PSEVDOMONOZ. Kasallikning klinik belgilari. Kasal baliqlar holsizlangan, tashqi tasirotlarga befarq, toza suv oqimiga kelib to‘planib qoladi. Kuchsizlangan, holdan toygan baliqlarni suv oqimi oqizib yuborib, suv chiqarib yuboradigan uskunalar panjaralari oldida yig‘iladi. Qishlovchi komplekslardagi basseynlarda kasal baliqlar o‘zini passiv idora qiladi, suv yuzasida so‘lg‘in harakatlanadi, ularni qo‘l bilan ushlash oson. Patologik jarayonning rivojlanishi oqibatida bal iqlarda pucheglaziye, teri tangachalarining manbali to‘kilishi va qorinning kattalashuvi (suv to‘planishi oqibatida) kuzatiladi. Tangachalar to‘kilgan joylarda qora-yashil tusdagi dog‘lar tovlanuvchi qoramtir rangga kiradi, tananing turli qismlarida, ayniqsa, jabra qopqoqchasi sohasida, ko‘krak va qorin suzgichlarining asosida nuqtasimon yoki manbali hamda ko‘zning oq pardasida o‘roqsimon qon qo‘liyish kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |