101.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda sud sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Sud tizimining liberallashuvi.
Toshkentda 2009 yil 2526 iyun kunlari “O‘zbekistonda sudhuquq islohotlari sohasidagi yutuqlar va uning istiqbollari” mavzuida xalqaro ilmiyamaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi, Oliy sud huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazi tomonidan Germaniyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va Yevropa Kengashi huquqi orqali demokratlashtirish Venetsiya komissiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Oliy sud, Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Adliya va Ichki ishlar vazirliklari, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, O‘zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi, Toshkent davlat yuridik instituti, xalqaro tashkilotlar hamda mamlakatimizda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus vakillari, Bolgariya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Koreya Respublikasi kabi xorijiy davlatlar ekspertlari ishtirok etdi. Konferensiyada O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashdan iborat ekani ta’kidlandi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan hayotning barcha jabhalarini, jumladan, sudhuquq tizimini liberallashtirish va demokratlashtirish bo‘yicha izchil choratadbirlar majmui amalga oshirilmoqda. Bu sohadagi islohotlar xalqaro huquq me’yorlariga va mamlakatimizni rivojlantirish modeliga mos konsepsiya asosida amalga oshirilmoqda. Xususan, sudlar ixtisoslashuvi amalga oshirildi, sudyalarni tanlash va tayinlash bo‘yicha yangi mexanizm joriy qilindi, sud hokimiyati mustaqilligini, prokuror va advokat protsessual huquqlari tengligini yanada kengroq ta’minlash choralari ko‘rilmoqda. Ishlarni apellatsiya va kassatsiya tartibida ko‘rib chiqish, yarashuv institutlari amalda joriy qilindi. Jinoyatlarning tasniflanishi o‘zgartirildi, jinoiy jazo tizimi bosqichma bosqich liberallashtirilmoqda. O‘zbekistonda 2008 yilning 1 yanvaridan o‘lim jazosining bekor qilinishi va qamoqqa olish uchun sanksiya berish huquqining sudlarga o‘tkazilishi mamlakatimiz inson huquqlarining ishonchli ta’minlanishiga yo‘naltirilgan demokratik islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lidan og‘ishmay borayotganligidan dalolat beruvchi muhim omildir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 23 iyunda qabul qilingan “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori ushbu choratadbirlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |