98.Mustaqillik yillarida O’zbekistonda qishloq xo’jaligini rivojlantirish bo’yicha olib borilgan islohotlar va uning natijalari
Dunyo iqtisodida yetakchi o’rinlardan birini egallovchi agrar soha, eng avvolo, har bir davlatning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlanadi. Bundan tashqari tuproq, iqlim sharoitlari, ishchi kuchi eksport masalalari ham katta ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Xususiy mulk, mulk egasi, mulkdorlar sinfi kabi iboralar hayotimizda kundalik ishlatiladigan va o’zining tub ma’nosi bilan yangi jamiyatni ifodalovchi iboralarga aylanib bormoqda. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq boshqa sohalarda bo’lgani kabi agrar sohada ham keng islohotlar o’tkazishga alohida e’tibor berila boshladi. Xo’jalik yuritishning sovet davridan olgan, o’zini olamagan shakllaridan voz kechib,ularning o’rniga butun dunyoda joriy etilgan xususiy fermer xo’jaliklari tashkil etildi.
Islohotlar o’tkazishdan maqsad, respublikamiz aholisini turmush darajasini oshirish, qishloq xo’jaligini barcha tarmoqlarini rivojlantirish, agrar sohaga rivojlangan mamlakatlar texnika va texnologiyalarini olib kirish, sohani har tamonlama rivojlantirish, mamlakatni iqtisodiy jihatdan yuksaltirishga qaratilgan. Bu borada Prezidentimiz I. Karimovning “islohotlar-islohot uchun emas avvalo inson uchun, uning manfaatlari uchun ”5, -degan fikrlari alohida ahamiyat kasb etadi.Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Dasturi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining X sessiyasidagi ma’ruzasida qayd qilingan, qishloqda bozor munosabatlarini joriy qilish muammolarini yechishda mutlaqo yangicha yondashuv bo’lishi kerakligiga asoslangan.Qishloq xo’jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning naqadar muhimligi quyidagilar bilan belgilanadi:
Iqtisodiy masala – agrar sohada mamlakat yalpi ichki mahsulotining chorak qismi yaratiladi, agrar soha bilan ishlab chiqarish va intellektual salohiyatning yarmidan ortig’iga bevosita aloqador va shu qatori qishloq xo’jaligi mahsuloti mamlakat eksport salohiyatida asosiy o’rinni egallaydi;
Mustaqillik yillarida o’tkazilgan agrar islohotlar davomida qishloqda yangi xo’jalik tuzilmasi shakllandi. Eski tizimdagi davlat va jamoa xo’jaliklari o’rniga, bozor munosabatlariga mos keladigan va qishloq xo’jaligi tarmog’ida bozorning ob’ektiv qonunlaridan biri bo’lgan raqobatchilik muhitini tashkil etish uchun qishloq xo’jaligida teng huquqlarga ega bo’lgan shirkat, fermer va dehqon xo’jaliklari tashkil etildi. Respublikaning umumiy yer fondi 44797,7 ming ga, barcha qishloq xo’jalik yerlari 27987 ming ga, shundan sug’orishga yaroqli yerlar 5 mln. ga, sug’oriladigan yerlar maydoni 4238,6 ming ga, qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yerlarning umumiy maydoni salkam 32 mln. ga, ekiladigan yerlar 4090,2 ming ga, haydalma yerlar 4474,5 ming ga. Respublika yer fondining asosiy qismi (62% ga yaqini) qishloq xo’jalik yer turlari toifalariga mansub, qolgan qismi fuqarolar yerlari-tomorqa (1%), o’rmon va to’qayzorlar (3,2%) va qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan yerlardan (34,2 %) iborat. Sug’oriladigan yerlar jami yer resurslarining 9,2 % ni tashkil etishiga qaramay Respublika qishloq xo’jaligida yetishtiriladigan yalpi mahsulotning 98,5 % shu yerlarda yetishtiriladi.6
O’zbekistonda 20 asrda sug’oriladigan yerlar maydoni sezilarli ko’paydi (1914 yilda 1809,5 ming ga; 1994 yilda 4238,6 ming ga). Keyingi o’n yilliklarda irrigatsiya-melioratsiya ishlariga katta e’tibor berildi. Respublika aholisi sonining o’sish sur’atlari sug’oriladigan yerlarni kengaytirish sur’atlaridan o’sib ketish natijasida aholi jon boshiga to’g’ri keladigan sug’oriladigan haydalma yer maydoni yildan-yilga kamayib bordi. Yerlardan oqilona foydalanish, ularni muhofaza qilish, tuproq unumdorligini tiklash, tabiiy muhitni asrash va yaxshilash, xo’jalik yuritishning hamma shakllarini teng huquqlar asosida rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida respublikada yer munosabatlari O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi (1998 yil aprel; 1998 yilning 1 iyulidan amalga kiritilgan) bilan tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |