O’TKIR NAFAS YETISHMOVCHILIGI
REANIMATSIYASI VA INTENSIV TERAPIYA
Organizmdagi azolarning hayot faoliyati uchun kislorod juda zarur, buning uchun tashqi muhitdagi havo tarkibidagi kislorod tashqi nafas yollari orqali kirib, opka alveolalarini toldiradi va alveola devori orqali opkadagi kapillar qon tomiriga otib, to-
qimalarga tarqaladi. Opka alveolalari orqali karbonat angidrid gazining kislorod bilan almashinishiga tashqi nafas olish deyiladi.
Shunga kora organizm O bilan taminlanib, tashqi muhit bilan 2
alveola ortasida doimiy bogliqlik boladi.
Otkir nafas yetishmovchiligi haqida tushuncha. Tashqi nafas olish bilan organizmning oksigenga nisbatan ehtiyojini qondira olmagan holati, keng manoda aytganda, opkalarning nafasga aloqador bolmagan va nafasga aloqador funksiyalari buzilishi natijasida venoz qonning arterial qonga aylantirish qobiliyatining izdan chiqishi otkir nafas yetishmovchiligi (ONY) deb tushuniladi. Natijada organizmda chuqur va ogir gaz almashinuvi buzilishi kuzatiladi.
ONY kelib chiqish sabablaridan qati nazar, organizmdagi qon va toqimalardagi kislorod miqdorining kamayishi gipoksiya holatiga olib keladi. ONY quyidagi sabablarga kora rivojlanadi: 322
nafas azolarining shikastlanishi, jumladan, kokrak qafasining, traxeyaning jarohatlanishi, infeksiya, intoksikatsiyalar va boshqalar natijasida;
kalla va bosh miyaning shikastlari, dori-darmonlar tasiri, gipoksiya, operatsiya tufayli nafas markazi ishining pasayishi va boshqalar natijasida;
bemor nafas yollarining bekilib qolishi yoki obturatsiya tufayli;
gemoglobin miqdorining kamayishi, anemiya, is gazidan zaharlanish;
umumiy aylanib yuruvchi qon miqdorining kamayishi yoki venalarda qon dimlanishi natijasida kislorod miqdorining kamayishi.
Klinikasi. ONY da rivojlanayotgan gipoksiya va giperkapniya tufayli hayotiy zarur azolar faoliyati izdan chiqadi. Shunga kora kompensator mexanizmlar ishga tushishi natijasida bemorda yotal, nafas siqishi, nafas olishning tezlashuvi, nafas yetishmasligi, bogilish kabi holatlar paydo boladi. Bogilishda yengil sianoz bolib, pulsning tezlashuvi kuzatiladi, bemor es-hushining ozgarishi va koma holatlari rivojlanadi. Bemor dastlab qozgalgan, bezovta bolib, keyin tormozlanish jarayoni boshlanadi, alahlaydi (gallutsinatsiya va alahlash). Bemorning teri qavatlari nam, yuzi kokargan yoki oqargan boladi. Nafas olishda yordamchi mushaklar, burun qanotlari qatnashadi, taxikardiya kuchayadi, puls va AB kotarilib ketadi.
Gipoksiya organizmda quyidagi darajalarda rivojlanadi: 1-darajali gipoksiyada nafas olish tezlashadi, sianoz, AB ko-
tariladi va taxikardiya kuchayadi.
2-darajali gipoksiyada taxikardiya, sianoz, nafas olish qiyinlashadi, bemor hushidan ketadi, ammo reflekslar saqlanadi.
3-darajasi bemorning koma holati bilan xarakterlanadi, reflekslar ham yoqoladi, sianoz keskin rivojlanadi va bradikardiya paydo boladi. Bu darajada 45 daqiqa davomida bevosita reanimatsiya usullarini qollash bilan bemor hayotini saqlab qolish mumkin.
4-daraja songgi bosqich bolib, bemorni asrab qolish qiyin kechadi.
Giperkapniya ham 2 darajada rivojlanadi:
1-darajasida nafas siqishi, kuchli terlash va bronxlardan suyuqlik ajralishi kuchayadi. Diurez kamayadi, AB tushib ketadi, bemor qozgalgan va bezovta boladi.
2-darajasida nafas soni kamayadi, bronxlar gipersekretsiyasi, nafas siqishi, sianoz paydo boladi, organizmga havo kiritish bilan ular tezda yoqoladi. Bemor hushidan ketadi va koma holatiga tushadi. Renimatsiya tadbirlari yaxshi natija beradi.
Davosi. ONYni davolash reanimatologiyaning asosiy vazifala-ridan biri hisoblanadi. Davolash tadbirlari simptomatik xususiyatga ega, chunki jarayon boshqa biror kasallik tufayli royobga chiqadi.
Shunga kora, reanimatsiya tadbirlari ham nafas yetishmovchiligini keltirib chiqargan sabablarni nazarda tutgan holda olib boriladi. Ogir asoratlarining oldini olish uchun davolash hayotiy zarur funksiyalar izdan chiqmasdan ancha erta boshlanishi lozim.
Ogir nafas yetishmovchiligida dastlab jarayonni keltirib chiqaruvchi sabablarni yoqotish kerak va keyin simptomatik davo choralari koriladi.
1. Nafas yollari otkazuvchanligi buzilishi nafas yolining bekilib qolishi sababli tilning orqaga ketib qolishi va pastki jag-
ning tushib ketishi tufayli paydo boladi. Shuning uchun bunda jagni oldinga kotarish, nafas yoli otkazuvchanligini eng oddiy usul havo otkazuvchi naychalar qoyish bilan tiklash mumkin.
Halqum refleksi bolmaganda bemorlar naychaga qarshilik korsatmaydi. Bunda traxeyaning shilliq pardasini qitiqlash bilan yonaltirib, toplangan sekretlarni chiqarish mumkin, buning uchun traxeyaning uzuksimon va qalqonsimon togaylari orasiga ingichka ninali shpris bilan punksiya qilinib, 12 ml fiziologik eritma yuboriladi. Bu muolajalarni har 46 soatda takrorlash mumkin.
Koma uzoq davom etsa shu usul yogonroq igna bilan bajarilib, igna orqali polietilen naychani traxeyaga 34 sm kirgiziladi, u chok bilan mahkamlanadi, shu drenaj orqali antibiotik, 23 ml fiziologik eritmada eritilgan ximotripsin aralashmasi yuborilib yotal chaqiriladi va shu yol bilan bronx shoxlari tozalanadi.
Bundan tashqari, burun yoli orqali kateter kiritish kabi oddiy usul bilan ham suyuqlikni sorib olish mumkin. Balgamni su-yultirish va uning ajralishini osonlashtirish uchun bemorga ingalatsiya, namlangan oksigen fermentlari (tripsin, ximopsin), dezoksiribonukleaza, balgam ajratuvchilar (kaliy yod, termopsis) beriladi. Bundan tashqari, quyidagicha davo otkaziladi. Agar bronxlar spazmga moyil bolsa, eufillin va gormonlar tavsiya etiladi.
Ogriqsizlantirish. Bemorni turli yollar yordamida ogriqdan xoli etish bilan yotal orqali bronxlarni tozalab turish zarur, aks holda opkada ogir asoratlar rivojlanishi mumkin.
Kislorod bilan davolash. Kislorod berish yoli bilan organizmdagi gipoksiya kamaytiriladi. Buning uchun nafas yollari otkazuvchanligini taminlagan holda opkaning suniy ventila-tsiyasini otkazish maqsadga muvofiq. Kislorodni namlangan holatda Bobrov asbobi orqali burun nafas yoliga qoyilgan kateter bilan beriladi. Bu maqsadda KI-1, KI-2, I-2 ingalatsiyala-ridan va narkoz asboblaridan foydalanish mumkin.
Organizmda kislorod miqdorining oshib ketishi va uning tasirini kamaytirish maqsadida ingalatsiya har 2 soatda 2030 daqiqaga toxtatiladi. Kislorodli davo uchun faqat tibbiy kislorod ishlatiladi, uning tarkibida 91% oksigen va 1% azot mavjud.
Otkir nafas yetishmovchiligi rivojlanishida unga qarshi radikal usullardan foydalanish ijobiy natija beradi. Buning uchun konikotomiya, traxeostomiya va traxeyani intubatsiya qilish usullari ishlatiladi.
Konikotomiya zudlik bilan qilinadigan operatsiya bolib, turli sabablarga (jumladan, yot jismlar, tomoqdagi shish, shikastlar, osmalar va boshqalar) kora rivojlangan asfiksiya tufayli qilinadi.
Bu operatsiya traxeostomiya qilish uchun vaqt yetmagan va intubatsiya qilishning iloji bolmaganda otkaziladi.
Konikotomiyada qalqonsimon va uzuksimon togaylar orasidagi parda maxsus asbob torakotom yoki boshqa otkir asbob bilan ochilib, u yerga traxeostom yoki boshqa intubatsion naycha kiritiladi.
Òraxeostomiya. Otkir nafas yetishmovchiligini davolash kompleksiga traxeostomiya ham kiritiladi.
Òraxeostomiya quyidagi holatlarda qoyiladi:
1. Yuqori nafas yollari bekilib qolganda, yani ovoz naylarida shish, spazm, yot jismlar bolganida.
2. Yutish buzilishida.
3. Uzoq muddat opkani suniy ventilatsiya qilish maqsadida.
4. Òraxeya va bronxlardan suyuqlikni sorib olish uchun.
5. Òraxeyani intubatsiya qilish songgi paytlarda traxeosto-miyaga nisbatan koproq qollanilmoqda. Zamonaviy yumshoq endotraxeal naychalar bilan 2035 sutkaga suniy nafas otkazish imkoniyati yaratiladi.
6. Laringoskop yordamida nafas yoliga kateterlar qoyish yoli bilan traxeya va bronxlarni tozalash. Bu usul bemor hushida bolsa, umumiy narkoz (ftorotan) ostida otkaziladi.
Behush holatlarda esa bu muolaja shoshilinch bolgani uchun narkozsiz ham bajarilishi mumkin.
Aerozol bilan davolash. Buning uchun balgamni suyultiruv-chilar, kopgina mahalliy tasir etuvchi preparatlar (natiriy gidrokarbonat, fermentlar va boshqalar), bronxolitik, adrenalin, efedrin, izadrin, eufillin kabilar ishlatiladi. Songgi paytlarda ultratovush bilan davolash ham qollanilmoqda.
Nafas yetishmovchiligining ogir holatlarida va nafas tox-taganida opkani suniy ventilatsiya qilish yaxshi natija beradi.
Opkasi suniy ventilatsiya qilingan bemorlar har doim tibbiyot xodimlarining diqqat markazida turishi kerak. Bunday bemorlar faqat koz bilangina emas, balki asbob yordamida ham kuzatib boriladi. Opkani suniy ventilatsiya qilish infuziya va transfuziya bilan birga olib borilganda ijobiy tasir korsatadi. Bemorlarni kuzatish davomida nafas yollarini balgam va shilliqlardan tez-tez tozalab turishni unutmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |