ruzachilar, tadbir so’nggida ishtirokchilarning qiziqtirgan mavzuga oid savollariga o’z javoblarini berib o’tishdi.

Inson, millat va xalq tarixiy xotira tuyg’usi bilan barhayotdir. Xotira - kechagi o’tmishni, ajdodlar o’gitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi - muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi.

Qadr - insonni yuksaklikka ko’taradi, uning faoliyatiga, orzu-intilishlariga, maqsad-maslaklariga olijanoblik bag’ishlaydi. Mamlakatimiz Prezidentining joriy yilning 4 aprel’ kuni e’lon qilingan Qarori ana shunday satrlar bilan boshlanadi.



Mamlakatimizda 9 may umumxalq bayrami - Xotira va Qadrlash kunini, Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari hamda mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xotirasi oldida hurmat bajo keltirish, yurtimizda mehr-oqibat, hamjihatlik, insoniylik, bag’rikenglik va xayr-saxovat muhitini yanada mustahkamlash, yosh avlodni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida kamol toptirish hamda bu muqaddas ayyomni yuksak saviyada nishonlash maqsadida mazkur qarorga asosan bir qator tadbirlar belgilanib, mutasaddi  tashkilotlar rahbarlari zimmasiga tegishli vazifalar yuklandi. Jumladan, Xotira va Qadrlash kuniga bag’ishlangan tadbirlarga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish dasturi, ishchi guruhlari tarkibi tasdiqlanib, dasturda ko’zda tutilgan tadbirlarni “Qahramonlik, burch va fidoyilik” hamda “Ajdodlarni xotirlash - muqaddas qadriyat” shiorlari ostida yuqori saviyada o’tkazishni tashkil etish vazifalari belgilandi. 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisiga, front orti mehnat faxriylariga, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining oila a’zolariga moddiy, ma’naviy va boshqa turdagi yordamlar ko’rsatish maqsadida tegishli vazirlik va idoralar, tashkilot va harbiy qismlar vakillarini biriktirish, hamda ushbu toifadagi shaxslarni qutlash va ko’nglini ko’tarish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlarning tashrifini tashkil etish, yolg’iz va kam ta’minlangan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari turar joyi va uy xo’jaliklarini ta’mirlash, obodonlashtirish hamda o’z uy-joyiga ega bo’lmaganlariga turar joy ajratish bo’yicha tegishli chora-tadbirlarni bajarish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish ko’zda tutilgan. Madaniyat, ma’naviy targ’ibot markazlari, “Mahalla”, “Nuroniy” jamg’armalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va “O’zbekkontsert” davlat muassasasiga ushbu qutlug’ ayomga hozirlik ko’rish va uni o’tkazish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish hamda Ikkinchi jahon urushi va front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo’lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining ko’rsatgan matonati, mardlik va jasorati ahamiyatini keng aholi qatlami, ayniqsa, yoshlar o’rtasida tushuntirish, targ’ib va tashviq etish bo’yicha madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik yo’nalishidagi tadbirlar o’tkazish kabi vazifalar topshirildi.
http://fayllar.org
Download 10,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish