Qo‘zg‘atuvchisi – ipsimon shakldagi Nephromyces avlodiga mansub Nephromyces pisceium (plehn) turidagi zamburug‘ hisoblanadi. Zamburug‘ning giflari (mitseliy) kuchli shoxlangan bo‘lib, eni 1,5–3 nmk. Baliq bulyonidan tayyorlangan jelatinli ozuqaviy muhitda yaxshi o‘sadi. Nefromikoz. Patogenez. Zamburug‘ning ko‘p sonli shoxlangan iplarining joylashuviga qarab shuni aytish mumkinki, infeksiya buyrakning siydik kanalchalaridan boshlanib, limfoid (gemapoetik) to‘qimani o‘rab oladi. Zamburug‘larning o‘sishi va rivojlanishi siydik yig‘uvchi kanalchadan boshlanadi. Bunda zamburug‘lar tashqi teshik orqali kirib, so‘ngra ular o‘sib buyrakning oldingi qismiga o‘tadi hamda buyrakning biriktiruvchi to‘qimasiga ham kirib oladi. Siydik yig‘uvchi kanalchalar (ko‘p miqdordagi shilliq hujayralari epiteliylardan iborat), infeksiya bilan zararlanmaydi, biroq juda mayda, kichik kanalchalarda zamburug‘lar o‘sadi. Oraliq to‘qimalarda, ayniqsa, chirigan to‘qimalarda zamburug‘lar jigar rang tusdagi, qalin devorli sporalar – onidiyalarni hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |