Diagnostikası. Diagnoz kompleks usulda - epizootologik ma’lumotlar inobatga olinishi kerak, klinik belgilariga qarab va kasallikdan o‘lgan baliq jabrasini mikroskopik tekshiruvdan o‘tkazib, zamburug‘ giflari va sporalarini topish asosida qo‘yiladi. Bronxiomikozni baliqlarning «zamor» kasalligidan farq qilishimiz kerak. Bronxiomikozda kasal baliqlarning boshi suv ostiga qaragan bo‘ladi. Nefromikoz. Nefromikoz ham karp va karas (zolotix) turdagi baliqlarning yuqumli kasalligi bo‘lib, baliq buyraklarini ipsimon zamburug‘lar bilan zararlanishi oqibatida kelib chiqib, kasal baliqlarni ommaviy ravishda nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu zamburug‘ Nephromyces avlodiga kiradi. Kasallik ilk marotaba XX asrning boshlarida 5–6 yoshdagi karas turdagi baliqlarda, keyinchalik karp turdagi baliqlarda G‘arbiy Yevropa davlatlaridagi suv havzalarida topilgan. Bizda bu kasallik uchramaydi, biroq boshqa davlatlardan kelib qolish xavfi bor. Shuning uchun ham asosiy e’tiborni respublikamizga infeksiya kirib kelishini oldini olishga qaratish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |