v) Taraqqiyotda vorislik va davomlilik (inkorni inkor).
Taraqqiyotdagi vorislik va davomlilik inkorni inkor etish yo‘li bilan amalga oshadi. Borliqda doim eskining yangi bilan almashinishi inkor, deb ataladi. «Inkor» atamasini falsafaga Gegel kiritgan. Uning nuqtai nazaricha, inkor g‘oya, fikrning rivojlanish bosqichidir.
Inkor tushunchasi kundalik ongda «yo‘q» demak, biror narsani rad etmoqdir. Lekin dialektikada inkor qilish narsani mavjud emas, deb e’lon qilish yoki uni yo‘qotib tashlash emas, balki yangi eskining bag‘rida vujudga kelib, undagi sog‘lom jihatlardan foydalanib, qaror topishini tan olishdir. Gegel ta’biricha, «Ichki inkor» taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchidir.
Dialektik inkor «yo‘q», deb inkor etish barobarida «ha», deb tasdiqlashni o‘z ichiga oladi. U bir paytda sodir bo‘ladigan yemirilish va yaralishni tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |