Bog'liq 16. Agrar munosabatlar ijara haqi va renta
Agrar munosabatlar: ijara haqi va renta . 299
Qishloq xo’jaligini tartibga solish. 1933 yil qonuni paritet tushunchasini qishloq xo’jaligi siyosatining tamal toshi sifatida qo’ydi. Paritet tushunchasi ham real ham nominal atamalarda belgilanishi mumkin. Real sharoitda paritetga asoslanib yildan yilga belgilangan qishloq xo’jalik maxsulotlarini ishlab chiqarishda aniq umumiy miqdordagi maxsulotlar va xizmatlarni xarid qila olishi lozim. Aniq real ishlab chiqarish har doim shunga teng daromad natijasini berishi lozim: “agar fermer 1912 yilda bir bushel jo’xorini sotib puliga ko’ylak ola olgan bo’lsa hozir ham u bir bushel jo’xorining puliga bir ko’ylak olishi lozim.” Nominal ma’noda paritet tushunchasi fermerlar olgan daromadlari va maxsulot hamda xizmatlar uchun chiqimlari orasidagi mutanosiblik barqaror qolishi kerak. Paritet tushunchasining ma’nosi shundaki, agar ko’ylakning narxi vaqt davomida uch baravar ko’tarilgan bo’lsa unda jo’xorining narxi ham uch baravar ko’tarilishi lozim. Bunday holat 100% paritetni tashkil etadi. Paritet koifitsienti bu foiz ko’rinishidagi qabul qilingan narxlarning chiqimlar narxlari koifitsienti. Bu: Fermerlar tomonidan olingan narxlar Paritet koiffitsienti = ------------------------------------------------ Fermerlar tomonidan to’langan narxlar Nega fermerlar maxsulotlarining 100% paritetga asoslanganlikdan foyda qilishi yaqqol. 2005 yilga kelib fermerlar tomonidan to’lanuvchi narxlar 1900-1914 yildan beri 16 baravar o’sdi, shu bilan birga fermerlar olgan nominal narxlar 7 baravar o’sdi. 2005 yilga kelib paritet koifitsienti .40 da edi (yoki 40 foiz), bu 2005 yilda olinayotgan narxlarga 1910-1914 yillarda olingan narxlarning 40 foiz xaridorlik kuchiga ega edi. Shunday qilib qishloq xo’jaligining 100 foizli paritetga o’tishi qishloq xo’jaligi maxsulotlariga nisbatan kattaroq narxlarning qo’yilishiga olib keladi. Narx ta’minotining iqtisodiyoti Paritet tushunchasi qishloq xo’jaligi maxsulotlariga hukumat narx chegaralari uchun asos soladi. Qishloq xo’jaligida bu minimal narxlar narx ta’minotlari deyiladi. Biz ko’rsatib o’tgandek uzoq muddatli istiqbolda fermerlar tomonidan olingan bozor narxlari ular tomonidan chiqim qilingan narxlardan qolib ketayapdi. Paritetga yoki ba`zi bir foizga erishishning bir yo’li bu hukumatning qishloq xo’jaligi maxsulotlari uchun teng narx ta’minotlarini belgilashidir. Ko’pgina narx ta’minot dasturlari qo’llangan lekin ular o’xshash natija bergan, Ba`zilari tor va salbiy. 16.6 rasmda muvozanat narx Pe va narx ta’minoti Ps. Unda asosiy ta’sir quyidagicha bo’ladi. Maxsulot profitsiti. Eng yaqqol natija bu maxsulotning profitsiti. Iste’molchilar ta’minlanayotgan narxda faqat Qc ga teng birliklarni olishni xoxlashayapdi