86.Mo’g’ullar istilosi va uning oqibatlari.
Buxoroning Torob qishlog`ida bosqinchilar va Mahalliy mulkdor zulmiga qarshi qo zg olon boshlanadi. Unda Buxoro shahri va uning atrofidagi 1238yilda yuz bergan qishloqlarning hunarmandlari va dehqonlari bu qo`zg'olon tarixga qatnashadi. Qo`zg`olonga toroblik g`alvir Mahmud Torobiy yasovchi hunarmand Mahmud boshchilik qo`zg'oloni nomi bilan shuhrat topadi. Mahmud Torobiy atrofiga juda ko`p hunarmand va dehqonlardan iborat katta kuch to`planadi. Mahmud boshliq qo`zg`olonchilar Torobdan chiqib Buxoroga yo`l oladilar. Bu yerda Torobiyning yaqin safdoshlaridan Shamsiddin Mahbubiy va shahar aholisi qo`zg`olonchilarga qo`shilib qo`liga qurol oladi. O`zlarining qadrdon shahar va qishloqlarini mo`g`ullardan va ularning hamtovoq xizmatchilari - mahalliy ma'murlardan ozod qilishga otlangan kishilardan kattagina lashkar to`planadi. Mahmud Torobiy o`z tarafdorlari bilan Buxoroga kirib olgach, shahar ichidagi Robiya saroyini qarorgoh qilib oladi. Bu yerda Buxoroning sadrlari, badavlat a'yonlari, yirik yer egalarini chaqirtiradi. U o`zini Buxoro va atrof viloyatlarining xalifasi, ya'ni hukmdori deb rasmiy ravishda e`lon qilishga ularni majbur etadi. Shundan so`ng Shamsiddin Mahbubiy sadr deb e`lon qilinadi. Mahmud Torobiy Buxoroda o`z hukmronligini o`rnatgach, mo`g`ul tarafdorlari bo`lgan mahalliy amaldorlar Buxorodan qochib ketadi. Qochib ketgan amaldorlar va mo`g`ullar noib Mahmud Yalavoch yordamida Karmana yaqinida kuch to`plab, Buxoro ustiga yuradilar. Bundan xabar topgan Mahmud Torobiy o`z tarafdorlari bilan shahardan tashqariga dushman harbiy kuchlariga qarshi chiqadi. o`rtada jang boshlanadi. Mo`g`ullar yengilib, Karmanaga tomon qocha boshlaydilar. Shiddatli janglar qilib, dushman Karmanagacha quvib boriladi. Mo`g`ullardan 10 mingga yaqin kishi halok bo`ladi. Bu jangda qo`zg`olon boshliqlari Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham shahid bo`ladilar. Qo`zg`olonchilar ularning o`rniga Torobiyning ukalari Muhammad va Alini boshliq qilib saylaydilar. Oradan bir hafta o`tmay, ularga qarshi mo`g`ullarning yangi qo`shini hujum qiladi. Jangda qo`zg`olonchilar tor-mor qilinib, Torobiyning har ikkala ukalari ham halok bo`ladilar. Mo`g`ullar Buxoroni yana bosib olib, u yerda ilgarigi tartiblarni yana qayta o`rnatadilar. Qo`zg`olon bostirilsa-da, u mo`g`ullar zulmiga qarshi xalq ozodlik harakati tarixida alohida o`rin tutadi. Qo`zg`olon mo`g`ullar va mahalliy hukmron doiralari qarshisida jiddiy xalq kuchi, vatanparvar xalq yetakchilari borligini ko`rsatdi. Chig`atoy soliqlarni tartibga solishga, 1238-yilda Mahmud Yalavochni noiblikdan chetlatishga majbur bo`ldi. Uning o`g`li Mas'udbek noib etib tayinlandi. Ulug` xoqon o`qtoy Mahmud Yalavochni Pekin shahriga hokim etib tayinlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |