2 Borliq tushunchasi mohiyati va mazmuni Borliq va uning shakllari


Tushunchalarning shakllantiruvchi mantiqiy usul ; 1.Taqqoslash 2.Analiz 3.Sintez 4.Abstraksiyalash 5.Umumlashtirish 44



Download 95,08 Kb.
bet28/41
Sana01.02.2022
Hajmi95,08 Kb.
#422229
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41
Bog'liq
Falsafa to\'liq

43.. Tushunchalarning shakllantiruvchi mantiqiy usul ; 1.Taqqoslash 2.Analiz 3.Sintez 4.Abstraksiyalash 5.Umumlashtirish
44.. Tushunchalarning turlari;
Hajmiga ko’ra 1.umumiy 2.yakka 3.to’plovchi 4.ayiruvchi 5.bo’sh hajmli
Mazmuniga ko’ra 1.musbat 2.manfiy 3.nisbatdosh 4.nisbatsiz 5.aniq 6.mavhum
45.. Hukm – predmet va hodisalarga ma’lum bir belgining xosligi yoki xos emasligini ifodalovchi tafakkur shakli. Hukmlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan «Temir-metall» degan hukmda predmet (temir) bilan uning xossasi (metall ekanligi) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. Predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (R) o‘rtasidagi munosabat, ya’ni R ning Sga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning mantiqiy strukturasini S-P formulasi yordamida ifoda etish mumkin.
46.. Oddiy hukm deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo‘lmaydigan mulohazaga aytiladi. . Masalan, «Mantiq ilmini o‘rganish to‘g‘ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi.
47.. . Tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo‘lgan mulohazalarga murakkab hukm deyiladi. «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganadi», degan mulohaza murakkab hukmdir.
48.. Deduktiv xulosa chiqarishning muhim xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o‘tishning mantiqan zaruriy harakterga egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir.
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bunda asos mulohazaning strukturasi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat xarakteristikalari muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
49.. Induktiv xulosa chiqarish. Bilish, kaysi soxada amalga oshishidan kat’iy nazar-soglom akl darajasidami yoki ilmiy bilishdami — doimo predmet va xodisalarning xissiy idrok etiladigan xossa va munosabatlarini o‘rganishidan boshlanadi. Uni falsafada, mantiqda empi¬rik bilish bosqichi deb atashadi. Masalan, kaysi davlatda demokra¬tiya prinsiplariga yaxshi amal kilinsa usha davlat axolisining ijtimoiy turmush darajasi yuqoriligini kuzatish mumkin. Shu asosda demokratiyaning prinsiplari, shartlari yaxshi amal qiladigan har kanday davlatda axolining turmush darajasi yuqori bo‘ladi, degan xulosaga kelish mumkin.
50.. Analogiya (grek. - moslik, o‘xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy xolatdan boshqa xususiy xolatga qarab harakatlanadi. Analogiyada predmetlarning o‘xshash xossalariga asoslanib xulosa chikariladi. Tabiat va jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir katorda, ob’ektiv o‘xshashlik ham mavjuddir. Ular inson ongida uz ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli soxalariga oid qonun va qoidalar tuzilishi jihatidan o‘xshash bo‘lsa, ular aks ettirgan vokealikdagi turli narsa va xodisalar ham ma’lum ma’noda o‘xshash bo‘ladi. Analogiya vositasida bir predmetdan (modeddan) boshqa predmetga (prototipga) axborot utkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taalluqli bo‘ladi. Masalan, kadimgi greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola kullikdan ozod bulish uchun uzlariga kanot yasashadi va uchib ketishadi.
51. Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin hukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstratsiya.
Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat bo‘ladi.
Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo‘lib faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim.
Ta’riflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. Masalan, «Harakat – bu har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta’rif chin hukmdir.
Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas.
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan argument qilib olish mumkin.

52. Isbotlash va rad etish qoidalari.Isbotlash usuli – demonstratsiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan keltirib chiqariladi.


Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma’lum bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi asoslanadi. Masalan, «O‘zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning chinligi «O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» kabi asoslar yordamida isbotlanadi.
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan hukmning (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi.Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis ( ) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan «Materiya harakatsiz mavjud», degan hukm olinadi.

Download 95,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish