89.Mustaqillik arafasida sobiq SSSR hamda O’zbekiston SSRdagi siyosiy, iqtisodiy vaziyat (1989-1991 yy.).
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va umumxalq tomonidan ma’qullanishi
1990- yil 18- iyun kuni XII chaqiriq res¬publika Oliy Ken¬gashining ikkin¬chi sessiyasi ochildi. Deputatlarning taklifi bilan O‘zbe¬kistonning Mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilish masalasi sessiya kun tartibiga kiritildi. Oliy Kengashning doimiy komissi¬ya¬lari, faol deputatlar va huquqshunos mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan Mustaqillik deklaratsiyasi matni sessi¬yada qizg‘in muhokama qilindi va 20- iyun kuni qabul qilindi. Mustaqillik deklaratsiyasi 12 moddadan iborat bo‘lib, ularda xalqimizning xohish-irodasiga to‘la mos keladigan quyidagi muhim tartib-qoidalar belgilab qo‘yildi:
„O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi: — o‘zbek xalqining davlat qurilishidagi tarixiy tajribasi va tarkib topgan boy an’analari; — har bir millatning o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqini ta’minlashdan iborat oliy maqsad haqi; — har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb bilgan holda; — O‘zbekiston xalqlarining kelajagi uchun tarixiy mas’¬uliyatni chuqur his etgan holda; — xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qad¬riyat¬larga va demokratiya prinsiplariga asoslanib O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qiladi“.
O‘zbekiston SSR ning davlat mustaqilligi: • O‘zbekiston SSR demokratik davlatining o‘z hududida, barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlarda tanho hokimligidir. • O‘zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo‘yilmay turib, o‘zgartirilishi mumkin emas. • SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O‘zbekiston SSR Oliy Kengashitomonidan tasdiqlangandan keyingina O‘zbekiston hududida kuchga ega bo‘ladi. • O‘zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O‘zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi. • O‘zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi, hurmat qiladi va hokazo. Mustaqillik deklaratsiyasining qabul qilinishi mamlakatimizning tom ma’nodagi, haqiqiy mustaqillikka erishish yo‘lida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Shundan e’tiboran mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotiga doir masalalar mustaqil tarzda hal etila boshlandi. O‘zbekistonning mustaqillik sari inti¬layotgani uning yangi Ittifoq shart¬nomasini ishlab chiqish jara-yoniga res¬¬pub¬lika manfaati nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda, qat’iylik bilan yondashayotganida yaqqol namoyon bo‘ldi. Sobiq Ittifoqqa kiruvchi respublikalar rasman teng va suve¬ren deb yuritilsa-da, amalda qaram edilar. Ular o‘z yerlari, suvlari, o‘rmonlari va yerosti boyliklariga, ko‘pdan ko‘p kor¬xona¬lariga o‘zlari egalik qilolmas edilar. 80- yillarning oxirlari, 90- yillarning boshlarida ko‘pchilik respublikalar mavjud vaziyatni o‘zgartirish talablarini ilgari sura boshladilar. O‘zbekiston Respublikasining rahbari I. A. Karimov 1989- yil 20- sen¬tabrda Moskvada bo‘lib o‘tgan KPSS MQ sining ple¬numida so‘zlagan nutqida res¬publikalar bilan Ittifoq o‘rtasidagi vakolatlarni aniq-ravshan ajratib qo‘yishni ko‘zda tutadigan yangi shartnoma ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida o‘z fikrini bildirib: „ Biz Ittifoq va respublikalarning vazifa¬larini, burchlarini va o‘zaro majburiyatlarini aniq-ravshan belgilab qo‘yish, respublikalar mustaqilligini har jihatdan mustah¬kamlash tarafdorimiz“, — degan edi. Biroq markaziy hokimiyat respublikalarga erkinlik berish haqidagi talab-takliflarni e’tiborga olishni istamas, to‘g‘rirog‘i ular¬ga erkinlik berishni xohlamas edi. Markazning qaysarligi hamda respublikalar jamoatchiligining ta’siri ostida markazdan ajralish harakati kuchayib bordi. 1990- yil bahorida Boltiq¬bo‘¬yidagi Latviya, Litva, Estoniya Respublikalari, keyin¬roq Gru¬ziya va Ozarbayjon Respublikalari Ittifoq tarkibidan chiqqan¬ligini e’lon qildilar. Ittifoq bo‘yicha o‘z milliy davlat tuzilmalaridan tashqarida yashayotgan 60 milliondan ortiq aholi milliy-etnik muammolar, mojarolarga duchor bo‘ldi. Rossiya, Ukraina, Belarus parlamentlari davlat suvereniteti to‘g‘risida deklaratsiya qabul qildilar. Ittifoqdosh respublikalar ketidan RSFSR ga kiruvchi muxtor respublikalar ham suverenitet haqida deklaratsiyalar qabul qilishdi. Markazda va joylarda SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi yoki respublika Konstitutsiyasi va qonunlari ustunmi, degan masalada bahs va munozaralar kuchaydi. Markazdagilar „Kuchli markaz — kuchli respublikalar“ desa, joylardagilar „Kuchli respub¬lika¬lar — kuchli markaz“ der edilar. Markaziy hokimiyat jamoatchilikning talabi ostida Ittifoq shartnomasini yangilash zarurligini e’tirof etishga majbur bo‘ldi. SSSR Oliy Soveti mazkur masala bilan shug‘ullanuvchi maxsus delegatsiya tuzdi va uning tarkibini tasdiqladi. 1990- yil iyulda Moskvada markaz vakillari bilan respublikalar delegat¬¬si¬yalari yangi shartnoma matnini tayyorlashga kirishdilar. 1990- yil avgust oyida Ittifoqni yangilash dasturi ishlab chiqildi. Dasturda respublikalar o‘z hududlaridagi butun milliy boyliklarga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish huquqiga ega ekanligi ta’kidlangan edi. Ammo shartnomaga bunday yonda¬shuv markaz¬dagilarga yoqmadi.
. 90.Mustaqillik yillarida ma’naviy va madaniy qadriyatlarning tiklanishi.
Mustaqillik yillarida O'zbekistondagi ma'naviy hayot. Diniy qadriyatlar va islam ma'naviyatining tiklanishi. O'zbekiston Respublikasi o'zining ko'p asrlik orzusi bo'lmish mustaqillikka erishgandan so'ng hukumat rahbarlari va xalqimizning barcha qatlami oldidagi eng dolzarb, ma'suliyatli, muqaddas vazifa - ushbu buyuk in'omni, mustaqillikni saqlab qolish va uni rivojlantirib, davlatimiz mavqeini xalqaro miqyosiga olib chiqishdan iboratdir. Bu ulkan vazifani amalga oshirish bilan bir vaqtning o'zida kechiktirib bo'lmaydigan eng muhim tomoni - kishilarimizning ma'naviy-madani barkamolligini yuksaltirib borishdir.
Prezidentimiz I. A. Karimov ta'kidlaganidek, «Ma'naviyat shunday qimmatbaho mevaki, u bizning Qadimiy va navqiron xalqimiz qalbida butun insoniyatning ulkan oilasida o'z mustaqilligini tushunib yetish va ozodlikni sevish tuyg'usi bilan birgalikda yetishgan. Ma'naviyat o'z xalqining tarixini, uning madaniyati va vazifalarini chuqur bilish va tushunib yetishga suyangandagina qudratli kuchga aylanadi».
Ushbu qimmatli fikrlarga amal qilgan holda avvalo ma'naviyat va madaniyat tushunchalariga qisqacha izoh berish joiz. Ma'naviyat - avvalo odamning ruhiy va aqliy olamining majmuidir. Ma'naviyat - jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokni mujassamlashtiruvchi tushunchadir. Ma'naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topib boradi va aksincha ma'naviyat qashshoqlansa jamiyat tobora tanazzulga yuz tutadi. Ma'naviyat keng tushuncha bo'lib, ma'rifat, madaniyat tushunchalarni ham o'ziga qamrab oladi.
Madaniyat ikki turga: moddiy va ma'naviy madaniyatlarga bo'linadi. Moddiy madaniyatga - mehnat qurollari, turar-joy, kundalik turmush buyumlar, kiyim-kechak, transport, aloqa vositalari va shu kabilarni o'z ichiga oladi. Ma'naviy madaniyatga aqlan va ma'nan yaratguvchanlik sohalari - bilim, ahloq, ta'lim-tarbiya, huquq, falsafa, nafosat, san'at, fan, adabiyot, fol’klor, asotirlar, din va shu kabilar kiradi. Darhaqiqat, mustaqillikka erishganimizdan so'ng dolzarb muammolardan asosiysi - yangi tarixiy sharoitda jamiyatga munosib kishilarni tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifani bajarish esa bevosita avvalgi o'n yilliklarda elimizdan yashirib, man qilinib kelingan xalqimizning ko'p ming yillik merosini, tarixini, tiklash va uni keng, holisona yoritib, targ'ib etishga bog'liqdir.Chunki ajdodlarimiz yaratgan qadimgi ma'naviy va madaniy meroslar qanchadan-qancha tarixiy-siyosiy jarayonlardan, tazyiq va ta'qiqlardan, bosqinchilar hujumlari davrlari sinovlaridan shu kunlargacha eson-omon o'tib, saqlanib keldi. So'nggi 130 yillik Rossiyaga bo'lgan qaramlikda ham xalqimizning ma'naviyati va madaniyati mustamlakachilar tomonidan butunlay bo'g'ib tashlashga harakat qilindi.
Mustaqilliksharofatibilandiyorimizda har yiliNavoiy, Bobur, Mashrab, Ogaxiy, Furqat,Fitrat, Cho'lpon, AbdullaQodiriy, UsmonNosirkabi qator ulug'shoirvama'rifatparvarlarningkunlarini o'tkazishodattusigakirdi. Mustaqilligimizyillarida o'tganallomalarimizningyaratganasarlarininashretish sohasibo'yichahamtalayginaishlarbajarildivabajarilmoqda.Hukumatimiz kishilarimiz ongida ma'naviyatni yanada kuchliroq shakllantirish va rivojlantirish maqsadida 1994 yil aprel oyida Respublika «Ma'naviyat va Ma'rifat» markazini tashkil etdi. Shu munosabat bilan bu markazning bo'limlari respublikamizdagi barcha xokimliklar, o'quv yurtlari, ishlab chiqarish korxonalar, zavod va fabrikalar, qishloq, mahallalar qoshlarida ham ochildi.
Yurtimizda ma'naviy merosni tiklashga bag'ishlab amalga oshirilgan ulkan ishlardan biri Ahmad al-Farg'oniyning 1200 yillik, Imom Ismoil al-Buxoriyning 1225 yilligi hamda Amir Temurning 660 yilligi yubileylari tantanalarini nishonlash, ularning faoliyatini va ijodini to'liq yoritib xalqimizga bayon etish hamda nomlarini abadiylashtirish bo'ldi. Hukumatimiz qarori bilan 1996 yil Amir Temur yili deb e'lon qilindi. Uning yubiley tantanalari nafaqat O'zbekistonda balki xalqaro miqyosda ulkan ko'tarinkilik bilan nishonlandi. Amir Temurning hayoti, faoliyatiga doir bir necha o'nlab asarlar yaratildi. O'zi tug'ilgan Shaxrisabzda hamda Toshkentning markazida ulkan haykali o'rnatildi. Shuningdek, nihoyatda xashamatli tarzda Temuriylar muzeyi binosi qad ko'tardi. Amir Temur nishoni ta'sis etildi. Bu qilingan ishlar shuni bildiradiki, mustaqillik sharofati bilan ko'plab haqiqatlar yuzaga chiqmoqda, ya'ni, shulardan eng yirigi -sho'rolar davrida bosqinchi, kallakesar degan nomlar bilan niqoblanib kelingan Amir Temur nomi o'zining haqiqiy yirik tarixiy shaxs, intizomli iqtidorli hukmdor, yetuk sarkarda, bunyodkor, yirik, markazlashgan turkiy davlat asoschisi degan haqiqiy obro'-e'tibori va mavqeini topdi..
1998 yilda yurtimizda ma'naviy qadriyatlarni va meroslarni tiklashga bag'ishlangan eng muhim ishlardan bo'lmish Bag'doddagi Ma'mun akademiyasi faoliyatida yetakchi rol o'ynagan yurtdoshimiz, serqirra olim Ahmad al- Farg'oniyning 1200 yilligi yurtimizda katta tantalar bilan nishonlandi. Farg'onada al- Farg'oniyga yirik haykal o'rnatildi va bu joy xalqimiz uchun ajoyib ziyoratgoxga aylantirildi. Islom dunyosining eng yetuk hadisshunosi bo'lmish, ham yurtimiz Imom Ismoil al-Buxoriyning ulug' nomi ham totalitar tuzum davrida deyarli tilga olinmas edi. Dunyo olimlari bu insonning faoliyati va yaratgan asarlarini allaqachonlar tan olgan edi. Mustaqillik yillarda vatandoshimiz to'plagan hadislarning 4 jildlik to'plami nashrdan chiqarilib xalqimizga sovg'a qilindi. Samarqand shahri yaqinidagi Chelak shahrida al-Buxoriyga atab yodgorlik va haykal o'rnatildi. Bugungi kunda ushbu ziyoratgoxga jahonning turli burchaklaridan odamlar kelib ziyorat qilib ketmoqdalar.Yuqorida ko'rsatilgan ishlar bilan bir qatorda o'tmishdoshlarimiz yaratgan madaniyat obidalarini tiklash, ta'mirlashdek savob ishlarga davlatimiz rahbarlari alohida e'tibor bermoqda. Toshkent yaqinidagi ziyoratgox, islom dunyosining yetuk va mashhur namoyondalaridan Zangi ota Oyxo'ja Tojxo'ja o'g'li yodkorlik majmuasida katta ta'mirlash ishlari olib borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |