103.Mustaqillik yillarida O’zbkekiston sanoatini tubdan yangilash.
Mustaqillik yillarida yengil sanoat mamlakatimiz makroiqtisodiy kompleksida mustahkam o‘rin egalladi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qulay sharoitlar, imtiyoz va preferensiyalar, mustahkam me’yoriy-huquqiy baza yaratilayotgani samarasida tarmoq korxonalari salmoqli yutuqlarga erishmoqda va sifat jihatidan rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarildi.
Iqtisodiyotimizni rivojlantirishda yengil sanoat muhim o‘rin tutmoqda. Jumladan, joriy yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida ushbu tarmoq ulushi 3,8 foiz, sanoat mahsulotlari hajmida 26,2 foiz, nooziq-ovqat iste’mol tovarlari ishlab chiqarishda 44 foizdan ortiqni tashkil etdi. Mamlakatimizda chet el investitsiyalari va texnologiyalarini keng jalb etish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan samarali siyosat ishlab chiqarish sohasida yuqori ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlayotir. Natijada mustaqillik yillarida tarmoqqa 2,2 milliard dollardan ortiq sarmoya jalb etilib, 180 dan ziyod yirik investitsiya loyihasi hayotga tatbiq etildi. Bugungi kunda «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati tarkibiga zamonaviy texnika bilan ta’minlangan 312 to‘qimachilik, tikuvchilik va trikotaj, shuningdek, shoyi mahsulotlari ishlab chiqaradigan korxonalar kiradi. Ushbu korxonalar tashqi bozorga kalavadan tortib tayyor buyumlargacha bo‘lgan keng turdagi mahsulotlar yetkazib berish imkoniyatiga ega. Zamonaviy dizayn va yuqori sifat ko‘rsatkichlari ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini ta’minlab, ularning xalqaro bozorda munosib o‘rin egallash imkonini bermoqda.Ayni paytda «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati korxonalari o‘z mahsulotlarini dunyoning 55 mamlakatiga eksport qilmoqda va bu ko‘lam muntazam kengaytirilmoqda. To‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj korxonalari o‘z mahsulotlarini MDH mamlakatlari, Xitoy Xalq Respublikasi, AQSh, Kanada va qator arab davlatlari bozorlariga yetkazib bermoqda.
Buning samarasida o‘tgan yili 157,1 ming tonna kalava, 33 million kvadrat metr ip gazlama, 4,9 ming tonna trikotaj polotno, 148,1 million dona tikuvchilik-trikotaj buyumlari, 9,1 million juft paypoq eksport qilindi.Bugungi kunda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik yangilash, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xalqaro bozorlarga chiqarish, innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va xorijiy sheriklarni jalb etish «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyatining muhim vazifalaridan biridir. Bularning barchasi mamlakatimiz yengil sanoatini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish imkonini beradi.Har yili o‘tkazib kelinayotgan O‘zbekiston xalqaro paxta yarmarkasi mamlakatimizda keng ko‘lamli loyihalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu nufuzli forum paxta va to‘qimachilik biznesida O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirishga dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarini jalb etish imkonini bermoqda.Ayni paytda «O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati va uning huzuridagi To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazma kompaniyasi bilan hamkorlikda qariyb 2000 kvadrat metr maydonga ega To‘qimachilik pavilyonini tayyorlash ishlarini amalga oshirmoqda. Forumda mamlakatimizning yuzga yaqin to‘qimachilik va tikuvchilik-trikotaj korxonalari kalava va ip gazlama, bo‘yalgan va aralash kalava, trikotaj polotno, tayyor trikotaj, tikuvchilik, paypoq buyumlari, paxmoq mahsulotlar, maxsus gazlamalar, matolar, maxsus kiyimlar hamda boshqa yengil sanoat tovarlarini taqdim etadi.Yarmarkada «Osborn tekstil», «DEU Farg‘ona», «DEU Buxoro», «Indorama Qo‘qon tekstil», «Tekstil Texnoloji grup», «Alkim tekstil», «Biryuza grupp», «Konteks Toshkent», «BF tekstil», «Fresh Stayl», «Lukbo tekstil», «O‘zteks», «Plasteks» kabi nufuzli kompaniyalar o‘z stendlari bilan qatnashadi.«O‘zbekengilsanoat» aksiyadorlik jamiyati huzuridagi «Sharq liboslari» dizayn markazi mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining liboslar kolleksiyasini namoyish etish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda. Tadbirda tarmoq korxonalari va mamlakatimiz dizaynerlarining liboslari modeli namoyish etiladi. Erkaklar, ayollar va bolalar kiyim-kechaklari, kundalik va bayram liboslari kolleksiyalari shular jumlasidan. Turfa ranglar uyg‘unligi, naqsh va bichimlar xilma-xilligi xalqimizning boy madaniy merosi, an’analari, go‘zallik va bejirimlikka intilishidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |