16 м a V z u agrar munosabatlar: ijara haqi va renta


-savol ►  Agrar munosabatlar: ijara haqi va renta



Download 0,98 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/36
Sana20.06.2022
Hajmi0,98 Mb.
#684161
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
16. Agrar munosabatlar ijara haqi va renta

1-savol ► 


Agrar munosabatlar: ijara haqi va renta 
 
.
283 
(1) qishloq xo’jaligi maxsulotlariga noelastik talabning (2) ferma ishlab 
chiqarishidagi tebranishlar (3) qishloq xo’jaligi maxsulotlariga talab egri 
chizig`ining surilishi.
1

Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Yerga 
egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. 
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri 
shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar – yer, 
o‘simlik, chorva mollari bilan bog‘liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar 
bilan bog‘lanib ketadi. Bunda yer mehnat quroli va mehnat predmeti sifatida 
qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan 
foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to‘g‘ri 
foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi.
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki 
iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday 
aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik 
«oziqlanishi» mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning 
tabiiy unumdorligi deyiladi. 
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq 
tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan (masalan, yerni 
organik va kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy 
asoslangan holda sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish 
usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo‘llar bilan) amalga oshirilsa, bu 
iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. 
Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash 
va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog‘i ishchi kuchining, jonli mehnatning 
yerga faol ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi 
qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi 
asosida sodir bo‘ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo‘lib, asosiy rolni o‘ynaydi. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari 
xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Turli mulkchilik 
shaklidagi ishlab chiqarish vositalaridan jamiyat barcha a’zolarining turmush 
darajasini yaxshilash yo‘lida foydalaniladi. Hozirgi paytda qishloq xo‘jaligida 
xo‘jalik yuritishning asosiy ko‘rinishlari fermer va dehqon xo‘jaligi shakllarida 
bo‘lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib 
boriladi. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, 
transport vositalari, bino, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva hamda 
1
Campbell R. McConnell, Stanley L. Brue
Economics 290 б



Download 0,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish