BALIQLARNING BAKTERIAL KASALLIKLARI PSEVDOMONOZ. Psevdomonoz bilan karp, sazan, ularning gibridlari, kumush rangli tovonbaliq, ola do‘ngpeshona, oq do‘ngpeshona baliqlarning bir yoshdagilardan to nasllilarigacha kasallanadi. Biroq kasallikni enzootik avj olishi bir va ikki yoshli baliqlar orasida kuzatiladi. Psevdomonozda yaqqol ko‘zga namoyon bo‘luvchi mavsumiyligi bor. Kasallikni avj olishi qishlash davrining ikkinchi yarmida – yanvar oyidan mart oyigacha kuzatilib, kasal baliqlarning ommaviy nobud bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Yosh baliqlarning o‘limi 30–40 %ga, agarda kasallik o‘tkir oqim da kechsa, barcha kasal baliqlar nobud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |