93.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda bank-moliya timzidagi islohotlar.
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki matbuot xizmati O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan iqtisodchi F. Mullajonovning “Bunyodkorlik, yaratuvchilik va farovonlik” nomli maqolasini e'lon qildi:“Mamlakatimiz bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar ana shunday ezgu maqsadga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.Yurtimiz mustaqilligining 22 yillik shodiyonalari tobora yaqinlashmoqda. Aslida, bunday qutlug' davrni yillar bilan emas, balki amalga oshirilgan ishlar, yangilanishlar, ¬islohotlar samarasi bilan o'lchash o'rinlidir. Zero, shu qisqa fursatda qo'lga kiritilgan yutuqlarga nazar tashlasak, ularning natijasidan ko'nglimiz iftixorga to'ladi.Darhaqiqat, tarixan qisqa, shu bilan birga, asrlarga teng bo'lgan davrda jamiyatimiz hayotining barcha jabhalaridagi kabi bank tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Natijada o'ta qisqa davrda mustahkam iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy asos va rivojlangan infratuzilmaga ega bo'lgan, xalqaro andozalarga to'liq mos keluvchi, barqaror va ishonchli faoliyat yurituvchi bank tizimi barpo etildiki, bugungi kunga kelib, u yurtimizda amalga oshirilayotgan yangilanish va o'zgarishlar, modernizatsiyalash jarayonlarida hal qiluvchi omillardan biriga aylandi. Shubhasiz, bunda Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va xalqaro hamjamiyat e'tirofiga sazovor bo'lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning “o'zbek modeli” bosh mezon bo'ldi. Binobarin, mazkur strategik dastur davlat qurilishini tubdan yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan xoli etish, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya'ni islohotlar tashabbuskori bo'lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta'minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirib borish tamoyillariga asoslangandir.Dolzarb vazifalarning oqilona yechimiOrtda qolgan yillarni sarhisob qilganda, shunga guvoh bo'lamizki, ma'muriy-buyruqbozlik va rejali-taqsimot tamoyillari hukmron bo'lgan tizim o'rniga tamomila yangi — erkin bozor munosabatlari va tamoyillariga asoslangan iqtisodiy tizimni barpo etish o'z-o'zidan, bir tekisda va oson kechgani yo'q. Bu yo'lda jiddiy muammolar, to'siqlar, qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni mardonavor yengib o'tishga to'g'ri kelgan edi. ¬Prezidentimizning “O'zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” nomli asarini mutolaa qilar ekanmiz, xalqimiz baxt-saodati, ertangi kunini o'ylab boshlangan ana shu oqilona siyosat mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |