Borliq haqidagi konsepsiyalar. Markaziy Osiyo zaminida vujudga kelgan zardushtiylik ta’limotiga ko‘ra, borliq quyosh va olovning hosilasi. Har qanday o‘zgarish va harakatning asosida olov yotadi, borliqqa mavjudlik baxsh etadi.
Suqrot borliqni bilim bilan qiyoslaydi. Uningcha, biror narsa, biz uni bilsakkina bor bo‘ladi, insonning bilimi qancha keng bo‘lsa, u shuncha keng borliqni qamrab oladi.
Demokrit fikricha, borliq atomlar majmuasidan iborat. Borliqning mohiyati uning mavjudligida. Mavjud bo‘lmagan narsa yo‘qlikdir.
Yevropalik olimlar David Yum va Jorj Berkli, borliqni sezgilarimiz majmuasi.
Gegel esa borliqni mavhumlik, mutlaq ruhning namoyon bo‘lishi deb ta’riflaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |