b) Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi.
Borliqdagi har bir narsa-hodisa bir-birini taqozo qiluvchi va bir-birini o‘zaro inkor etuvchi jihat, xususiyat va tamoyillarga ega. Masalan, elektr manfiy va musbat, tabiatda esa o‘zaro tortilish va itarilish, tirik organizmda assimilyatsiya va dissimilyatsiya va h.k. Ular o‘rtasidagi munosabat ziddiyat deyiladi. Ziddiyat qarama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi kurash va rivojlanishning sababi, manbai hisoblanadi. Taraqqiyot ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va bartaraf etilishi jarayoni ekanligini tushunish uchun ayniyat, tafovut, ziddiyat, qarama-qarshilik kabi tushunchalar o‘zaro munosabatlarini bilib olish lozim.
Narsa-hodisalardagi o‘zaro o‘xshash tomonlar birligi ayniyat deyiladi.
Tafovut narsa-hodisalar tomonlari har birining farq qiluvchi jihatlaridir. Tafovutning rivojlanishi ziddiyatning kelib chiqishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |