Kasallikning kelib chiqishi va kuchayishiga baliqlarni qishlash sharoitiga qo‘yilgan veterinariya-sanitariya va zoogigiyenik talablarning buzilishi sabab bo‘ladi. Masalan, antisanitariya holatida turgan qishlovchi hovuzlar va unda o‘sgan suv va yerli o‘simliklarning yoz davomida qurimasligi ko‘proq psevdomonozning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Bahorda, baliqlarni yayrovchi hovuzlarga o‘tkazilgandan keyin kasallik to‘xtaydi va butun yoz davomida kelib chiqmaydi. Kasallik manbayi – bu kasal va kasallanib sog‘aygan baliqlar, hamda bosh hovuzlarda yashovchi yirtqich baliqlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |