Bronxiomikoz. Baliq kasalliklari orasida zamburug‘li kasalliklarning o‘rni. Baliqlarning zamburug‘lar tomonidan sodir etiladigan kasalliklari baliqlar orasida ommaviy ravishda o‘limni keltirib chiqarish bilan xarakterlanadi. Ayniqsa, baliqchilik tarmog‘ini intensifikatsiyalash sharoitida juda katta xavf tug‘diradi. Bu kasalliklar baliqchilik xo‘jaliklarida ancha ilgaridan kelib chiqqanligiga qaramay, hozirgacha yaxshi o‘rganilmagan. Mutlaqo aniq bir diagnoz qo‘yish usuli ishlab chiqilmagan, kasallikning epizootologiyasi, patogenezi unchalik yaxshi o‘rganilmagan, kasallikni oldini olish va qarshi kurashishda samarali chora-tadbirlar ishlab chiqilmagan. Suv omborlarida boqilayotgan baliqlar orasida bronxiomikoz, ixtiosporidioz, va boshqa zamburug‘lar tomonidan qo‘zg‘atiladigan kasalliklar keng tarqalib baliqchilik xo‘jaliklarida katta xavf tug‘dirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |