1.“Avesto” kitobi – Vatanimiz tarixini o’rganishda muhim manba. “Avesto”


Mustaqillik yillarida O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati



Download 0,7 Mb.
bet90/267
Sana21.06.2022
Hajmi0,7 Mb.
#687549
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   267
Bog'liq
4587 - копия

102.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati.


O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning qo’shimcha chora tadbirlari to’g’risida”gi Qarori va Dasturida belgilangan vazifalarO’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan keyin qabul qilingan ilk Qonun “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qonun bo’lib,o’tgan davr mobaynida yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini kafolatladi.
Mamlakatimiz rahbari tomonidan 2008 yilning “Yoshlar yili”, 2010 yilni “Barkamol avlod yili”, 2012 yilni “Mustahkam oila yili”, 2014 yilni “Sog’lom bola yili deb e`lon qilinishi va qabul qilinayotgan davlat dasturlari mamlakatimizda sog’lom avlodni shakllantirish, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan izchil siyosatning in`kosi bo’lib hisoblanadi.joriy yilning 6 fevral kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori va Dasturi bu boradagi ishlarning mantiqiy davomi bo’ldi va mamlakatimiz yoshlari tomonidan ko’tarinki kayfiyatda kutib olindi.
jDastur yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning muhim Mazkur Yetti yo’nalishini o’zida mujassam etgan:
1. Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning faolligini oshirish

2. Yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish


3. Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta`minlash va tadbirkorlikka jalb etish


4. Iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini ro’yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni tizimli yo’lga qo’yish


5. Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug’ullanishga keng jalb etish, yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish


6. Voyaga Yetmaganlar va yoshlar o’rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish


7. Barkamol avlodni tarbiyalashda ommaviy axborot vositalari va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish kabilar.


Dasturda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, demokratik davlat qurish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlarida ularning

faolligini oshirish maqsadida “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqish, O’zbekiston Respublikasida siyosiy, huquqiy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda amalga


oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga to’la-qonli tushuntirish, yosh avlodni ushbu jarayonlarga keng jalb etishga qaratilgan


“Vatan kelajagi sening qo’lingda!” targ’ibot loyihasini amalga oshirish vazifalari belgilangan.


Yuksak ma`naviyatli, mustaqil fikrlovchi, qat`iy hayotiy pozitsiya, keng dunyoqarash va chuqur bilimlarga ega bo’lgan vatanparvar yoshlarni tarbiyalash, ularda turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi immunitetni shakllantirish - jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Yoshlar o’rtasida “Yoshlar va axloqiy qadriyatlar”, “Yoshlar va oila”, “Yoshlar va ijtimoiy faollik”, “Yoshlar va ta`lim”, “Yoshlar va kitobxonlik” mavzularida sotsiologik tadqiqotlar o’tkazish, Muzeylar – boy tariximiz va betakror madaniyatimiz xazinasi” mavzusida muzeylar

oyligini tashkil etish orqali yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, tarix, madaniyat va ma`naviyat sohalaridagi bilimlarini mustahkamlash


ko’zda tutilgan.Yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallashlari uchun munosib sharoitlar yaratish, ularni ish bilan ta`minlash va tadbirkorlikka jalb etishyo’nalishida yoshlar bandligini ta`minlash, ularni mamlakatimizda amalga oshrilayotgan bunyodkorlik ishlariga jalb qilish maqsadida “Bunyodkor” yoshlar mehnat harakatifaoliyatini yanada kengaytirish, yoshlarni har tomomnlama Yetuk mutaxassis bo’lib kamol topishga bo’lgan intilishlarini qo’llab-quvvatlashga qaratilgan “Yilning eng faol yosh mutaxassisi” tanlovini o’tkazish hamda “Yosh mutaxassislar” respublika forumini tashkil etish, oliy ta`lim muassasalari talabalariga banklar tomonidan ta`lim kreditlari berish tizimini yanada takomillashtirshga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.





Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   267




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish