Kasal baliqlar ozuqa qabul qilmaydi, tashqi muhit tasirotlariga javob qaytarilishi keskin pasayadi yoki umuman javob qaytarmaydi, suvning yuzasiga suzib chiqib, biroq havoni qabul qilmaydi (xuddi «zamorga» o‘xshash) va baliqlarni qo‘l bilan ushlash juda ham oson. Kuchli zararlangan baliqlar yonboshiga yotib va shu holatda nobud bo‘ladi. Chiqim 50–70 %ga yetadi. O‘lmay qolgan baliqlarda esa kasallik yarim o‘tkir yoki surunkali oqimga o‘tib oladi. Kasallanib sog‘aygan baliqlarning jabrasi xuddi yeyilganga o‘xshaydi. Uning tiklanishi yillab davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |